Olzbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


I bob. SPORT MENE JMENTI FANINING NAZARIY



Download 7,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/111
Sana25.09.2022
Hajmi7,9 Mb.
#850159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
fayl 125 20210324

I bob. SPORT MENE JMENTI FANINING NAZARIY
M ASHG‘ULOTLARI MAZMUNI
1.1. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti fanining
predmeti va mazmuni
Reja:
M enejment nima degan savolga javob.
Menejment - bu boshqaruv degani.
Boshqaruv nimani bildiradi?
Menejment va boshqaruvning bitta m a’ncni bildirishi.
M enejment va boshqaruvni bir-biridan tubdan farq qilishi.
Menejment insonlaming faoliyatidagi, shu jumladan, jism oniy 
tarbiya va sport faoliyatidagi boshqaruv hokimiyati va san’ati.
M enejment - bu resurslami, personal (odam)laming boshqaruvi.
M enejment jarayonlarni amalga oshirishda maqsadli ta ’sir 
ko‘rsatib boruvchi faoliyat.
M enejment har qanday jam oada uning a’zolari orasidagi o ‘zaro 
b ogiiqlik.
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti fanining predmeti, 
obyekti va subyekti.
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti fanining mazmuni va 
tarkibi.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentida «Rahbar» 
va 
«Menejer» tushunchalari.
Tayanch iboralar: 
Menejment. Boshqaruv. lerarxiya. Jismoniy 
tarbiya. Sport. Funksiya. Funksional. Tanlov. Qaror qabul qilish. 
Nazorat. Xarajat. Naf. Baho. Qonun. Narxning cheklovchilik sama- 
rasi. Menejment obyekti. M enejment subyekti. Menejment prinsip­
lari. 
«4
maqsad», «Kaban», «7-s» usullari.
M enejment nima degan 
savolga aksariyat hollarda, bu 
boshqaruv degan javobni olamiz. Boshqaruv nimani bildiradi degan


savolga esa, bu ish yuritish, korxonalaming ishini tashkil qilish va 
boshqa shunga o'xshash javoblam i olamiz. Menejment va 
boshqaruv haqiqatdan ham yagona bitta m a’noni bildiradigan 
tushunchalarga o ‘xshaydi. Aslida «menejment» va «boshqaruv» 
tushunchalari bir-biriga o ‘xshash bo‘lsada, lekin bir-biridan tubdan 
farq qiladigan tushuncha va sohalardir.
Menejment - bu inglizcha so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford 
lug‘atida berilgan ta’rifga binoan u:
-insonlaming har qanday faoliyatidagi, shu jumladan, jismoniy 
tarbiya va sport faoliyatidagi boshqaruv hokimiyati va san’ati;
-har qanday korxona, tashkilotlarda, shu jumladan, jismoniy 
tarbiya va sport tashkilotlarida resurslami boshqarish bo‘yicha 
alohida mohirlik va m a’muriy ko‘nikmalar tushuniladi.
Boshqaruv tushunchasi turli manbalarda turlicha talqin etiladi, 
lekin ulaming umumiy m a’nosi tabiatda, jamiyatda, xalq xo'jali- 
gida, korxonalarda, tashkilotlarda, iqtisodiy-texnikaviy sistemalarda, 
qo‘yingki hayotimizda uchraydigan barcha taraddudlami amalga 
oshirishda «tashkilot faoliyatida, shu jumladan, jismoniy tarbiya va 
sport faoliyatida natijaga samarali erishish uchun undagi barcha 
jarayonlarga maqsadli ta ’sir ko‘rsatib borishni bildiradi». Bosh- 
qacha 
so‘z bilan aytganda, menejment — bu boshqaruv, ya’ni 
resurslami, personal (odam)lami boshqarish, samarali faoliyat olib 
borish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayonidir, shu 
nuqtai nazardan boshqaruv bu o ‘ziga xos yuksak san’at va 
mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul 
qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
M enejment ham yuqorida keltirilgan jarayonlami amalga 
oshirishda maqsadli ta ’sir ko‘rsatib boradi, lekin uning boshqaruv- 
dan tubdan farqi shundaki: «Menejment jamoadagi har bir personal 
(shaxs)ning jismonan va aqlan sog‘lomligi, bilim, madaniyat, tajriba 
darajalarini, tashkiliy xulqining qay darajada rivojlanganini, qaysi 
shijoat (temperament)ga mansub ekanligini, insonga taalluqli barcha 
individual, psixologik, tashkilotchilik, jam oada o ‘zini tuta olish, 
o ‘z-o‘m ini topa olish va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda, 
unga nisbatan faoliyat turlarini belgilaydi, rasmiy va norasmiy 
ishchi guruhlarini shakllantirishda uning bo‘lajak a’zolarining 
barcha yutuq va kamchiliklaridan samarali foydalanish masalalarini


hal etadi. M enejment har qanday jam oada uning a’zolari orasidagi 
o ‘zaro munosabatlar, jam oa bilan boshqa jam oalar orasidagi 
munosabatlar, jam oa bilan rahbar o ‘rtasidagi munosabatlar, boshqa 
korxonalar, hattoki xorijdagi hamkasblar orasida boMadigan ishchi 
munosabatlami qanday b o iish in i ilmiy asoslab beradi».
Jismoniy tarbiya va sport menejmentini jamiyatning iqtisodiy 
negizi bilan bog‘lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki: tashkiliy- 
texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda 
o ‘rganish lozim.
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste'm ol qiymatini olish 
uchun mahsulot (sport tovarlari yoki xizmati) tayyorlashda mehnat 
taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy 
boshqaruv mavjud jism oniy tarbiya va sportda ishlab chiqarish 
munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib, menejment maqsadlarini belgi- 
laydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv jism oniy tarbiya va sportda 
mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshishi 
uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. 
Jismoniy tarbiya va sportda ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning m aq­
sadi personal samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ularni 
ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakl- 
lantirish uchun, bandlikni ta ’minlash va aholini kam ta ’minlangan 
qatlamlarini qoMlab-quvvatlashdan iboratdir.
Mamalakatimiz Prezidenti I.A. Karimov o ‘zining « 0 ‘zbekiston 
iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish y o iid a» asarida «Kuchli 
ijtimoiy siyosat avvalo, sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq 
rag‘bat va im koniyatlar yaratishdan, iqtisodiy y o i tanlash va 
faoliyat ko‘rsatish erkinligiga bo‘lgan kafolatli huquqni qaror 
toptirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan 
ham iboratdir», deb ta ’kidlagan edi. Ushbu masalalarni amalga oshi- 
rishda jism onan va aqlan sog‘iom, barkamol avlodga tayanmasdan 
iloj yo‘q, shuning uchun yurtimizda mustaqilligimizning birinchi 
yillaridan boshlab jism oniy tarbiya va sportga katta e ’tibor berib 
kelinyapti.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentining asosini obyektiv 
iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy-il- 
miylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o ‘rganish va ularning aniq 
vaziyatlardan namoyon b o ‘lishini hisobga olgan holda x o ‘jalik
10


rahbarlari Respublika xalq xo'jaligini boshqarishning strategiya va 
taktikasini belgilaydilar.
Jamiyat hayotining barcha tomonlari demokratik yangilanishi 
sharoitida asosiy masala - iqtisodiy-ilmiy, texnikaviy-ijtimoiy 
taraqqiyotni rag‘batlantirishdir. Boshqariladigan bozor bilan shaxs 
va jam oa manfaatlarini samarali bog‘lash masalalaridan iboratdir. 
Nazariy va amaliy nuqtai nazardan ishlab chiqarish egalari bo‘lgan 
mehnatkashlar manfaatlari eng muhim omil ekanligi, ishtimoiy- 
iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadalashtiruvchi qudratli 
hakarakatlantiruvchi kuch ekanligi shubhasizdir. Bundan boshqa- 
ruvni isloh qilishning strategik g'oyasi mehnatkash kishining 
obro‘sini ko‘tarishdan, iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishning asosi 
bo‘lib vijdonan va mas’uliyat bilan mehnat qilishdan, ishchining 
mehnatdan manfaatdorligini keskin oshirish, o ‘z qobilyatini to ‘liq 
sarf etish, uni jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlaming umumiy 
tizimiga q o ‘yishdan iborat.
Jismoniy tarbiya va sportda bularga faqat personal ishlab 
chiqarishning haqiqiy egasi sifatida mehnat qilgan holdagina 
erishish mumkin, bu juda murakkab masala, chunki inson faqat 
ijtimoiy shaxs, ya’ni jamiyatga bog‘liq va uning ta ’siri ostida bo‘lib 
qolmay, tabiiy mavjudod hamdir. Xuddi shunga b o g iiq holda uning 
shaxsiy manfaatlarini (unga bog‘liq holda xulqi, harakatlari) har 
doim ham ijtimoiy manfaatlar bilangina emas, balki o‘z idroki 
manfaatlari bilan ham mos kelmaydi. Kishilar o ‘rtasidagi ijtimoiy 
va iqtisodiy munosabatlar aks etuvchi manfaatlar ular maqsadlari, 
mehnat intizomi faolligiga bevosita ta ’sir ko'rsatadi va ulaming 
harakatlarini tartibga soladi.
Bozor munosabatlariga o ‘tish ishlab chiqarish va bozoming 
samarali o ‘zaro ta’sirini, davlat boshqaruvi va korxonalarining, 
tashkilorlaming, jumladan, sport tashkilotlarining o ‘z-o‘zini boshqa- 
rishning mutanosib nisbatda bo‘lishini ta’minlovchi takomillashgan 
xo‘jalik mexanizmini yaratishga yo‘naltirilgandir.
Davlat menejmentining maqsadi, jumladan, jism oniy tarbiya va 
sport menejmentining asl maqsadi - barqaror ijtimoiy y o ‘naltirilgan 
bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchli demokratik huquqiy davlat va 
fuqarolik jamiyatini qurishdan iboratdir.
11


Har qanday fan, shu jum ladan, jism oniy tarbiya va sport 
menejmenti fani o ‘z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. 
Predmet ushbu fan nima bilan shug‘ullanishi, uning qaysi sohaga 
tegishii ekanligini belgilaydi. Nazariya bu sohada ro‘y beradigan 
jarayon va hodisalaming kelib chiqish, shakllanish va hayotda o ‘z- 
o ‘mini topish qonuniyatlarini aniqlaydi.
Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda, jism oniy 
tarbiya va sportda personal ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga 
oshishini k o ‘rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalami 
umumlashtirish va o ‘rganishning turli vositalari va usullari tizimini 
ishlab chiqishi lozim.
M enejment predmeti xo‘jalik yuritishning barcha darajalarida 
boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabat- 
larini o ‘rganishdan iborat b o is a , jism oniy tarbiya va sport menej­
menti soha jarayonlarida mavjud barcha boshqaruv kategoriyalarni 
m ashg‘ulot va musobaqa jarayonlariga joriy etishni o ‘rganadi. 
Boshqaruv 
munosabatlari 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining 
ajralmas qismi bo‘lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, 
psixologik va boshqa k o ‘rinishlarda b o ‘ladi. Boshqaruv munosabat­
lari rahbar q o i ostidagi xodimlar o ‘rtasidagi aloqa va o ‘zaro 
ta’sim ing murakkab majmuini ifodalaydi, demak, jism oniy tarbiya 
va sport menejmenti - bu eng avvalo, kishilami, personalni, sportchi 
va trener-murabbiylami boshqarishdir.
Iqtisodiyotni yurgizishda bevosita boshqaruv obyekti mehnat 
jam olari va alohida personal (xodim)lardan iboratdir. -Jismoniy 
tarbiya va sportda faqat personalning mehnat faoliyati vositasida 
sport tovarlari ishlab chiqarishning hamda sport m ashg4ulotlarining 
moddiy unsurlari, ya’ni mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir 
etiladi.
Boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi - dialektik uslub b o iib , 
u menejmentga o ‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalaming, jism oniy 
tarbiya va sport jarayonlarining mohiyatini ochishga yordam beradi.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentiga quyidagi boshqa 
uslublar ham xos, masalan, v o q e iik hodisalarini o ‘rganishga aniq 
tarixiy yondashuv; x o ‘jalik mexanizmi barcha elementlarini bir 
vaqtning o ‘zida tahlil qilish va to iiq boshqamv qarorlarini ishlab
12


chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondashuv, tarkibiy tahlil, 
iqtisodiy-ijtimoiy usullar va boshqalar.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentining mahorati uning 
barcha uslublarini egallash, ulami jism oniy tarbiya va sportga 
to ‘g‘ri b o g ia b qo‘llash, har bir aniq vaziyatda boshqaruvning eng 
samarali variantini topish qobilyatiga ega bo‘lishdan iboratdir.
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti kursining mazmunini 
iqtisodiyotni 
yurg‘izishning, 
boshqarish 
tizimlari 
va 
ulami 
tuzishning tashkiliy shakllari, xo‘jalik mexanizmi va boshqaruv us­
lublari, boshqaruv texnika va texnologiyasining nazariy va meto- 
dologik asoslarini o ‘rgangan holda ulami jism oniy tarbiya va sport 
tarm og‘iga joriy etishni tashkil etishdan iboratdir. Jismoniy tarbiya 
va sport menejmenti boshqaruv faoliyatining umumiy qonunyatlari 
va prinsiplari, boshqaruv tizimiga ta ’sir usullarini shakllantiradi, 
boshqaruv apparatining aniq vaziyatlaridagi harakatlari va o ‘zini 
tutish hollarini umumlashtiradi. Jismoniy tarbiya va sportda 
iqtisodiy jarayonlam i boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini 
o ‘rganadi. Boshqaruv nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini 
butun bir majmua ko'rinishida, nazariy tahlil va mantiqiy uslub 
asosida boshqarishning asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib 
o ‘rganadi.
Jismonimy tarbiya va sport menejmentining amaliy tomonlari 
quyidagi aniq vazifalami hal etishga: bozor iqtisodiyoti munosabat- 
lariga o ‘tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirishga, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilar 
m a’naviy darajalarini o ‘stirish sharoitida jism oniy tarbiya va sportni 
rivojlantirishga va boshqalarga qaratilgandir.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentining bu amaliy qismi 
faqatgina boshqaruv prinsiplarining o ‘zini emas, balki ulami bosh­
qaruv amalyotida qo‘llash qobilyati, ya’ni ulaming aniq ko‘rinish- 
laridan yorqin vaziyatda foydalana olish qobilyatini o ‘rganadi. 
Uning boshqarish nazariyasidan farqi u iqtisodiyotni, jumladan, 
jism oniy tarbiya va sportni boshqarish amaliyotida qonuniyatlar, 
prinsiplar va uslublardan foydalanish namunalarini ishlab chiqarish- 
dadir.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentining asosiy vazifasi 
jam iyat rivojlanishining obyektiv qonunlari talablarini hisobga
13


olgan holda va iqtisodiyotni boshqarish amaliyotini umumlashtirish 
asosida jism oniy tarbiya va sportni samarali boshqarish uchun zarur 
bir maqsadga yo'naltirilgan harakatlar prinsiplarini ishlab chiqish, 
rivojlantirish va soha tarm og‘iga tadbiq etishdan iborat.
M enejmentning jism oniy tarbiya va sportga keng tadbiq etilishi 
ayni muddaodir, chunki biz yuqorida keltirlgan menejmentning har 
bir elementlari sportchilar, murabbiylar, sport jamolari va ulaming 
rahbarlari, turli boshqa jism oniy tarbiya va sport jamolari orasida 
o ‘z yechimini kutayotgan masalalarni hal etishda har doim, har soat 
va har daqiqada uchrab turishi, mavjudligi, ularni o ‘z vaqtida to ‘g‘ri 
hal etish lozimligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi.
Shuning uchun menejment qoidalarining jism oniy tarbiya va 
sportga ilmiy asosda joriy etilishidan ju d a katta samara kutilishi 
aniq.
Shu borada «Rahbar» va «Menejer» tushunchalariga aniqlik 
kiritish ham maqsadga muvofiqdir. Boshqaruv va menejment soha, 
faoliyat y o ‘nalishlari hisoblanadi, rahbar (boshqaruvchi) va menejer 
esa personal lavozimlarini bildiradi.
Rahbar korxona yoki tashkilotning yuridik boshlig‘i (prezident, 
bosh direktor, rektor, direktor va hokazo) bo‘lib, u korxonaning 
barcha funksional yo'nalishdagi (ishlab chiqarish, texnika va 
texnologiya ta ’minoti, iqtisod, moddiy-texnika ta’minoti, logistika, 
energetika, tijorat, personal (xodim) va boshqalar faoliyatiga 
javobgardir va ulami boshqaradi. Eng asosiysi, u moliya va uning 
taqsimotiga javobgar, moliyaviy harajatni boshqarib boradi, bank 
tizim ida faqat uning imzosi inobatga olinadi. Rahbar o ‘z faoliyatini 
amalga oshirishda yozma (og‘zaki) buyruq va boshqa k o ‘rsatmalar 
orqali ish yuritadi, faqatgina rahbar yuqoridagi hujjatlarga imzo 
chekish huquqiga ega.
M enejer esa yuqorida keltirilgan funksional y o ‘nalishlar 
faoliyatini am alga oshirishda personal (xodimlar) ishtirokini ta ’min- 
laydi. Personal ishtiroki muhim masala bo ‘lib, u xodimlarning 
malakasi va boshqa ko‘rsatkichlari (parametrlari) b o ‘yicha tanlash, 
rasmiy ishchi gumhlari tuzish, ish bilan ta ’minlash, xodimlarning 
tashkiliy faoliyatini to ‘g ‘ri yo‘lga qo‘yish, qayta o ‘qitish, malakasini 
oshirish, xizm at pog‘onasida ulami yuqoriga ko‘tarish, pastga 
tushirish yoki ishdan chetlatish kabi masalalarni o 'z ichiga oladi.
14


Menejer moliya-bank hujjatlari, buyruqqa imzo chekish huquqiga 
ega emas, shuning uchun uning faoliyati korxona ishining provard 
samarasi uchun o ‘ta muhim b o iish ig a qaramay, rahbar uchun 
tayyorlangan tavsiya bilan cheklanadi. Menejerning har qanday 
tavsiyasi 
rahbariyat 
tomonidan 
o ‘rganilib, 
asosli 
axborot 
(informatsiya)ga tayangan holda tegishii qaror qabul qilinib, rahbar 
tomonidan buyruqqa imzo chekilgach, kuchga kiradi.
Jahon boshqaruv nazariyasi va amalyotida rahbar shaxsining 
bilim va malakasi, ish tajribasi, tadbirkorlik xususiyatlari va boshqa 
xislatlariga nisbatan qanchalik yuksak talablar qo'yilgan b o isa, 
menejerlarga ham ulardan kam mas’uliyat yuklatilmagan. 1- 
jadvalda rahbar faoliyatidagi xususiyatlar tavsiflangan, ularning 
menejerlarga ham taalluqli ekanini payqash mumkin (1-jadval).
Mavjud standart va talablarga ko‘ra menejer birinchidan, 
jism oniy va aqlan sog‘lom, ikkinchidan, o ‘z sohasi va unga yaqin 
ilmlami puxta egallagan, uchinchidan, mustaqil fikrlay oladigan, o ‘z 
flkrlarini yozma, og‘zaki va boshqa ko‘rinishlarda ifodalay 
oladigan, murakkab holatlarda to ‘g‘ri yechimlarni topa oladigan 
personal (shaxs) bo‘lishi lozim.
Sobiq Ittifoq tizimida markazlashgan boshqaruvning kuchli 
b o iish i va boshqa siyosiy sabablarga ko‘ra menejment tanqid qilib 
kelingan, amaliyotga joriy etilmagan va mutaxassislar tomonidan 
o ‘rganilib, rivojlantirilmagan.
Menejmentni eslash lozim b o ig an hollarda, unga tanqidiy 
munosabat bildirilishi talab qilinardi, shuning uchun «Kapitalizm 
sistemesida ishchilaming bilagidagi kuchi va oxirgi suvini siqib 
olishga m oijallangan mexanizm» - deb tanqid qilingan.
Mustaqillik davriga kelib menejment hayotimizga jiddiy va 
jadal ravishda tadbiq qilinyapti. 0 ‘zbekistondagi deyarli barcha oliy 
o ‘quv yurtlarida menejment fani o ‘qitilyapti, korxona-tashkilotlar 
shtat jadvallarida menejer lavozimalari paydo boiyapti. Shu o ‘rinda 
0 ‘zbekistonda menejerlar tayyorlashga tegishii bir misolni eslash 
joiz deb bilamiz.
15



Download 7,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish