Ommaviy madaniyat



Download 221,03 Kb.
bet3/14
Sana21.12.2022
Hajmi221,03 Kb.
#893694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
11 mavzu “Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashda milliy g‘oya va etnomadaniy

Ikkinchi yondashuvda, ommaviy madaniyat bozor orqali ta’riflanadi. Sotiladigan va ommaviy talab bo‘lgan barcha narsa ommaviy madaniyatdir. Bunda deylik, biror asarni chinakam ommabop qiladigan narsa, so‘zsiz, uni ovoza qilish, reklama, ya’ni ommaviy axborot vositalarini ishga solgan holda qo‘shimcha ma’lumot tarqatish va tadbirlar (ko‘pincha takdimot banketlari) o‘tkazishdir. Bunda sotilayotgan mahsulot sifati masalasi yana kun tartibidan tushib qoladi. Bundan asosiy ko‘rsatkichi uning daromad keltiruvchanligidir.
Keltirilgan turli ta’rif, yondoshuvlarni jamlab quyidagi xulosaga kelish mumkin: sifat yondashuviga ko‘ra, ommaviy madaniyatdagi “yuksak” badiiy madaniyat ommaviy ongga maqbul bo‘lgan shaklda talqin qilinadi va uni buzish shunday shaklga aylanadiki, unda jiddiy san’at asarlari o‘zining dastlabki mazmunidan mahrum bo‘ladi yoki umum qabul qilingan qoliplar yig‘indisiga aylanadi. Ayni mahalda elitar madaniyat aynan noyob qilib yaratilgan asar nusxasini ko‘paytirishda buziladi.
Ommaviy madaniyat yuksak deb atalmish madaniyatning shunchaki soddalashtirilgan yoki yomonlashtirilgan nusxasi emas, balki butunlay boshqacha hodisadir. Madaniy ijodiyotning kinematografiya, estrada, sirk, xalq ashula va raqslari singari janrlari ham mavjud bo‘lib, ular tabiatan ommaviy hisoblanadi. Umuman, san’atda “yuksak” va “tuban”, elitar va ommaviyning qarama-qarshiligi mutlaq to‘g‘ri emas. Biroq, ommaviy madaniyatning xususiyatini - ommaviy ishlab chiqarish, ko‘paytirishi, ommaviy kommunikatsiya vositalari orqali keng tarqatilishi, miqdor va sifat nuqtai nazaridan, o‘ziga xos deb hisoblash mumkin.
Biron-bir hodisani ommaviy madaniyat jumlasiga kiritar ekanmiz, uning badiiy saviyasini, hatto, u mo‘ljallangan auditoriyaning madaniy saviyasi va ma’lumot darajasini ham, balki u yaratiladigan, tarqatiladigan va foydalaniladigan ijtimoiy usul kabilar birgalikda tavsiflasak bizningcha maqul bo‘ladi, deb uylaymiz. Shu jihatdan ommaviy madaniyatni sifat nuqtai nazaridan tasniflash kerak. Budan ayrim olimlar keltirganidek, uch darajaga: kitch, mid va arta bo‘lish ancha muvaffaqiyatli ko‘rinadi. Bunda birinchisi - kitch jo‘n va sayoz tovar; ikkinchisi - o‘rtamiyona bir narsa, uchinchisi esa yuksak sifatli asarlardir8.
Ommaviy madaniyatning bunday vertikal tipologiyasi, bir qarashda, unchalik o‘rinli emasdek ko‘rinishi mumkin, biroq u bizning ommaviy madaniyatga keng hodisa sifatida qarash lozimligi, shuning uchun uni faqat “yaxshi” yoki faqat “yomon” deb qatiy baholash mumkin emasligi to‘g‘risidagi fikrimizni to‘liq oqlaydi.
Shunday qilib, ommaviy madaniyatning piramida ko‘rinishidagi modeli hosil bo‘ladi.

Bu sxemada kitch mahsulotlari - omma tomonidan eng ko‘p talab qilinadigan va sifati eng past mahsulot; shu bois ushbu darajadagi makon sxemada eng quyi va eng keng o‘rinni egallagan. Sifatiga ko‘ra ham, talabga ko‘ra ham o‘rtamiyona daraja bo‘lgan mid o‘rtacha o‘rinii egallagan. Mahsulotning sifati eng yuksakligi, lekin omma orasida eng kam tarqalganligi bilan ajralib turadigan art esa yuqoridan va eng kam joy olgan.


Bizningcha ommaviy madaniyatni yuqoridagi kabi darajalarga ajratishimizni o‘ziga xos ma’nosi bor. Bu bir tomondan, bizga ommaviy madaniyatning murakkabligi hamda ziddiyatliligini namoyish qilsa, boshqa tomondan, unga biryoqlama emas, balki ob’ektiv munosabatda bo‘lib, o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
Ommaviy madaniyatni butkul bir xil deb ta’kidlab bo‘lmaganidek, uning darajalari bir-birida tubdan farq qiladi, deb ta’kidlagan holda, ular orasida tubsiz jarlik paydo qilishning ham ma’nosi yo‘q. Boshqacha aytganda, kitch, mid va art-madaniyat o‘rtasidagi chegara bilinmas darajada.
Umumlashtirib aytganda, ommaviy madaniyat ta’rifiga turlicha yondashuvlarni tahlili uning barcha turlariga xos bo‘lib, u yaratilgan ma’naviy-moddiy boyliklarni xalq madaniyati va elitar madaniyat tomonidan yaratilgan shu kabi qadriyatlardan farqlash imkonini beruvchi asosiy xususiyatini ajratib ko‘rsatishga sharoit yaratadi. Bu xususiyat ommaviy madaniyat qadriyatlarini ishlab chiqarish ko‘lami hamda ularni tarqatish, iste’molchilarga yetkachish usullari bilan bog‘liq.
Boshqa tomondan esa, ommaviy madaniyatning ushbu xususiyati uning zamonda yuzaga kelishi va rivojlanishi muammosiga birmuncha anglab yondashish imkonini beradi.
Ommaviy madaniyat”ni tarixiy ildizi, xarakteri va rivojlanishi bosqichlari xususida fikr yuritganda bu hodisaning paydo bo‘lishi xususida turli qarashlar mavjud. Masalan, amerikalik sotsiolog D.Uayt odamlar rimlik gladiatorlarning vahshiyona olishuvini tomosha qilgan paytdayoq uning ilk unsurlari paydo bo‘lgan, deb hisoblasa, boshqa tadqiqotchilarning fikricha, XVII–XVIII asrlarda kapitalizmning yuzaga kelishi elita va omma madaniyatini ajratib tashlagan. Umuman olganda, XX asr boshlariga kelib radio, televidenie, kino, ko‘p nusxada nashr etiladigan “sariq matbuot” nashrlari, saviyasiz kitoblar va internet saytlarining jadal taraqqiy etishi hamda keng auditoriyani qamrab olishi bu muammoning chuqur ildiz otishiga zamin yaratdi.
Ommaviy madaniyat” mahsulotlari san’at namunasidan ko‘ra tovar xususiyatiga ega bo‘lib, ma’naviy tanazzulga yetaklashi bilan xarakterlanadi.
Tomoshabin, tinglovchi vaqtini o‘g‘irlaydigan bunday asarlar insoniy munosabatlarga jo‘n baho berishga o‘rgatibgina qolmay, jamiyatdagi axloqiy qadriyatlarni yemirishga xizmat qiladi. Hozir G‘arb televideniesida keng tarqalgan ko‘ngilochar komikslarda taralla bedod sarguzashtlar, shahvoniy hirsni qo‘zg‘aydigan kadrlarga keng o‘rin ajratilayotgani buning isbotidir.
Tabiiyki, mamlakatimiz ham globallashuv jarayonidan tashqarida emas. Shu ma’noda xalqimizni turli ma’naviy tahdidilar, axborot xurujlaridan asrash, xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan jarayonlarning tub mohiyatini anglash bugungi kunning dolzarb vazifasi desak, xato bo‘lmaydi.
“Ommaviy madaniyat” (ing. “massculture”) ilmiy adabiyotlarda keltirilishcha XX asr o‘rtalarida burjua madaniyatini ifodalovchi tushuncha sifatida paydo bo‘lgan. Bu haqida bir qancha G‘arb faylasuf va olimlari o‘z qarashlarini bildirgan. Jumladan, Amerikaning siyosatshunosi, sotsiolog Zbignev Bjezinskiy “Rim dunyoga huquqini bergan bo‘lsa, Angliya parlamenti faoliyatini berdi, Fransiya madaniyatiga respublika millatchiligini bergan bo‘lsa, unda zamonaviy AQSh dunyoga ilmiy texnikaviy inqilobiy “ommaviy madaniyatni” berdi,9-deydi. Ko‘plab madaniyat nazariyachilari “ommaviy madaniyatni”ning ijtimoiy fenomen sifatida paydo bo‘lgan davri haqida bir xil fikrda emaslar. Ularning fikri va qarashlari turli xil.
Jahon madaniyatshunosligida “Ommaviy madaniyat”ning kelib chiqishiga oid yana bir qarash bor. Bu zero, “Ommaviy madaniyat”ning dastlaki shart-sharoitlari insoniyat tug‘ilga va xristianlik taraqqiyotining ilk davridan boshlab shakllanib kelgan, degan fikrlardir. Bunga misol sifatida ommaviy yig‘inlarga mo‘ljallagan din kitoblari soddalashtirilgan ko‘rinishlari keltiriladi (masalan qashshoqlar uchun injil).
“Ommaviy madaniyatga” oid qarashlarni K.Yaspers, R.Gvardini, G.Maklyuen, Osvald Shpengler kabi faylasuflar va Jan Bodriyar, Pitirim Sorokim kabi sotsiologlar tomonidan tahlil qilingan.
Ommaviy madaniyat tadqiqotchilari uning ibtidosini, Qadimgi Gresiya va Rimda keng tarqalgan o‘yinlarning nisbatan ommalashganligi va bahramand bo‘lish uchun qulayligidan kelib chiqib, antik madaniyat bilan bog‘lashmoqda. Vaholanki, “ommaviy madaniyat - madaniyatning murakkab, hamma vaqt bir xil tadqiq qilinmaydigan o‘ziga xos shakli. Ommaviy madaniyatni G‘arb madaniyati bilan bog‘liq hodisa deb tushunish, shuningdek, uni g‘oyasizlik, sifatsizlik va didsizlik namunasi sifatida baholash keng tarqalgan. Ayni paytda folklor, xalq madaniyati ham ommaviy madaniyat ko‘rinishlari sifatida talqin qilinadi. Ommaviy madaniyat chuqur ijtimoiy va madaniy ildizlarga ega”10.
Bu borada nuqtai nazarlar ko‘p. Biroq ommaviy madaniyatning rivojlanish davrlarini belgilash mezoni bu hodisaning xronologiyasini yaratish imkoniyatini beradi. Bu mezon - ishlab chiqarish va tarqatish usuli bo‘lib, uni soddaroq qilib madaniy mahsulotni ommaviy ravishda qolipdan chiqarish, deb tavsiflash mumkin.
Ommaviy madaniyat qadimgi dunyodayoq yaratilgan, degan nuqtai nazar tarafdorlari olimpiada o‘yinlari hamda gladiatorlar janglari singari keng yoyilgan hodisalarni ham madaniyatning mazkur turiga kiritishadi. Chindan ham, olimpiada o‘yinlari umumyunon ko‘lamidagi tadbirlardan bo‘lgan. Greklarni Olimpiadaga jalb etgan narsa umumyunon birligi tuyg‘usi, buyuk madaniyatdan bahramand bo‘lish, tanish nutqni tinglash, tomoshadan hayratga tushish imkoniyati edi. Ayni mahalda o‘yinlar ijtimoiylashtirishdek muhim vazifani ham bajarib, umumyunon mentalitetini, polis mafkurasi hamda vatanparvarligini shakllantirishning muhim element bo‘lgandi.
Insoniyat tarixida eng qonli va shafqatsiz tomoshaga aylangan gladiatorlar janglariga kelsak, ular faqat ko‘ngilochar izdihom emas, balki mablag‘ sarflash vositasi hamda siyosat element ham edi.
Miloddan avvalgi 105 yilda gladiatorlar o‘yinlari ommaviy tomoshalar qatoriga kiritildi. Shu vaqtdan boshlab bu o‘yini Rimda ham, butun Italiyada ham eng sevimli tomoshaga aylandi. Xalq e’tiborini qozonish va saylovlarda yetarlicha ovoz olishni istovchilar uchun bu o‘yin bir vosita bo‘lib qoldi.
Ilk naumaxiyani miloddan avvalgi 46 yilda Yuliy sezar o‘tkazgan bo‘lsa, keyinroq, miloddan avvalgi 2 yilda birinchi Rim imperatori Oktavian Avgust, so‘ng bu borada rekordni imperator Klavdiy yangiladi. Niyat qilingan naumaxiyani o‘tkazish uchun u Rimdan 80 kilometr masofadagi Futsin ko‘li tanlandi. Ekipaj jang maydonida o‘lishga mahkum etilgan 20 ming jinoyatchidan tarkib topgan 50 ta chinakam jangovar kemalarga Klavdiy shahardagi barcha qamoqxonalardagi jinoyatchilarni joyladi. Dengiz jangi ko‘lning atrofidagi do‘ngliklar tabiiy amfiteatr hosil qilgan qismida o‘tkazilgan, tomoshabinlar son-sanoqsiz edi. Rimning deyarli barcha katta yoshli aholisi - 500 ming nafarga yaqin kishi do‘ngliklar yonbag‘riga joylashib olgandi.
Ikki flotga bo‘lingan kemalar rodosliklar bilan sitsiliyaliklar jangini tasvirlagandi. Ertalab soat 10 ga yaqin boshlangan jang kunduzi soat 4 ga borib, “sitsiliyaliklarning” so‘nggi kemasi taslim bo‘lgach, tugadi. Ko‘l yuzi qip-qizil qonga qoplangandi. Halok bo‘lganlarning o‘zi 3 mingdan oshiq bo‘lib, yaradorlar soni haqida esa gapirmasa ham bo‘lardi. Jangdan so‘ng Klavdiy jangdan bo‘yin tovlagan bir nechta ekipajdan tashqari, barcha tirik qolganlarni afv etgandi. Tomoshabinlar ko‘rganlaridan butkul hayratga tushishgandi. Keyingi imperatorlardan birontasi ham bu borada Klavdiydan o‘za olmadi.
Shunday qilib, Qadimgi Grek olimpiada o‘yinlari, Qadimgi Rimdagi gladiatorlar janglari omma uchun chindan ham tomosha edi. Qadimgi Rim siyosatchilaridan birining butun jahonga mashhur va tillardan tushmay kelayotgan “avomga non berib, tomosha ko‘rsatsang bas”, degan iborasini eslash kifoya.
Ommaviy madaniyat Qadimgi dunyoda paydo bo‘lgan, degan nuqtai nazar tarafdorlari aynan shunga - ommaviy madaniyat aholining ko‘psonli ommasidan iborat tuban qatlamlariga yo‘naltirilganligiga tayanishadi. Agar ushbu hodisaga ommaviy madaniyatni ta’riflashga sifat jihatidan yondashish nuqtai nazaridan qaralsa, ularning fikriga qo‘shilish mumkin bo‘lardi. Biroq biz asosiy sifatida belgilagan miqdoriy mezonga ko‘ra, olimpiada o‘yinlarini ham, gladiatorlar janglarini ham ommaviy madaniyat namunasi deb hisoblab bo‘lmaydi. Chunki uni ommabop tarzda ko‘paytirib bo‘lmaydi. Ya’ni, gladiatorlarning har bir jangi yagona va betakror tomosha bo‘lib, ularni qatorasiga bir necha bor yoki imperiyaning turli tomonlarida bir vaqtda namoyish etib bo‘lmasdi.

Download 221,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish