30.2.O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
I bosqich
O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daq)
|
Tashkiliy qism:
1.O’quvchilar mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radilar.
|
II bosqich
Asosiy qism
(60daq)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi. 3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
4.O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5.Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy hujum, “o’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali o’quvchilar bilimini faollashtiradi.
Yangi o’quv materialining bayoni:
6.Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.
7.Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.
8.Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
tanishadilar.
Har bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydilar.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
III bosqich
Yakuniy qism (10 daq)
|
Mashg’ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
2.Uyga vazifa beriladi.
|
Baholar bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
|
30-Mavzu: MTTda bayram ertaliklarini tashkil etish.
Reja:
1.Bayramga tayyorgarlik.
2. Bayram stenariyga qo’yiladigan talablar va senariy tuzish.
3.Bayram davomiyligi.
Bayramlar va o'yin-kulgilar maktabgacha yoshdagi bolalar hayotidagi yorqin va quvonchli voqealardir. Turli xil san'at turlarini birlashtirib, ular bolalarning his-tuyg'ulari va ongiga katta ta'sir ko'rsatadi. P. K. Krupskaya ta'kidlagan: "Bolaga san'at orqali uning fikr va his-tuyg'ularini chuqurroq anglash, aniqroq fikrlash va chuqurroq his qilish uchun yordam berish kerak ".
Bayramlar va o'yin-kulgilarni tayyorlash va o'tkazish bolalarning axloqiy tarbiyasiga xizmat qiladi: ular birlashadilar umumiy tajribalar, ularda kollektivizm asoslari tarbiyalangan; xalq og‘zaki ijodi asarlari, Vatan, ona tabiat, mehnat haqidagi qo‘shiq va she’rlar vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantiradi; bayramlar va o'yin-kulgilarda ishtirok etish maktabgacha yoshdagi bolalarda tartib-intizom va xulq-atvor madaniyatini shakllantiradi. Qo'shiqlar, she'rlar, raqslarni o'rganish bolalar o'z mamlakati, tabiati, turli millat vakillari haqida ko'p narsalarni bilib oladilar. Bu ularning dunyoqarashini kengaytiradi, xotirasini, nutqini, tasavvurini rivojlantiradi, aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Musiqa bolaning shaxsiyatini shakllantiradigan, uning atrofidagi dunyoni hissiy-majoziy bilish vositalaridan biridir. Ehtiyotkorlik bilan tanlangan musiqa bolalarga u yoki bu tasvirni "sinab ko'rishga", g'azablangan, och bo'ri yoki go'zal kabi his qilishlariga yordam beradi, nozik gul, qo'rqoq quyon, qo'rqoq qo'pol ayiq. Bolalar bog'chasining chiroyli bezatilgan zali yoki o'yin maydonchasi, nafis liboslar ekologik va estetik fazilatlarni rivojlantirishga yordam beradigan o'ziga xos muhit yaratadi."
Bayram ertaliklari va ko’ngil ochishlar bolalarning mustaqil musiqiy faoliyatga yo’naltirish manbayi bo’lib xizmat qiladi. Bayram ertaliklari – bu har bir bolaga hursandchilik olib keluvchi, hayajonga soluvchi va ularning hotiralarida uzoq vaqt saqlanib qoluvchi hodisadir.
Bayram ertaliklari stsenariylari o’z ichiga turli ko’rinishdagi faoliyatlarni oladi. Bunda bolalar qo’shiq aytadilar, raqsga tushadilar, she’rlar
yodlaydilar, bolalar cholg’ulari orkestrida yoki yakka tarzda chaladilar. Barcha
yoshdagi bolalar bilan o’tkaziladigan bayram ertaliklarida musiqaviy – didaktik o’yinlarni o’tkazish mumkin. Bu o’yinlar mashg’ulotlar va bo’sh vaqtlarda o’tkazilganligi sababli bolalarga yaxshi tanishdir. Shuning uchun ham ularga yangicha ko’rinish va shakl berib, bayramona bezatilgan holda tashkil etilishi lozim. Ertalikda shuningdek yangi, bolalarga tanish bo’lmagan o’yinni ham o’tkazish mumkin. Bunday o’yinlarning mazmuni bolalarga tanish musiqiy materiallar asosida tuzilsa bas. Ko’pgina musiqaviy – didaktik o’yinlarni sovg’a o’rnida ham kiritish mumkin. Bunday o’yinlar bolalarga sovg’alar va h.k. tarqatish bilan bog’lanadi. Masalan, masharaboz parda ortida turli cholg’ularda chaladi, bolalar cholg’ularni ovovzidan farqlab, nomlarini aytadilar. So’ngra, masharaboz ushbu cholg’u asboblrini barchasini bir vaqtda jaranglashini tinglab ko’rishni taklif
etadi va bu hol qanday nomlanishini bolalardan so’raydi. Bolalar: «Orkestr» deb javob beradilar. Shundan so’ng katta guruhlar tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan bolalar cholg’ulari orkestrining chiqishi tinglanadi. Yoki, kichik guruhlar tarbiyalanuvchilarining ertaligiga Shumbola (katta guruh bolasi) mehmonga keladi. U metallofonda bolalarga tanish bir nechta qo’shiqlar ohangini chaladi. Kichkintoylar buni qaysi qo’shiq ekanini topadilar. So’ng, Shumbola nog’oracha yoki doira yoki baraban chalib, chalinayotgan cholg’u asbobi shaklidagi kichik qutichalarga joylangan sovg’alarni tarqatadi.
Ertaliklarga ssenariy tuzayotgan vaqtda, unga barcha bolalarni jalb qilish shartligini yodda tutishi lozim. Har bir bolaningi faol ishtirok etishi, keyinchalik uning mustaqil faoliyati davomida o’z aksini topadi. Kelgan mehmonlar qarshisida tortinchoqlik namoyon qiluvchi bolalar, boshlovchi taklif etgan musiqaviy-didaktik o’yinlarda faollik ko’rsatadilar. Tabiiyki musiqaviy didaktik o’yinni ertalik mavzusiga ko’ra tanlash va dasturiga moslashtirish lozim. Ya’ni, o’yin alohida chiqishlar bilan bog’lanishi va stsenariyning umumiy, yaxlitligini ta’minlashi lozim.
Masalan, yangi yil bayram ertaligida Qorbobo bilan birgalikda o’rmon hayvonlari ham mehmonga keladilar. Qorbobo bolalarga o’zi bilan qaysi o’rmon hayvonlarini olib kelganligini topishni taklif qiladi. Bolalarga tanish bo’lgan, turli hayvonlar haqidagi qo’shiqlar kuyi birin-ketin yangraydi. Bolalar ularni birin-ketin tanib oladilar. Har bir to’g’ri javobdan so’ng, o’rmon hayvonining kirib kelishi kichkinagina sahna ko’rinishi sifatida o’tkaziladi.
"Musiqiy o'yin-kulgilar oyiga 2 marta o'tkaziladi. maqsadga muvofiq o'yin-kulgi tushdan keyin va haftaning ma'lum bir kunini tanlash maqsadga muvofiqdir. Taxminan shu kunlarda sir va haqiqiy ajablanish hissi doimo hukmronlik qilishi kerak.Turlari va shakllari o'yin-kulgi;Ularning turlari ularda ishtirok etish xususiyatiga bog'liq bolalar:o'yin-kulgi bolalar tinglovchi yoki tomoshabin sifatida harakat qiladigan joyda;bu erda bolalarning o'zlari faol ishtirokchilar va ijrochilardirKattalar ham, bolalar ham qatnashadilar.Shakllar o'yin-kulgi nihoyatda xilma-xil, oʻzgaruvchan boʻlishi mumkin, chunki ular nafaqat qoʻyilgan maqsad va vazifalarga, balki foydalaniladigan repertuarning janr xususiyatlariga, uning tematik yoʻnalishi va semantik boyligiga ham bogʻliq.
Konsertlar
-Musiqiy va adabiy kompozitsiyalar,
-Musiqa o'yinlar va qiziqarli o'yinlar
-Yangi o'yinchoq yosh guruhlar uchun o'yin-kulgi.
-Dramatizatsiya, dramatizatsiya o'yinlari, qo'g'irchoq teatri
-O'yinchoqlar, qo'g'irchoqlar va rasmlar teatri
-Raqs va opera miniatyuralari"
Do'stlaringiz bilan baham: |