2.2.O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
I bosqich
O’quv mashg’ulotiga kirish (10daq)
|
Tashkiliy qism:
1.O’quvchilar mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radilar.
|
II bosqich
Asosiy qism
(55daq)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi. 3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
4.O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5.Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy hujum, “o’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali o’quvchilar bilimini faollashtiradi.
Yangi o’quv materialining bayoni:
6.Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.
7.Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.
8.Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
tanishadilar.
Har bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydilar.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
III bosqich
Yakuniy qism (15 daq)
|
Mashg’ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
2.Uyga vazifa beriladi.
|
Baholar bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
|
2-Mavzu: Tovush va tovushqator. Registr.
Reja:
1.Musiqiy tovushlar va ularning xususiyatlari.
2.Tovushqator registr va ularning vazifalari
3.Musiqiy tovush tembri.
Musiqiy tovush va uning xususiyatlari.Tovush fizik hodisadir. O’z navbatida “tovush” tushunchasi yana bir necha uzviy bog’langan turli hodisalar zanjirini o’z ichiga oladi. Tovush manbai birorta jism (masalan, simli tor)ning tebranish harakatlaridir. Bunday harakatlar natijasida, havoda to’lqinsimon tеbranishlar, ya’ni tovush to’lqinlari yuzaga kеladi. Ular esa eshitish organga ta’sir qilib, eshitish nеrvi orqali bosh miyaga o’tadi va tovush sеzgisini vujudga kеltiradi.Musiqaning elementar nazariyasi kursida tovush so’zi ikki xil tushunchani bildiradi: birinchisi fizik holatdagi tovush; ikkinchisi sezgi holatidagi tovushdir. Masalan, biror egiluvchan jism, cholg’u asbobi torining tebranishi natijasida havoda uzunasiga taralgan to’lqinli tebranishlar hosil bo’ladi. Bu tebranishlar tovush to’lqinini hosil qiladi. Ular tovush manbaidan turli tomonlarga aylanasimon tarqaladi.Ushbu hodisaning umumiy zanjiri quyidagicha amalga oshadi: tovush to’lqini manbai tovush to’lqinlari eshitish organiga tovush to’lqinlarining ta’sir etishi –eshitish analizatorlari orqali qabul qilingan qo’zg’atuvchi ta’sirining bosh miyaga uzatilishi.
Yangragan tovush to’lqinlari eshitish organi tomonidan qabul qilingach, unga ta’sir etadi va asab tuzilmasi (analizator) orqali bosh miyaga o’tib, tovush sezgisini qo’zg’atadi.Tabiatda odam qulog’iga chalinadigan tovushlar cheksizdir. Ular shovqinli - taqillagan, shitirlagan, g’ichirlagan kabi tabiiy tovushlar, va musiqiy – kuylayotgan odam ovozi, yangrayotgan cholg’u asbobning sadolari kabi sun’iy tovushlarga ajratiladi. Musiqiy tovushlar musiqa san’atining asosiy vositasi bo’lib, atrofdagi vokelikni aks ettirishda xizmat qiladi. Ular musiqa madaniyatining ko’p asrli taraqqiyot jarayonida saralab olinib, muayyan tizimga uyushtirilgan.
Musiqiy ifodalilik elementlarining negizi musiqiy tovush o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar tebranilayotgan jismning tebranish tezligi, tebranish kengligi, tebranish davomiyligi va tarkibiy qismlari son va sifatidan kelib chiqadi. Ma’lumki, biz kundalik hayotda juda ko’p, xilma-xil tovushlarni eshitamiz. Lekin bu tovushlarning hammasi ham musiqada qo’llanila bermaydi. Eshitish organlarimiz musiqaviy tovushlar bilan shovqinli tovushlarni bir-biridan ajratish qobiliyatiga ega. Shovqinli tovushlar, masalan, qarsillash, gumburlash, g’ijirlash, shivirlash, dukillash va hokazolar aniq tovush to’lqini balandligiga ega emas, shuning uchun ham bu tovushlar musiqada qo’llanilmaydi. Musiqaviy tovushning nazariy jihatdan to’rt xil fizik xususiyati mavjud. Ular balandlik, uzunlik (cho’zim), qattiqlik (tovush kuchi) va tembr (tovush tusi) dan iborat. Xorij adabiyotlarida ham “Musiqaning asosiy elementlari, balandlik uzunlik tembr va dinamika yani tovush qattiqligi deb berilgan. Ba’zi mualliflar tezlik (ovozdan hosil bo’lgan fizik tebranishning jadalligi) va tuzilishni ham kiritadilar”.
Yangrayotgan tovushning balandligi tebranayotgan egiluvchan jismning tebranish tezligi, ya’ni chastotasiga bog’liqdir. Tebranish qanchalik tez bo’lib tursa, tovush shunchalik baland bo’ladi va aksincha, tebranish qanchalik sust bo’lsa, tovush shunchalik past bo’ladi.Yangrayotgan tovushning cho’zimi tebranayotgan jismning to’lqin amplitudasiga bog’liqdir. Tovushning uzun yoki qisqaligidan uning fizik xarakteri o’zgarmaydi, lekin musiqa nuqtai nazaridan tovushning cho’zimi uning yana bir xususiyati bo’lib, muhim ahamiyatga egadir. Tovush cho’zimi tovush manbai tebranishining davom etishiga bog’liq bo’ladi. Masalan, tovush chiqa boshlaganda tovush manbaining tebranishi qanchalik keng bo’lsa, tovushning pasayib borishi ham shuncha uzoq davom etadi. Bunda albatta, tovush manbai bo’lgan jism erkin tebranishi shart.
Yangrayotgan tovushning qattiqligi tebranish harakatining kuchiga, ya’ni, tovush manbai bo’lgan jismning tebranish kengligiga bog’liqdir. Tebranish harakatlari amalga oshiriladigan fazo doirasi tebranish amplitudasi (kengligi) deyilad
Tovushqator -muayyan musiqa tizimidagi barcha tovushlarning tartiblashgan majmuasi (mas., lad tovushlarining izchil tuzilmasi, gamma). Turli musiqa uslublarida T. ahamiyati har xil boʻladi. Mac, dodekafoniya uslubidagi asarlarda T.dan koʻra intervallar izchilligining mohiyati balanddir. Ogʻzaki anʼanadagi musiqa, jumladan, oʻzbek xalq va mumtoz musiqa ijodida T.larning bir nechta tarixiy - uslubiy koʻrinishlari ajratiladi. Mas., mavsum marosim qoʻshiqlariga xos tor (kvartakvinta) hajmdagi T.lar, xalq lirik va raqs qoʻshiqkuylarda asosiy oʻrin tutgan oktava diapazonidagi T.lar, maqom T.lari va boshqa Baʼzi (yigʻi, alla, qissaxonlik kabi, kompozitorlik ijodida esa -sonoristika, elektron musiqa va boshqa yoʻnalishidagi) musiqa shakllarida muayyan T. tizimi oʻrniga tovushlarning erkin munosabatlari asosiy oʻrin tutadi.
Tovushqator registr va ularning vazifalari: Tabiatda uchraydigan hamma tovushlar musiqali va shovqinli tovushlarga ajratiladi. Shovqinli tovushlar qasirlash, g’ijirlash, dukullash, gumburlash singarilar bo’lib, aniq balandlikka ega emas. Shuning uchun ular musiqada qo’llanilmaydi. Musiqaviy tovushlar esa ma’lum balandlikka ega bo’lib, insondagi eshitish analizatori bu tovushlarni payqab oladi.. Tovush qattiqligi tovush manbayi bo’lgan jismning tebranish ampletudasiga bog’liqdir. Tovush qanchalik qattiq bo’lsa, shuncha qattiq ishlatiladi va aksincha. Tovush cho’zimi manbayi tebranishining davom etishiga bog’liq bo’ladi. Musiqa ijrochiligi uchun belgilangan musiqaviy sistema o’zaro munosabatda bo’lgan muayyan balandlikdagi tovushlar tizilmasidan (qatoridan) iboratdir. Tovushlarning o’z balandligiga qarab joyla-shishi sistemasiga tovushqator deyiladi. Musiqaviy sistemaning to’liq tovushqatorlarida 88 ta xilma-xil tovushlar bor. Musiqaviy sistema tovushqatorlari yettita mustaqil nomga ega bo’lgan asosiy bosqichlardan iboratdir.
Registr (lot. registrum - roʻyxat) musiqada;
1) akkordeon, bayan, klavesin kabi musiqa cholgʻularida tovush kuchi va tembrini oʻzgartirishga imkoniyat beruvchi moslama;
2) organda bir xil tuzilishga hamda tovush tusiga ega boʻlgan trubalar guruhi;
3) musiqa cholgʻu asbobi yoki xonanda diapazonining bir xil tembrga ega tovushlar guruhi.
Tembr (frans. timbre) — tovush sifati, tuyey, "boʻyogʻi"; musiqiy tovushning xususiy belgilaridan biri. T. tufayli bir balandlik va bir xil dinamikadagi tovushlarni farqlash mumkin. T. sadolanuvchi jismining materiali, tovush hosil qilish usuli, tebranish xususiyatlari, tovush yuzaga keluvchi va tarqaluvchi muhit va boshqalarga bogʻliq boʻlib, obertonlarnchng soni va jadalligi bilan aniklanadi. Nutkda T. orqali unli tovushlar ajratiladi. Nutq intonatsiyayemda T. yordamida turli hissiyotlar (xursandchilik, gʻamginlik, norozilik, qoʻrquv kabi) oʻz ifodasini topadi.
Musiqadagi tembr - bu tovushning o’ziga xos rangi. Agar siz turli xil asboblarda bir xil balandlikdagi yoki ovoz balandligidagi bir xil notani o’ynasangiz, asbobning tembr xususiyatlari tufayli ovoz hali ham sezilarli darajada farqlanadi. Ikki xil vokalist tomonidan ijro etilgan bir xil vokal qismlarini ovozning maxsus tembr rangi tufayli quloq bilan farqlash oson.
"Tembr" tushunchasi musiqadagi yagona ta’rif emas, lekin ularning barchasi tembr tovushning balandligi, balandligi yoki davomiyligi kabi bir xil eng muhim xususiyat ekanligiga asoslanadi. Tembrni ifodalash uchun turli xil sifatlar qo’llaniladi: past, zich, chuqur, yumshoq, yorqin, bo’g’iq, tovushli va boshqalar. Musiqadagi tembr ko’p komponentli hodisadir. Mashhur musiqashunos A.N. Soxor tembrning 4 turini ajratadi:instrumental - asbobning strukturaviy xususiyatlariga va tovush chiqarish xususiyatiga bog’liq;garmonik - tovushlar birikmasining tabiatiga bog’liq;registr - to’g’ridan-to’g’ri ovozning tabiiy ohangiga yoki asbob registriga bog’liq;teksturali - tovush, akustika va boshqalarning zichligi va "yopishqoqligi" darajasiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |