OʻZBEKISTON TARIXI (15 TA) Qo‘lida lochin tutgan tojdor kishi tasviri tushirilgan kumush tanga qaysi hudud yaqinidan topilgan?
A) Turoqqal'a B) Anqaqal'a C) Kat D) Gurganj
“Jabg‘u” atamasi qanday manoni anglatadi?
A) o‘n o‘q budun yoki elning hokimi B) chorvador aholi C) qabilalar ittifoqi D) qo‘shin yetakchisi
25 harfdan iborat toxar yozuvi qaysi yozuv asosida shakllangan?
A) Baqtriya yozuvi B) Yunon yozuvi C) Oromiy yozuvi D) Lotin yozuvi
720-yilda Movarounnahrda arablarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonda sug‘dliklarga turk lashkarlari qayerdan yordamga kelgan?
A) Issiqko‘ldan B) Yettisuvdan C) Qoshg‘ardan D) Oloydan
“Uning davlati va xalofati zamonida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullab-yashnadi” deb yozgan tarixchi nomi qaysi javobda tog‘ri ko‘rsatilgan?
A) Hofiz Tanish al-Buxoriy B) Muhammad Haydar C) Abdurahmon Tole D) Zamon Buxoriy
Quyidagi qaysi Xiva xoni Buxoro atroflarini ikki bor talon-taroj qilgan edi?
A) Anushaxon B) Asfandiyorxon C) Abulg‘oziy Bahodirxon D) Arab Muhammadxon
Xiva xonligida diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi lavozim qaysi?
A) muftiy B) shayxulislom C) otaliq D) muhtasib
1819-yilda Mirxondning “Ravzat us-safo” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni boshlagan shaxs kim?
A) Ogahiy B) Munis C) Muhammad Solih D) Mulla Olim Mahmudov
K. P. Kaufman qachon Samarqandni bosib olishga kirishdi?
A) 1866-yil may B) 1868-yil aprel C) 1868-yil avgust D) 1866-yil mart
O‘zbekiston tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba ...
A) “Avesto” B) Behistun qoyalari bitiklari C) Gerodotning “Tarix” asari D) Strabonning “Geografiya” asari
O‘rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temir buyumlar… .
A) mil.avv. IX-VIII asrlarga tegishli B) mil.avv. VII-VI asrlarga tegishli C) mil.avv. VIII-VII asrlarga tegishli D) mil.avv. VI-IV asrlarga tegishli
Qaysi Qo‘qon xoni Xitoyga qaramligini tan olgan?
A) Olimxon B) Erdonabiy C) Norbo‘tabiy D) Jahongirxo‘ja
Bolshevik maddohlarning e’tirof etishicha, qo‘rboshilar o‘rtasida eng kuchlisi kim edi?
A) Katta Ergash B) Madaminbek C) Shermuhammadbek D) Ochilbek
O‘zbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuziga qachon qayerda asos solinadi?
A) 1925-yilda, Toshkentda B) 1926-yilda, Buxoroda C) 1925-yilda, Farg‘onada D) 1925-yilda, Samarqandda
Bronza davriga oid respublikamiz hududidagi Muzrabod tumanidan qaysi manzilgoh topilgan edi?
A) Zamonbobo manzilgohi B) Jarqo‘ton manzilgohi C) Sopollitepa manzilgohi D) Seleng‘ur manzilgohi