Ona tili 5-sinf (1)
1. Javoblarning qaysi birida 5-sinf Ona tili darsligining muallifi to’g’ri ko’rsatilgan?
A) N. Mahmudov, A. Nurmonov B) A. Sobirov, V. Qodirov C) Z. Jo’raboyeva, V. Qodirov
D) javoblarning barchasi to’g’ri
2. Yer yuzidagi tillar soni qancha?
A) 5000ga yaqin B) 6000ga yaqin C) 7000ga yaqin D) 8000ga yaqin
3. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Jamiyatdan uzilgan, insonlarning o’zaro aloqasiga xizmat qilmaydigan til …dir. A) eski til B) o’lik til C) uzilgan til D) vaqtsiz til
4. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatiga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u … sanaladi.
A) ijtimoiy hodisa B) siyosiy hodisa C) ommaviy hodisa D) ko’p uchraydigan hodisa
5. Maqolning davom ettiring. Odobning boshi- … A) o’qish B) til C) tinglash D) mehnat
6. Javoblarning qaysi biridagi so’zlarda nuqtalar o’rnida “x” undoshi yoziladi?
A) podsho…, masla…at B) …odisa, za…ar C) …alq, …orij D) …ayot, …aqida
7. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sanani ko’rsating.
A) 1991-yil 1-sentabr B) 1991-yil 18-noyabr C) 1989-yil 21-oktabr D) 1992-yil 8-dekabr
8. Nuqtlar o’rnini to’ldiring. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sanadan boshlab …, asosan, o’zbek tilida yuritiladigan bo’ldi.
A) ta’lim-tarbiya ishlari B) majlislar C) ish qog’ozlari D) javoblarning barchasi to’g’ri
9. “Ona tilim- onajonim tili bu…” she’ri muallifi kim?
A) Hamid Olimjon B) Mirtemir C) Usmon Nosir D) Erkin Vohidov
10. Javoblarning qaysi biridagi so’zlarda nuqtalar o’rnida “i” unlisi yoziladi?
A) sov...q, uch…n B) …stiqlol, qiz…q C) kulg…, sup…rmoq D) quv…r, but…n
11. Daraxtni yer ko’kartiradi, odamni // el. Jumladagi // belgisi o’rnida qaysi tinish belgisi qo’yiladi?
A) nuqta B) vergul C) tire D) nuqtali vergul
12. …ushyor, sa…iy, ma…sulot, …ulosa, …arakat, …urmatli, …ukm, ta…ta, …ayol. Berilgan so’zlarning nechtasida “h” undoshi qo’llanadi.
A) to’rttasida B) beshtasida C) oltitasida D) yettitasida
13. Javoblarning qaysi birida qo’shtirnoq ichida yoziladigan birlik berilgan?
A) Tong yulduzi A) H. Olimjon C) Buxoro D) javoblarning barchasi to’g’ri
14. Bir tovush bilan farq qiladigan so’zlar berilgan javobni toping.
A) yuz, bet, chehra B) yaxshi-yomon, oq-qora C) davlat, sir D) mard-mart, kaft-kift
15. Ma’nodosh so’zlar berilgan javobni toping. A) yov, g’anim, dushman B) barmoq-bormoq, urush-urish C) tut, ot, yoz D) katta-kichik, yaxshi-yomon
16. Shakldosh so’zlar berilgan javobni toping. A) yoq, karam B) sakramoq, irg’imoq
C) xalos-xolos, odim-odam D) baland-past, qalin-yupqa
17. Zid ma’noli so’zlar berilgan javobni toping.
A) yer-osmon, kun-tun B) da’vo-davo, sa’va-sava C) kadr, qil D) muhayyo, shay, tayyor
18. Qo’shib yoziladigan qo’shma so’z berilgan javobni toping.
A) joriy//qilmoq B) olib//kelmoq C) e’tibor//topmoq D) mehmon//do’st
19. Kelishning ketishi bordir dunyoda, So’zingni ezgu qil//umring ziyoda! Jumladagi // belgisi o’rnida qaysi tinish belgisi qo’yiladi? A) nuqta B) vergul C) tire D) nuqtali vergul
20. To’g’ri yozilgan juft so’zni toping.
A) ota-ona B) do’stu-yor C) baxt-u-saodat D) yaxshiyomon
Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqshdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |