Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 05.12.2022 y. kuchga kiritilgan.
(05.12.2022 yil 1704-sonli buyruqqa asosan)
Narxlar
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
¹
Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-
xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday
hollarda aloqa
xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan
tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
¹ Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy
balansingizdan tarif
rejada belgilangan narxda yechiladi.
2
Agar «Konstruktor» tarif rejasidagi xizmatlar paketlarining umumiy qiymati (Beeline TV telekanallari va Beeline Musiqa to‘plamidan tashqari) 55 000 so‘mga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, Beeline TV telekanallar va
Beeline Music to‘plami sovg‘a sifatida taqdim etiladi.
Izoh:
•
«Konstruktor» tarif rejasida har oyda taqdim etilayotgan paketlarni istalgan vaqtda boshqasiga almashtirish imkoniyati taqdim etiladi. Paketni o‘zgartirganda, barcha xizmatlar to‘plami uchun to‘lov to‘liq yechib olinadi.
Abonent tanlagan xizmatlar to‘plamining sozlamalari abonent ushbu tarif rejasida mavjud bo‘lgan paketlarning boshqa kombinatsiyasini tanlamaguncha doimiy asosda amal qiladi.
•
Internet-trafikning qoldig‘ini (barcha yo‘nalishlar uchun trafik, Facebook va Instagram trafigi, YouTube trafigi) *103# USSD so‘rovi orqali, «Kun 30 MB» internet-paketini – *101# orqali tekshirish mumkin.
•
«Perezagruzka» xizmatini ulash kodi - *55#, xizmat narxi – 0 so‘m.
•
«Konstruktor» traifiga o‘tish va «Konstruktor» tarifidan boshqa tarifga o‘tish - bepul
•
Yangi ulanganda yoki tarifga o'tganda oylik abonent to'lovining yechilishi va tarif bo’yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to'lovi
yechilishi va tarif bo'yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig'ida (oyning birinchi sanasiga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi.
•
Yangi ulanganda yoki tarifga o‘tganda oylik abonent to‘lovi to‘liq yechiladi va tarif bo‘yicha trafik ham to‘liq taqdim etiladi.
•
Navbatdagi oylik abonent to‘lovi to‘lanishi kerak bo‘lgan sanada abonent balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa oylik abonent to‘lovi yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi. Agarda abonent balansida bir oylik
abonent
to‘lovi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa abonent to‘lovi yechilmaydi va tarif bo‘yicha belgilangan trafik taqdim etilmaydi. Ushbu holatda aloqa xizmatlari uchun to‘lov tarif reja shartlariga asosan narxlanadi.
•
Bir oylik abonent to‘lovini to‘lash uchun yetarli mablag‘ jamlanishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik paketlar taqdim etiladi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yeсhilishi sanasi oxirgi abonent to‘lovi yechilgan sanadan 1 oyga
uzaytiriladi.
•
Tarifda belgilangan oylik trafik qoldig‘i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi oyda taqdim etiladigan trafikga qo‘shilmaydi.
•
Tarif bo‘yicha taqdim etilgan GB, daqiqa va SMSlarni faqatgina raqam faol holatda bo‘lganida sarflash mumkin.
•
Internetdan foydalanganda avval tarif bo‘yicha, so‘ng internet paketlar bo‘yicha trafik sarflanadi.
•
Facebook, Instagram va YouTube uchun bo‘lgan GB ushbu xizmatlarning rasmiy ilovalaridan foydalanganda va ma’lum bir IP-manzillar to‘plami doirasida sarflanadi. Xizmatlarning egalari tomonidan IP
manzillar
o‘zgartirilganda, shuningdek Facebook, Instagram va YouTube ga aloqador bo‘lmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangiz shartiga muvofiq asosiy internet-paket yoki balansdan amalga oshiriladi (ushbu kategiriyaga
smartfonning ilovalardan foydalanayotgan vaqtdagi operatsion tizim uchun trafik sarflanishi ham kiradi). Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda Facebook,
Instagram va YouTube
uchun bo‘lgan GB sarflanmaydi.
•
Tarifga kiritilgan oylik paket tugagandan so‘ng uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi.
•
Tarifga kiritilgan paketlar taqdim etilgungacha internet, SMS va qo‘ng‘iroqlar narxlanishi tarif bo‘yicha standart narxlar asosida amalga oshiriladi.
•
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun 421 so'm kunlik abonent to'lovi yechiladi. Shunda tarif bo’yicha oylik abonent to’lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent
hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to'lovi yechiladi va tarif bo'yicha yangi oylik limitlar taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi limitlar kuyadi. Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi
oxirgi oylik abonent to'lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar oylik abonent to’lovi yechilishiga yetarli mablag’ bo’lmasa, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga
asosan amalga oshiriladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng abonent hisobida abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, hisobdan mablag’ yechilmaydi va yangi trafik taqdim etilmaydi. Avvalgi
oydan qolgan tarif reja trafiki mavjud bo’lsa, uning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
•
Tarif rejalarda balans nolga teng yoki qarz holatida bo'lganda ham, abonentlar barcha mobil raqamlardan qo’ng’iroqlar va SMS-xabarlar qabul qilishi mumkin.
•
O'zbekistonning chegara hududlarida (Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Qirg’iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag' yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo’limida
"Beeline Uz" tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz.
•
Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo'shgan holda amalga oshiriladi. Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli
pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
•
Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
•
Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
•
Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag'larini zaxiraga olib qo'yadi, ya'ni balansdagi pul mablag'lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda
tizim hisobni to'ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
•
Agar abonentda internet-paket mavjud bo'lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo'lmasa (2 MBdan kam, YouTube va PUBG uchun 5MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy
balansdan amalga
oshiriladi (asosiy balansda mablag’ mavjud bo'lsa). Zaxiralangan pul mablag'lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog'liq bo'ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to'langach,
abonent hisobidagi qolgan pul mablag'lari ishlatish uchun ochiladi.
•
Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro'yxatdan o'tkazish uchun Abonent raqami faol holatda bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: