zahiralaridan
maqbul
ravishda foydalanish, boshqaruvning turli-tuman tizimlarini yaratish
uchun imkon beradi. Jismoniy tarbiya va sportda boshqaruvning
tashkiliy tizimlari sport turiga, boshqaruvning ierarxik pog‘onasiga
qarab shakllangan bo‘ladi.
1. Respublikada jismoniy tarbiya va sportni boshqarish
shakllari, umumiy va maxsus vakolatli organlar.
2. 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo‘mitasi
boshqaruv tashkilotlari tizimida.
3. 0 ‘zbekiston Respublikasida sport sanoatini rivojlantirishning
maqsadli kompleks dasturi.
4. Jismoniy tarbiya va sport sohasida mehnat munosabatlari.
5. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha faoliyatning moddiy-
texnik ta'minoti.
6. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xodimlarini moddiy va
ma’naviy rag‘batlantirish shakllari.
Menejmentning boshqaruv tizimlari orqali 0 ‘zbekistonda, uning
yirik shaharlari, viloyatlarining markazlarida sport majmualari,
stadionlar, tennis kortlari, suv havzalari, o ‘tkazilayotgan rasmiy
musobaqa jarayonida turli xil reklamalar tashkil etilgan, televide-
niye, radio orqali sport sohasidagi yangiliklar, sport jihozlari va
190
boshqalami targ‘ib qilish odat tusiga aylangan. Bunday faoliyatlar
sport menejmentining yurtimizda dadil qadamlar bilan rivojlanib
borayotganidan darak beradi. Ommaviy axborot vositalari orqali
jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish bilan birgalikda uning
taraqqiyotidagi asosiy bosqichlar, omillar ham yoritib borilmoqda.
Sport menejmenti faoliyatlarini rejalashtirishni asosan ikki
yo'lini ko'rish mumkin, ya’ni: sport tovarlarini ishlab chiqarish
rejasi va sport faoliyatlarini harakatga solish rejasi. Ulaming
tarkibida o‘ta murakkab ish faoliyatlari, xizmatlar va boshqa sohalar
mazmun topadi. Bunga oddiy bir misol qilib quyidagini keltirish
mumkin.
Sportchilar oyoq kiyimini (keta, butsi, botinka va boshqalar)
tayyorlash, teri yoki sun Чу terini tanlash, ranglami belgilash, turli
hajmlarda bichish-tikish, belgi qo‘yish, bog‘ich yoki oyoqqa
mahkamlovchi moslamalarni joylashtirish, maxsus joylarda ulami
saqlash, jo £natishga tayyorlash (upakovka), markalar qo‘yish,
narxlarni belgilash va h.k. Boshqa sport asbob uskunalari, buyum-
lari, jihozlarini ham shu tarzda tayyorlashning hayolan tasavvur
qilishning o‘zi menejment haqidagi tushunchalami to‘ldiradi.
Bunday holatlami awaldan belgilab olish ishning aniq maqsad
yo‘lida borishi va yaxshi samaralarga erishishini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarilgan sport mahsulotlarini xaridorlarga yetkazish
maxsus «sport marketingi» tizimi orqali amalga oshiriladi, ya’ni
bozor iqtisodiyoti sharoitidagi talab va taklif qoidalari ishga tushadi.
Bu jihatlami ham awaldan maqsad yo‘lida rejalashtirish talab
etiladi, boshqaruv tizimini shakllantiruvchi quyidagi eng muhim
bo'lgan omillar va shakllar ishtirok etishi mumkin:
- sport tovarlari korxonasiga murojaat qilish;
- iste’molchiga xabar qilish;
- iste’molchini ishontirish;
- sport mahsulotlari haqida ma’lumotlar berish;
- marketing xizmat turlarini amalga oshirish;
- yangi marketing g‘oyalarini taklif etish va h.k.
Mahsulotlami o‘tkazish (sotish) uchun ehtiyojlami kuchaytirish,
rag‘batlantirish hamda tashkilotlar, kompaniyalar ramzini yaxshi-
lash maqsadlari qo‘yiladi.
191
Sport menejmentidagi asosiy maqsad, vazifalar va g‘oyalarni
amalga oshirish uchun rejalashtirilgan tadbirlar asosida quyidagi
faoliyatlami o ‘tkazish lozim bo‘ladi.
1. Faoliyatami harakatlanturuvchi targ‘ibot manbalari (matbuot,
teleradio, sport inshootlari, ko‘rgazma, reklama, uchrashuv, xatlar
yuborish va h.k).
2. Doimiy nashr etiladigan vositalarda (jumal, serial qo‘llan-
malar, xabarlar va h.k) nashr qilish.
3. Matbuot anjumanlari, prezentatsiyalar.
4. Maxsus nashrlar.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, mahsulotlami o ‘tkazish (sotish)
faoliyati shaxsiy sotish yo‘li bilan ham amalga oshiraladi. Bunda
sotuvchi va boshqa xizmatchilarning qiyofalari, kiyinishlari, zeb-
ziynatlari (taraning, upa-elik va hokazolar), o ‘zini tutishi (ochiq
chehra), qo‘llar bilan ko‘rsatish kabi harakatlar muhim ahamiyatga
ega.
Menejment faolitida turli-tuman qiyinchiliklar, sun’iy to‘siqlar
uchrashi mumkin. Ayniqsa, «qiyin» xaridorlar bilan muomala qilish
san’ati ancha ustun turishi lozim.
Menejment faoliyatida mahsulotlarini baholash birmuncha
ustuvor mas’uliyat hamda tadbirlardan biridir. Mahsulotlarga narx
qo‘yishning umumiy strategiyasi mavjud bo‘lib, ular juda ko‘p
omillardan iboratdir. Bunda quyidagi jihatlami ko‘rish mumkin:
-
narx-navo - talabgorlik aloqasi. Bu asosan, ehtiyoj va uning
o‘zgarib turuvchi qonuniyatalrini belgilovchi iqtisodiy holatlardir.
Talabgorlik (ehtiyoj) qonuni narx o‘matadi (belgilaydi), xaridorlar
esa ularni eng arzon narxda oladi.
Narx iqtisodiy vosita sifatida tez-tez o ‘zgarib turadi. Ishlab
chiqaruvchilar (sotuvchilar) ham, iste’molchilar (xaridorlar) ham
narxni mo‘ljalga olib ish ko‘radilar.
Narxlaming shakllanishi bosqichma-bosqich, g‘oyat murakkab
kechadi. Uning o‘z qonun-qoidalari mavjud. Asosiy omillarga
tovaming qiymati, tovarga talab va taklif, tovaming nafligi va
nihoyat, raqobatni kiritish mumkin.
Narxni yuzaga keltiruvchi eng muhim omil - talab va taklifning
nisbati hisoblanadi. Agar talab taklifdan ustun kelsa, narx oshadi,
agar taklif talabdan ko‘p bo‘lsa, aksincha, narx pasayadi. Talab
192
narxni oshirgan chog‘da unga javoban taklif ko!payadi, chunki
yuqori narx sharoitida foydani ko‘proq olish mumkin.
Bu holatlar narxlarning bir zayilda turishi va mahsulot
xaridorlarining ko‘payishi bilan bog‘lanib ketadi. Natijada,
menejment faoliyati to‘g‘ri ekanligi ayon bo‘ladi.
Sport menejmenti faoliyatida izlanish, tadqiqot ishlari muhim
ro‘l o‘ynaydi, ya’ni mahsulot turlarini tanlash, talabgorlami topish,
narx-navolami me’yorida. saqlash qo‘yilgan maqsadlami amalga
oshirishning asosiy omilidir. Bu ish usullari aholining, ayniqsa,
jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining faoliyatini muvofiq
lashtirish, ulaming talab va ehtiyojlarini qondirishda asosiy
tadbirdir. Shu jihatdan olganda, 0 ‘zbekiston sharoitida mavjud
bo‘lgan sport buyumlari va jihozlarini
ishlab chiqaruvchi
korxonalar, eng avvalo, aholining ehtiyojini e’tiborga olishlari zarur.
Iste’mol uchun zarur bo‘lgan Mahsulotlaming sifatini yaxshilash,
ularni horijdan keltirayotgan sport mahsulotlari darajasidan oshirish
yoilarini izlash va maqsadga erishish kerak. Shunda mahalliy
menejment faoliyati sport jamoalari orasida ham keng yoyilishiga
erishgan bo‘lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |