Ona tili-10 2017 70x90. indd



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/161
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#210756
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   161
Bog'liq
10 ona tili (@KitobUz bot)

-siz, -man, -miz
). 
(O. Yoqubov)
INKOR IFODALOVCHI MORFOLOGIK 
VOSITALAR USLUBIYATI
1-topshiriq.
  Inkor ma’nosining ifodalanishiga diqqat qiling.
1.  Yormat butun voqeadan yaxshi xabardor bo‘lishiga qaramay, tabiiy, 
aytmadi.  (Oybek) 2. Dadang seni qidirib ketib, mana, haliyam qaytgani 
yo‘q. (Erkin A’zam) 3. Hamroyev hech qachon majlisga borgan emas
ammo fursati bo‘lganda, bir tayyorlanib bormoqchi. (Abdulla Qahhor) 
2-topshiriq.
  Inkor ma’nosini ifodalovchi birliklarni aniqlang.
1. Ammo mendan so‘rasang, Marg‘ilondagi na qudamiz va na 
kelinimizni hech bir vajh bilan kamsita olmayman, balki bizga quda 
bo‘lmoqqa eng muvofiq kishilar edi. (Abdulla Qodiriy) 2. Otabek na 
Yusufbek hojiga, na O‘zbek oyimga va na Hasanaliga Marg‘ilondan tez 
qaytib kelish sababini aytmagan. (Abdulla Qodiriy) 3. Kim bilmaydi buni! 
Kimga kerak, ayting! (Asqad Muxtor)


61
Tilimizda inkorni ifodalovchi morfologik vositalar sifatida fe’lning 
bo‘lishsizlik shaklini yasovchi -ma qo‘shimchasini, emas, yo‘q kabi 
so‘zlarni, shuningdekna..., na yordamchisini ko‘rsatish mumkin. Bu 
vositalar turli nutqiy uslublarda qo‘llanib, bir qator uslubiy ma’nolarni 
ifodalashga xizmat qiladi.
 Masalan, fe’lning bo‘lishsizlik shaklini yasovchi -ma  qo‘shim -
chasi so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda tasdiqni, tasdiqning 
kuchli ta’kidini ifodalashi mumkin. Ritorik so‘roq gaplar tarkibida 
bu qo‘shimcha ko‘proq uchraydi va tasdiqni kuchaytirib ko‘rsatadi. 
Masalan:  Rahimov g‘animga tashlangan chog‘da Alpomish shiddatin 
payqamagan kim?! (A. Oripov) («Hamma payqagan» degan fikr yorqin 
ifodalangan).
Bo‘lishsizlik ifodalovchi -ma qo‘shimchasi fe’l tarkibida -moq, 
-moqda, -moqchi kabi qo‘shimchalar mavjud bo‘lganda, fe’lga qo‘shila 
olmaydi, bu o‘zbek nutqiy odatida yo‘q. Masalan, kelmamoq, 
kelmamoqda, kelmamoqchi kabi qo‘llanishlar mumkin emas. 
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarining har ikki qismi, ya’ni ham 
yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga bu qo‘shimcha qo‘shilganda ham, 
inkor emas, balki qat’iy tasdiq ifodalanadi Masalan: Dushmanni 
yengmay qo‘ymaydi («albatta, yengadi» ma’nosida); Hech kim bilmay 
qolmaydi  («albatta, hamma biladi» ma’nosida).
Na..., na yordamchisi inkor bog‘lovchisi sifatida ham, inkor 
yuklamasi sifatida ham inkorning kuchli va qat’iy ifodalanishiga 
xizmat qiladi, nutqning emotsional-ekspressivligini kuchaytiradi.
Inkor ma’nosi ba’zan so‘zlashuv uslubida, demakki, badiiy uslubda 
ham ohang (intonatsiya) yordamida ifodalanishi mumkin. Masalan: 
Bir kuni egarga o‘ngarib, opqochaman-ketaman, – dedi o‘tni tizzasiga 
bosib. – Topib bo‘ptilar keyin! (Murod Mansur) 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish