1 daqiqa/SMS/MB uchun
100 so'mdan
narxlanadi.
Agar oylik abonent to
ʻ
lovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan bo
ʻ
lsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qat
ʼ
iy nazar, keyingi abonent to
ʻ
lovini yechib olish sanasi kalendar oyining
oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
Oylik abonent to'lovi hisobdan yechib olish uchun yetarli mablag' mavjud bo'lganda darhol yechib olinadi va trafik kiritilgan paket taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to'lovi yechilish sanasi oxirgi yechilishi paytidan
boshlab 1 oyga suriladi.
Kiritilgan daqiqa paketi bo'yicha taqdim etilgan trafik qoldig'ining amal qilish muddati tugagandan so'ng kuyadi va keyingi kiritilgan daqiqa paketi bilan qo'shilmaydi.
Kiritilgan daqiqalar paketi abonent raqamining faol holatida amal qiladi.
Kiritilgan paketdan foydalanishni boshlashdan oldin, daqiqa - *106# kodini tergan holda ishonch hosil qiling.
Xizmatlar sessiya vaqtida jo’natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmiga muvofiq narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 Kbgacha aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng,
hisobdan to’g’ri sarflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.
Tarif rejada «Perezagruzka» xizmatidan foydalanish mumkin. «Perezagruzka» xizmatining narxi - 0 so’m. «Perezagruzka» xizmati abonent to'lovini oldindan yechib, tarifga kiritilgan trafikni taqdim etish imkonini
beradi. Xizmatni yoqish kodi - *5#. Bunda avvalgi paketdan foydalanilmagan daqiqalar va smslar «Perezagruzka» xizmati faollashtirilgandan so'ng bekor bo’ladi. Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish
muddati va oylik abonent to'lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to'lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi. Xizmatni ulash uchun Abonent hisobida tarif rejaga
ulanishning minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatining narxiga teng miqdor bo'lishi kerak.
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
«OSON 1» tarifiga o'tish - bepul.
«OSON 1» tarif rejasiga o'tish/almashtirishda tarif rejada kiritilgan paket bo'yicha sarflanmagan trafik saqlanmaydi va kuyadi.
«OSON 1» tarifida «DO IT», «Daqiqalar va megabaytlarni almashtirish» va «Muloqot ulashing!» xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda oylik abonent to'lovi yechilmaydi. Faqatgina «Raqamni abonent so'roviga asosan bloklash» xizmati uchun kuniga 421 so'mdan to'lov olinadi. Raqam blok holatidan
chiqarilgandan so'ng abonent hisobida yetarli mablag' bo'lganda bir oylik abonent to'lovi yechiladi va navbatdagi oylik abonent to'lovi yechilishining sanasi oxirgi abonent to’lovi to’langan sanadan boshlab 1 oy muddat
qilib belgilanadi. Yetarli mablag' bo'lmagan hollarda abonent to’lovi olinmaydi. Agar tarif bo’yicha taqdim etilgan daqiqalar qoldig’i mavjud bo’lsa ulardan amal qilish muddati tugaguncha foydalanish mumkin. Ushbu
holda O'zbekiston bo'yicha internet, SMS xizmatlari hamda limitdan tashqari qo'ng'iroqlar 100 so'mdan tariflanadi.
Ushbu tarif rejadagi abonentlar hisobida mablag’ bo’lmaganda ham tarmoq ichida va boshqa uyali operatorlardan kirish qo’ng’iroqlarni va kirish SMS qabul qilish imkoniyati mavjud;
O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz»
tarmoqni qo’l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo’ladi;
Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul qilingan qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti
hisoblanadi;
Barcha tarif rejalarda muloqot uchun maksimal suhbat davomliyligi 60 daqiqa etib belgilagan;
Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476); Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036,
87037, 87038, 88216); Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817); Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat
GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069).
Do'stlaringiz bilan baham: |