£он томирлар тизимининг умумий анатомияси


Chuvalchangsimon o‘simtaning limfatik follikula to‘plamlari (noduli lymphatici aggregati appendicis vermiformis)



Download 458,5 Kb.
bet33/37
Sana29.03.2022
Hajmi458,5 Kb.
#515288
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 3

Chuvalchangsimon o‘simtaning limfatik follikula to‘plamlari (noduli lymphatici aggregati appendicis vermiformis) chuvalchangsimon o‘simtaning shilliq qavati va shilliq osti asosida a’zoning bor bo‘yicha joylashadi. Ularning umumiy soni bola va o‘smirlarda 600-800 ta bo‘lib, chuvalchangsimon o‘simtaning shilliq pardasining 1 sm yuzasiga o‘rtacha 10-15 follikula to‘plami to‘g‘ri keladi. Bitta follikula to‘plamining o‘lchami 1-1,5 mm bo‘lib, ular o‘rtasida silliq mushak hujayralari, retikula va kollogen tolalari joylashgan. Tugunchalarning o‘tkir uchlari chuvalchangsimon o‘simtaning epiteliyiga qaragan. Follikulalar to‘plami bir qator joylashmay 2-3 qator, turli chuqurlikda joylashadi. Ular yumaloq, oval, noksimon shakllarda uchraydi. Yuza joylashgan to‘plamlar nisbatan yirik bo‘ladi. Follikulalarning limfoid to‘qimasi retikula to‘qimasi hamda unda joylashgan o‘rta va kichik limfotsitlar, makrofaglardan iborat. Chuvalchangsimon o‘simtaning limfoid to‘qimasini immunoglobulin (antitela) ishlab chiqaruvchi B-limfotsitlar hosil bo‘ladigan joy deb hisoblash mumkin. Chunki bu tizim butunlay yoki qisman shikastlanganda organizmning antitela ishlab chiqarish xususiyati yo‘qoladi.
Chuvalchangsimon o‘simtaning devorida follikulalar to‘plami homila hayotning 4 oyida dastlab shilliq pardada, so‘ngra shilliq osti asosda pado bo‘ladi. 5 oylik homilada to‘plam yumaloq shaklda bo‘lib, limfoid to‘qima yig‘indisidan iborat. Bola tug‘ilishidan oldin va tug‘ilganidan keyin ularda ko‘payish markazi paydo bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda chuvalchangsimon o‘simta devoridagi follikulalar to‘plami soni 150-200, ko‘ndalang o‘lchamlari esa 0,5-1,25 mm bo‘ladi. Bola 10 yoshdan o‘shganidan so‘ng chuvalchangsimon o‘simtaning shilliq osti asosida yog‘ hujayralari guruhi paydo bo‘lib, kollogen va elastik tolalar ko‘payadi. 16-18 yoshlarda follikulalar soni kamayib, yog‘ to‘qimasining hajmi ortadi.
Yonbosh ichakning limfatik follikula to‘plamlari (noduli lymphatici aggregati ileii) yonbosh ichakning oxirgi qismi shilliq qavati va shilliq osti asosida joylashadi. Ular oval yoki yumaloq shakldagi yassi hosilalar shaklida ichakning ichak tutqich chekkasiga qarama-qarshi tomonda ichak bo‘shlig‘iga chiqib turadi. Bu sohada shilliq pardaning mushak qatlami uzilgan yoki butunlay bo‘lmaydi. Limfatik follikulalar o‘zining uzun o‘lchami bilan ichakning bo‘yiga yo‘nalib, goho qiya yoki ko‘ndalang joylashishi ham mumkin. Limfoid tugunchalar joylashgan yerda ingichka ichakning halqasimon burmalari uzilgan bo‘ladi. Limfatik follikulalarning uzunligi 0,5-1,5 sm, kengligi 0,2-1,5 sm, ba’zan 3-5 sm gacha yetadi. Limfatik follikulalar to‘plamlarining soni ularning eng ko‘p rivojlangan vaqtda (o‘smirlik davrida) 33-80 ta.
Limfatik follikulalar to‘plami homila hayotining 4 oyida ingichka ichakning oxirgi qismida yosh limfoid hujayralarning yumaloq shakldagi to‘plami holida ko‘rinadi. 5 oylik homilada tugunlar aylana va ovalsimon shaklga ega bo‘lib, ularning o‘lchamlari uzunligiga 2,0, kengligi 0,2 sm, soni 5-21 ta.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda limfatik follikulalar to‘plami hali shilliq parda ustiga turtib chiqmagan bo‘lib, soni 30 ga yaqin bo‘ladi. Emizikli davrda ular shilliq parda yuzasiga turtib chiqadi.

Immun tizimining pereferik a’zolari


Murtaklar (tonsilla) til ildizi, tomoq va halqumning burun qismlarida halqa shaklida joylashib, ularga juft tanglay va nay, toq til va halqum murtaklari kiradi. Murtaklar tuzilishi jihatidan yetilgan limfoid to‘qima yig‘indisidan iborat bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan zich hujayra massalari - limfoid tugunchalari bor.

Download 458,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish