Оммавий ахборот воситалари


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining



Download 48,58 Kb.
bet2/3
Sana15.12.2022
Hajmi48,58 Kb.
#887641
1   2   3
Bog'liq
‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
f a r m o n i
Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Jumladan, so‘nggi to‘rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarildi.
O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko‘tarildi.
Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda.
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda – Kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish;
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;
davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o‘rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi Kengashning ishchi organlari etib belgilansin.
Kengash ishchi organlari bo‘yicha taqsimlangan O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ta’sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan Kengash tomonidan nazorat o‘rnatiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting va indekslarning Kengash ishchi organlari bo‘yicha taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri etib O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (keyingi o‘rinlarda – KPI) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mutasaddi vazirlik va idoralar o‘zlari mas’ul bo‘lgan reyting va indekslarning e’lon qilinishi muddatlari va ularning metodologiyalarini hisobga olgan holda, KPIga erishish maqsadida:
bir oy muddatda 2020 yil ikkinchi yarmi davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini;
har yil 1 dekabrga qadar kelgusi yil davomida amalga oshirishi lozim bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Kengashga kiritilishini ta’minlasin.
Bunda, xalqaro reyting va indekslarning navbatdagi nashrida zarur ko‘rsatkichni qayd etishga qaratilgan amaliy takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, reyting va indekslarni e’lon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik qilish mexanizmlarini nazarda tutish lozim.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni bo‘yicha:
keyingi oyning 15-sanasiga qadar Kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi;
keyingi oyning 30-sanasiga qadar Kengash raisi yoki o‘rinbosarining rahbarligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPI ga erishish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot beradi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PF–5687-son Farmoni bilan tashkil etilgan Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya zimmasiga Kengash faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish va Kengash yig‘ilishlari oralig‘ida tegishli yo‘nalishda mas’ul davlat organlari ishini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatilsin.
6. Mas’ul davlat organlari hamda tadqiqot institutlari tegishli xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni Kengash ishchi organlariga muntazam ravishda taqdim etib borsin.
7. Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini aks ettirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida 6 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda ushbu boshqarmaning yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar Internet tarmog‘ida “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalininг (keyingi o‘rinlarda – portal) ishga tushirilishini ta’minlasin.
Kengash ishchi organlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ul davlat organlari bilan birgalikda muntazam ravishda davlat va jamiyat hayotining xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatorlarida baholanadigan sohalariga oid davlat siyosatidagi o‘zgarishlar va islohotlarning mohiyatini yoritish hamda sohada jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida keng qamrovli targ‘ibot ishlarini amalga oshirsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining «Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash» tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko‘tarildi.


Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda. Davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017 ― 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2020 yil 2 iyun kuni Prezident Sh.Mirziyoevning farmoni bilan «Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi» tashkil etildi.
Uning vakolatlariga O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish, davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o‘rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish, O‘zbekiston Respublikasining tegishli reytinglardagi rivojlanish jarayoni to‘g‘risidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘z ichiga olgan axborotlar ma’lumot bazasini yaratish, O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik o‘rnatish va konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish; kabi vazifalar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrda qadar Internet tarmog‘ida «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali ishga tushirildi. Kengash ishchi organlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda «Yuksalish» umummilliy harakati zimmasiga O‘zbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning natijalari to‘g‘risidagi axborotni, jumladan subsidiyalar, grantlar ajratish hamda ijtimoiy buyurtmalar berish orqali xalqaro reytinglarni tuzuvchilarga yetkazish borasidagi ishlarga fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb etish kabi ishlarni amalga oshirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda «davlat xizmatlarining sirli mijozi» tomonidan monitoringni o‘tkazishning aniq maqsadlari, parametrlari, ob’ektlari va mezonlarini nazarda tutuvchi tartib asosida o‘z faoliyatini olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro reytinglar indikatorlari doirasida o‘tkazilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi axborotlarning ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida keng yoritilishini ta’minlab berish kabi vazifalarni bajarib boradi.
Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar va o‘zgarishlarni samarali amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotganiga qaramasdan “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishi va samarali faoliyat ko‘rsatishiga, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi kurashishga to‘sqinlik qiluvchi qator muammolar saqlanib qolmoqda. Mazkur muammolarni hal etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi tashkil etildi. Ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integrallashgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligi oshib bordi. Ta‘lim tizimidagi islohotlar. Maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaritldi. Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Boshlang‘ich ta’lim muassasalariga qator imtiyozlar berildi, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi malaka oshirish institutlarida ta’lim mazmunini sifat jihatdan tubdan o‘zgartirildi, ularni eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalari tarkibiga o‘tkazish orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga eng bilimli va tajribali professor-o‘qituvchilar ta’lim berishiga erishish uchun amaliy harkatlar olib borilmoqda. 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tashkil etildi. Uning vazifalariga O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari reytingini tuzish va rasman e’lon qilish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini ta’minlash, dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy ta’lim muassasalarining ushbu reytinglarga kirishiga har tomonlama ko‘maklashish va hokazo.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 16 avgust kuni umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlagan holda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikning borishi, 11 yillik o‘rta ta’lim tizimini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, yangi ochilgan oliy ta’lim muassasalari, filiallar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq ishlar holati bilan yaqindan tanishdi va umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini o‘z xohishiga ko‘ra 10-sinfda o‘qishini davom ettirishi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qamrab olish tartibi joriy etildi. 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab

10-sinflarda dars beradigan 116 ming nafar o‘qituvchining kasbga oid bilimlarini yangilash va chuqurlashtirish maqsadida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PF-5763-son “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asosiy vazifalari quyidagicha belgilandi: Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini chuqur o‘zlashtirgan kadrlarni tayyorlashning yuqori darajasi va sifatini ta’minlash, idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, mutaxassislar tayyorlash sifati, ta’lim mazmuni va darajasini davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga mosligini ta’minlash, ta’limning yangi pedagogik texnologiyalari va o‘qitish uslublarini joriy etishning xalqaro amaliyotga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini joriy etgan holda o‘quv jarayonini sifat jihatidan yangilash, iqtisodiyot tarmoqlari, fan va ijtimoiy sohani rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, ishlab chiqarish va boshqa korxonalarda talabalar amaliyotini tashkil etish kabi vazifalarni bajarish kabi vazifalar kiradi.
Bundan tashqari uning vakolatiga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro mustahkam integratsiyasini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarini zimmasiga yuklangan vazifalarni yuqori professional darajada bajarishga qodir rahbar va pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni tizimli rag‘batlantirish choralarini ko‘rish, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish va takomillashtirish, ularning kasbiy mahorati sifati va darajasini muntazam oshirib borishi uchun sharoitlar yaratish, xorijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovka o‘tashni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning jahon ta’lim resurslari, ilmiy adabiyotlar elektron katalogi va ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish kabi vakolatlarga ega.
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro kelishuv bo‘yicha qo‘shma dasturlar (fakultetlar va akademik dasturlar) hamda filiallar (markazlar) shaklida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan chet el oliy ta’lim muassasalari ularning O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirayotgan oliy ta’lim faoliyati doirasida olingan daromadlari bo‘yicha barcha turdagi soliqlar, shuningdek chet ellik xodimlarning mehnatiga haq to‘lash fondi qismi bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan ozod etildi. Oliy ta'lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash jarayonini yanada jadallashtirish bo‘yicha Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va “yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Mazkur hujjatlar ijrosi doirasida oliy ta'lim muassasalarining yirik ishlab chiqarish korxonalari, davlat tashkilotlari, tadbirkorlik sub'ektlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.
2018-2020 yillarda yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik natijasida mamlakatimizda yangi oliy ta'lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, 30 dan ortiq o‘quv yurtida xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma diplom dasturlari doirasida kadrlar tayyorlanmoqda. Oliy ta'lim tizimini zamonaviy usullar yordamida samarali boshqarish, sohada moddiy-texnik bazani kuchaytirish, o‘quv-metodik ishlarni takomillashtirish bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rishimiz zarur. Kadrlar buyurtmachilari hisoblangan iqtisodiyot tarmoqlarining real eqtiyojidan kelib chiqib, oliy ta'lim tizimini rivojlantirishning strategiyasini belgilash, davlat ta'lim standartlari va malaka talablarini qayta ishlab chiqish, talabalarning malakaviy amaliyotini samarali tashkil etish lozim ekanligi president tomonidan alohida ta’kidlandi. 2019 yil mobaynida 66 nafar xorijiy olimlar va amaliyotchilar ta’limga jalb etilganligi ta‘kidlash zarur. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim sifatini ta’minlashda bugungi globalizatsiya jarayonlariga qo‘shilish, jahon hamjamiyatiga integratsiya qilish mamlakatimiz kelajagi uchun juda muhim hisoblanadi.

Adabiyotlar:






  1. Download 48,58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish