20
kiritilmaydi. Kungabokar shroti esa so`t bilan boqilayotgan buzoklar yemiga
kiritilmaydi.
Zigir kunjarasi va shroti turli tuslanuvchi malla va kulrang bo`ladi.
Ozuqaviyligi
bo`yicha kungabokar kunjarasi va shrotiga yaqin 100kg zigir kunjarasi 117 ozuqa
birligiga teng. Zigir kunjarasi bir kancha ijobiy xususiyatga ega bo`lib, bu undan
foydalanishga ta`sir ko`rsatadi.
Zigir
kunjarasi suvda shishib, shillik hosil qiladi va bu hayvon ichagini
yalliglanishidan saqlaydi hamda yaxshi ta`sir ko`rsatadi. Baliqlar uchun muljallangan
yemga zigir kunjarasi kushilganda uning kovushkokligi oshadi, suvda sekin yoyiladi
va eziladi.
Ba`zi hollarda zigir kunjarasi uzida sinil kislotasini saqlaydi, uning 300mg yoki
undan ko`progi hayvon uchun xavfli doza hisoblanadi.
CHigit kunjarasi, omixta yem uchun ishlatiladigan qobiqli va qobiqsiz uruglardan
olinadi va ikki tipga bo`linadi (chigit olinadigan paxta navidan bog`liq holda). Bu
oddiy paxta chigiti va ipak paxta chigitidir. Oddiy paxta chigiti sifatidan bog`liq
holda I va II navga bo`linishi mumkin. Kunjara rangi turli sarik rangda, sargimtir
yashil yoki kungir rangli, kizil - kungir va malla rangda bo`ladi.
Paxta shroti ham kunjara kabi qobiqli va qobiqsiz uruglardan olinadi. yem
maqsadida qobiqsiz urug shroti ishlatiladi. Paxta shroti
sarik-kungir rangdan malla
ranggacha bo`ladi. Sifatidan bog`liq holda u ikkita navga bo`linadi.
CHigit kunjarasi va shroti yaxshi ozuqaviylikka ega. Kunjara va shrotining umumiy
ozuqaviyligi 104 - 108 ozuqa birligiga, hazm bo`luvchi protein miqdori 34-38%ga,
ho`l kletchatka 6-7,5% ga teng.
Birok chigit kunjarasi va shroti uzida zaharli modda - gassipol saqlaydi,
shuning
uchun ular omixta yemga maksimum 10% atrofida kiritiladi. Gossipol paxta chigitada
katta qiymatlarda tebranib turadi, shuning uchun uning miqdori kunjara va shrotda
turlicha bo`ladi. paxta chigitida, xususan kunjara va shrotda gossipol ikki xil shaklda
- erkin va boglangan holda bo`ladi. Zaharli xususiyatni
erkin gossipol nomoyon
qiladi.
CHigit kunjarasi va shrotini yemga kiritish me`yori ulardagi erkin gossipol
miqdoridan bog`liq. 6-jadvalda cho`chqalarni syemirish konditsiyasigacha bokish
uchun muljallangan omixta yem - kontsentratiga kunjara va shrotni kushish me`yori
keltirilgan.
Jadval-6
Cho`chqa uchun ishlatiladigan omixta yemga kushiladigan kunjara va shrotdagi
erkin gossipol miqdori me`yori
Kunjara va shrotdagi erkin
gossipol miqdori, %
Omixta yemga kiritiladigan kunjara va
shrotning ruxsat berilgan miqdori, %
0,06 gacha
10
0,07 gacha
9
0,08 gacha
8
0,09 gacha
7
0,10
6
Do'stlaringiz bilan baham: