3-topshiriq.
«Ish yuritish» kitobidan olingan parchani o‘qing. Hujjatlar
tili
ning sintaktik qurilishi haqidagi fikrlarni yodda tuting.
Hujjatlardagi gap qurilishi, odatda, tasniflash, mayda qismlarga ajratish-
ga, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga, umuman, sa-
bab-oqibat, shart-oqibat munosabatlariga asoslanadi. Shuning uchun ham
hujjatlarda nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo‘lakli
gaplar ko‘p qo‘llanadi. Lekin gap tarkibida odatdagi so‘z tartibiga qat’iy
rioya qilinadi, badiiy va boshqa asarlarda mumkin bo‘lgan g‘ayriodatiy
so‘z tartibi (inversiya)ga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda ularda so‘roq va
undov gaplar deyarli qo‘llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ish-
latiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki vazifasi – xabar berish va buyurish
vazifalari amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot ifodalanadi,
buyruqda buyurish aks etadi, bayonnomada esa ham axborot («Eshitildi»),
ham buyurish («Qaror qilindi») o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |