OʻZBEKISTON TARIXI (15 TA)
O‘rta Osiyoda xioniylar davlati necha yil hukm surgan?
A) 120 yildan oshiqroq B) 140 yildan oshiqroq C) 100 yilcha D) 110 yildan oshiqroq
563-yilda turklar Eftallar davlatiga hujum qilganda sosoniylar qayerga hujum qilgan edilar?
A) Buxoroga B) Badaxshonga C) Balxga D) Marvga
Qaysi din ta'limotiga ko‘ra olam ibtidosi ikki qarama-qarshi yaratuvchi - yorug‘lik va ezgulik hamda zulmat va yovuzlikdan iboratdir?
A) islom B) moniylik C) nasroniylik D) zardushtiylik
Mavjuda tartibni o‘zgartirish mazmunini anglatuvchi atama to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.
A) farmon B) muxoraba C) islohot D) fath
Shayboniylar hukmronligi davrida Movarounnahrda qo‘shhokimiyatchilik vujudga kelishi oqibatida Karmana va Miyonqolda mustaqil siyosat yuritgan shaxsni aniqlang.
A) Navro‘z Ahmadxon B) Iskandarxon C) Pirmuhammad D) Mahmud Sulton
Ashtarxoniy Vali Muhammad hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1611-1642-yy. B) 1601-1605-yy. C) 1620-1634-yy. D) 1605-1611-yy.
XIX asr o‘rtalarida Xiva xonligini qaysi sulola vakillari boshqarishgan?
A) Mang‘itlar B) Qo‘ng‘irotlar C) Minglar D) Shayboniylar
Frasiya ilk bor imperiya deb e'lon qilinganda Xivada xonlik taxtida kim o‘tirardi?
A) Eltutmish B) Rahimqulixon C) Eltuzar D) Muhammad Amin
1868-yil 1-mayda K. P. Kaufman qayerga hujum boshladi?
A) Zirabuloqqa B) Erjarga C) Xo‘jandga D) Cho‘ponotaga
Temir asri boshlarida O‘rta Osiyo aholisi 4 guruhga bo‘lingan. Bular… .
A) kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar
B) zodogonlar, ruhoniylar, dehqonlar, qullar
C) savdogarlar, dehqonlar, hunarmandlar, qullar
D) kohinlar, savdogarlar, jangchilar, hunarmandlar
Afrosiyob shahar xarobalari hozirgi Samarqandning qaysi chekkasida joylashgan.
A) g‘arbiy B) shimoliy C) sharqiy D) janubiy
Qo‘qon xoni mingboshisi Musulmonqul qaysi rus vakili bilan maxfiy ravishda muzokaralar olib borgan edi?
A) V. Velyaminov – Zernov B) A. Beznosikov C) T. Burnashev D) I. Buxgols
Vatan ravnaqi uchun kurashgan Ochilbek qaysi shahar atrofida bo‘lgan jangda halok bo‘lgan?
A) Ko‘lob B) Urgut C) O‘zgan D) Kitob
O‘zbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuziga qachon qayerda asos solinadi?
A) 1925-yilda, Toshkentda
B) 1926-yilda, Buxoroda
C) 1925-yilda, Farg‘onada
D) 1925-yilda, Samarqandda
Qadimgi Xorazmdagi dastlabki taqvim nechanchi asrga oid?
A) mil.avv I asr B) I asr C) mil.avv II asr D) II asr
Do'stlaringiz bilan baham: |