OʻZBEKISTON TARIXI (15 TA) V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyoda qaysi davlat hukm surgan?
A) kidariylar B) Eftaliylar C) Xioniylar D) turklar
Turk xoqonligining asoschisi kim bo‘lgan?
A) Istami B) Bumin C) Xisrav I Anushervon D) Gurumbat
25 harfdan iborat toxar yozuvi qaysi yozuv asosida shakllangan?
A) Baqtriya yozuvi B) Yunon yozuvi C) Oromiy yozuvi D) Lotin yozuvi
Qonun kuchiga ega bo‘lgan buyruq ma'nosini anglatuvchi atama to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.
A) farmon B) muxoraba C) islohot D) fath
… va uning avlodlari o‘zlarining kelib chiqishini ota tomonidan Muhammad payg‘ambar avlodlariga, ona tomonidan esa Chingizxon va Jo‘jiga bog‘lar edilar. Yuqoridagi ma'lumotlar kimga tegishli?
A) Muhammad Islom B) Muhammad Haydar C) Muhammad Mazid D) Muhammad Tarxon
O‘lkamizda Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi quyidagi qaysi hukmdor nomi bilan bog‘liq?
A) Jonibek Sulton B) Boqi Muhammad C) Din Muhammad D) Vali Muhammad
Xiva xonligida ijaraga yer olgan dehqonlar qanday atalgan?
A) bevatan B) batrak C) yarimchi D) amlok
“Firdavs ul-iqbol” asarining muallifi kim?
A) Munis B) Ogahiy C) Muhammad Solih D) Mirxond
K. P. Kaufman va Buxoro qo‘shinlari o‘rtasidagi janglar Cho‘ponota olingach qayerda davom etdi?
A) Zirabuloqda B) Erjarda C) Xo‘jandda D) Cho‘ponotada
Arxeologlarning tadqiqoti natijasida zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari, xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni qaysi manzilgohdan topilgan?
A) Jarqo’tondan B) Zomonbobodan C) Sopollitepadan D) Nomozgohdan
Qadimda O‘rta Osiyoning tog‘lik, dasht va cho‘l yerlarida qaysi qabila yashagan?
A) Skiflar B) Massagetlar C) Saklar D) Oriylar
Toshkentda “To‘rt hokimlik davri” qachon tugatildi?
A) 1723-y B) 1810-y C) 1784-y D) 1758-y
Bolshevik maddohlarning e’tirof etishicha, qo‘rboshilar o‘rtasida eng kuchlisi kim edi?
A) Katta Ergash B) Madaminbek C) Shermuhammadbek D) Ochilbek
O‘zbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuziga qachon qayerda asos solinadi?
A) 1925-yilda, Toshkentda B) 1926-yilda, Buxoroda C) 1925-yilda, Farg‘onada D) 1925-yilda, Samarqandda
O‘rta Osiyo hududida topilgan dastlabki mehnat qurollari nechanchi asrga oid?
A) mil.avv VII asr B) mil.avv V-VI asr C) mil.avv IX-VIII asr D) mil.avv X-IX asr