F, g undoshining talaffuzi va imlosi. F undoshi fil, futbol singari so'zlarda p holida o'qilsa ham, f bilan yoziladi. Afzal, afg'on kabi so'zlarda f undoshi, p yoki v holida o'qilsa ham, f bilan yoziladi.
91. Ng, ng harflar birikmasi va uning vazifalari. Ng harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalaydi. Bu harflar birikmasini ikkita alohida n va g undoshlarini ifodalovchi harflarning yonma-yon kelishidan farqlash lozim. Ng harflar birikmasi bir bo'g'in tarkibida, n va g harflari boshqa-boshqa bo'g'inlar tarkibida keladi. Solishtiring: shudring, ko'-ngil, si-ngil, ko'rdin-giz, men-ga, osmon-ga, kon-gress, shtan-ga.
92. Sh, sh va Ch, ch harflar birikmalari hamda ularning vazifalari. Sh, sh harflar birikmasi bitta til oldi, sirg'aluvchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi. Eslatma: S va h yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda, ular orasiga tutuq belgisi (') qo'yiladi. Ch, ch harlar birikmasi bitta til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi.
93. Qo'sh undoshlar talaffuzi va imlosi. Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so'zlar qo'sh undoshli so'zlardir. Ikki, chaqqon kabi so'zlarda qo'sh undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Million, artilleriya kabi so'zlarda kelgan qo'sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo'sh undosh bilan yoziladi. Gramm, metall kabi so'zlar oxirida kelgan qo'sh undoshlardan biri talaffuzda tushirib qoldirilsa ham, yozuvda hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan tugagan so'zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qo'shimchalar qo'shilganda, qo'sh undoshning biri yozilmaydi.
94. Tutuq belgisining ishlatilishi. Tutuq belgisi a'lo, ra'no kabi so'zlarda unlidan keyin kelib uning cho'ziqroq aytilishini ifodalaydi. San'at, in'om singari so'zlarda tutuq belgisi unlidan oldin qo'yiladi va unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi. Mo'jiza, mo'tadil kabi so'zlarda o' unlisi cho'ziq talaffuz qilinsa ham, tutuq belgisi qo'yilmaydi.
95. Qator undoshlarning talaffuzi va imlosi. Bir bo'g'inda yonma-yon ikki xil undosh kelgan so'zlar qator undoshli so'zlardir. So'z boshidagi qator undoshlar o'rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo'shib talaffuz qilinsa ham, bu qisqa unli yozilmaydi. Go'sht, barg, do'st kabi so'z oxirida kelgan qo'sh indoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham, yozuvda ifodalanadi. Paxta, nimcha, o'simlik so'zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo'g'inda bo'lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi.
96. Bo'g'in. Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar birikmasiga bo'g'in deyiladi. Bo'g'in unli tovushlar asosida hosil bo'ladi. Har bir bo'g'inda bitta unli qatnashadi, shuning uchun so'zda nechta unli bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'ladi. So'zning asos va qo'shimchalarga ajralishi bilan bo'g'inlarga ajralishi teng emas: go'sht-ni, barg-ga so'zlarida asos va qo'shimchalar bilan bo'g'inlar teng kelayotgan bo'lsa, go'sht-i, bar-gi so'zlarida teng emas. Bo'g'inlar ikki turli bo'ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |