12.Markaziy nerv tizimi.
Sut emizuvchilarda va odamlar MNS bir tomondan, barcha to’qima va xujayralarni bog’lab, ular integratsiyasini taminlasa, ikkinchsi tomondan organizmni tashqi muhit bilan bog’lab turadi.
Nerv sistemasining asosiy ishlash mexanizmi refleksdir.
Refleks retseptorlarda yuzaga keladigan qo’zgalishga nisbatan nerv markazidagi javob reaktsiyasidir. I.P. Pavlov «refleks» terminini quyidagicha tushuntiradi: «Refleks – retseptorlar yordamida qabul qilingan va organizmning ma’lum bir faoliyati bilan bog’lik bo’lgan tashqi agentlarlarning nerv bog’lanishidir».
Xar qanday refleksning yuzaga kelishi uchun reflektor yoy kerak. Reflektor yoy quyidagi elementlardan tashqil topgan.
Retseptor (lotincha receptor – qabul qiluvchi )’
Afferent yoki sezuvchi nerv tolasi, qaysikim ta’sirni markazga olib boradi.
Nerv markazi, oralik nerv xujayralari,, sinapslar, qaysikim ta’sirni afferent nervdan efferent nervga o’tkazib beradi.
Efferrment yoki harakatlantiruvchi nerv tolasi.
Effektor – ishchi organ. Oddiy reflektor yoyi ikkita neyrondan iborat bo’ladi. Ko’pchilik reflektor yoylar esa bir necha neyronlardan iborat bo’ladi.
Organizmdagi barcha funktsiyalar regulyatsiyasidan ikki xil refleklar bir – biridan farq qilinadi, ya’ni shartli va shartsiz. Shartsiz refleks tug’ma bo’ladi, nasldan – naslga beriladi. Uni organizmning xar qanday ta’siriga nisbatan javob reaktsiyasi deb qarasa bo’ladi.
13.Orqa miya. Bosh miya.
Yangi tug’ilgan bola bosh miyasining vazni 340-400 g bo'lib, tana vaznining 1,8-1,9 qismini (katta odamda esa 1,40 qismini) tashkil etadi. 1 yoshda bosh miya vazni 800 g, 7 yoshda 1250 g, 15 yoshda 1350 g, 18 yoshda 1380 g, katta odamlarda 1400 g ga teng. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o’sadi. Bosh miyaning o'sishi 20-30 yoshlarga borib to'xtaydi. 1-2 yoshda bosh miya orqa miyaga nisbatan ancha tez o'sadi, so’ng orqa miyaning o'sishi tezlashadi.
Bosh miya ham orqa miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi tayanch to'qim a hisoblanadi.
ORQA MIYA — odam va umurtqali hayvonlar markaziy nerv sistemasining bir qismi, umurtqa pogʻonasi kanalida joylashgan. Koʻpchilik reflekslarda ishtirok etadi. Katta yoshdagi odamda uning uz. 41—45 sm, ogʻirligi 30 g cha. Odamda Orqa miya 31—33 segmentdan iborat, ularning har birida 2 juft nerv ildizi bor: oldingi (harakatlantiruvchi) ildizlar orqali impulslar Orqa miya hujayralaridan periferiyaga (skelet va tomir muskullari, ichki aʼzolarga) oʻtadi. Orqa (sezuvchi) ildizlar impulyelarni teri, muskul, ichki aʼzolar retseptorlaridan Orqa miyaga oʻtkazadi. Orqa miyaning 2 tomonida oldingi va orqa ildizlar oʻzaro birlashib, aralash orqa miya nervlarinm hosil qiladi. Orqa miyaning markaziy qismi kulrang moddasi nerv hujayralarining toʻplamlaridan, periferik qismi — oq moddasi nerv tolalarining toʻplamlaridan iborat. Nerv tolalari O. m. hujayralarini bir-biriga, shuningdek, bosh miyaga bogʻlab turadi. Orqa miya koʻndalangiga kesilganda kulrang moddasi «kapalak» nusxa boʻladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |