FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI
CHET TILLAR FAKULTETI
FILOLOGIYA VA TILLARNI OQITISH: INGLIZ TILI
II BOSQICH 19-104 GURUH TALABASI
Ahmadaliyeva Xolidaxonning
MALAKAVIY AMALIYOT DAVRI
HISOBOTI
Men Ahmadaliyeva Xolida 22.02.2021dan 22.03.2021gacha bólgan vaqt oralig'ida Farg`ona viloyati Bag`dod tumani 22-umumiy órta ta'lim maktabida bir oylik malakaviy amaliyotda bóldim.
Amaliyotim davrida ingliz tili óqituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib qoidalari bilan tanishdim va órgandim. Óqituvchilarning dars ótish jarayonlarini muntazam ravishda kuzatdim va dars uchun kerakli bólgan turli óqitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalar bilan ish olib borishni órgandim. Shu bilan birga, noan'anaviy óqitish metodlarini dars jarayonida qóllashni va eng muhimi, haqiqiy pedagog sifatida óquvchi bilan tóg'ri va samarali aloqa órnatishni kuzatdim. Ingliz tili óqituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni va mustaqil ravishda konspektlar yozishni, darsni tog'ri tashkillash, mavzuga mos bólgan materiallar va kórgazmali qurollar, tarqatma materiallardan tog'ri foydalanishni va eng muhimi óquvchini óz qiziqishlarini hisobga olgan holda darsga qanday qilib qiziqtirishni órgandim. Bunga qóshimcha yana dars vaqtini tóg'ri taqsim qilishni va mustaqil ravishda dars ótishni órgandim va amalda sinab kórdim. Bunda menga ustozlardan ózlashtirgan bilimlarim va malakalarim qól keldi.
Amaliyotim davomida bir qancha ochiq darslarni ham kuzatdim va ochiq darslarni qanday tashkillash, vaqtni tóg'ri taqsim qilish, ochiq dars ótish davomida nimalarga e’tibor qaratish lozimligini hamda qanday tarqatma materiallardan foydalanish kerakligini ustozlardan órgandim.
Shu bilan birga maktabdagi har hafta bóladigan jamoat ishlarida qatnashdim, ma'naviyat soatlarini muntazam kuzatib bordim. Maktab óquvchilari tomonidan ótkaziladigan har bir tadbirda faol ishtirok etdim. Dars ótish davomida ustozlardan dars ishlanmalari va dars rejalaridan qanday qilib foydalanish kerakligini ózlashtirdim. Ishonamanki, ushbu amaliyotim davrida ustozlardan ózlashtirgan bilimlarim va malakalarim, hamda keyingi bosqichlarda ózlashtiradigan kónikmalarim menga óz kasbim bóyicha kelajakada muhim poydevor bólib xizmat qiladi.
Amaliyotchi talaba: Ahmadaliyeva Xolidaxon
Amaliyot rahbari: Aliyeva Navruza
Maktabi direktori: M.Abdurahmonova
Do'stlaringiz bilan baham: |