O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli
23-Mavzu: Musiqa tinglash.
Vaqt: 80 daqiqa
|
Ta’lim oluvchilar soni
|
O’quv mashg’uloti shakli va turi
|
Nazariy
|
O’quv mashg’uloti rejasi
|
1.Tinglash faoliyatining ahamiyati va vazifalari.
2.Tinglanadigan asarga qo’yiladigan talablar, bosqichlari va jarayonlari.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Musiqa tinglash to’g’risidagi bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
|
O’qitish natijasi
|
Ushbu mavzuni o’zlashtirish natijasida o’quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko’nikma yoki
kompetensiyalar.
|
Pedagogik vazifalar
1.O’quvchilarga tinglash faoliyatining ahamiyati va vazifalari haqida umumiy ma’lumot berish.
2.O’quvchilarga tinglanadigan asarga qo’yiladigan talablar, bosqichlari va jarayonlari haqida ma’lumot berish.
|
O’quv faoliyat natijalari;
1.O’quvchilar tinglash faoliyatining ahamiyati va vazifalari haqida umumiy ma’lumotga ega bo’ladilar
2.O’quvchilar tinglanadigan asarga qo’yiladigan talablar, bosqichlari va jarayonlari haqida o’rganadilar.
|
O’qitish metodlari
|
Kichik axborotli ma’ruza, tushuntirish, ko’rsatma berish, namoyish.
|
O’qitish vositalari
|
Matnlar, yozuv taxtasi, kompyuter.slayd, proektor
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli
|
Guruhli.
|
O’qitish sharoiti
|
Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona
|
Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Tezkor-so’rov, savol-javob, test, va mashqlar, bajarilgan o’quv topshiriqlarni baxolash
|
23.2.O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
I bosqich
O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daq)
|
Tashkiliy qism:
1.O’quvchilar mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radilar.
|
II bosqich
Asosiy qism
(55daq)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi. 3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
4.O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5.Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy hujum, “o’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali o’quvchilar bilimini faollashtiradi.
Yangi o’quv materialining bayoni:
6.Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.
7.Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.
8.Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
tanishadilar.
Har bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydilar.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
III bosqich
Yakuniy qism (15 daq)
|
Mashg’ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
2.Uyga vazifa beriladi.
|
Baholar bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
|
Musiqa tinglash.
Reja;
1.Tinglash faoliyatining ahamiyati va vazifalari.
2.Tinglanadigan asarga qo’yiladigan talablar, bosqichlari va jarayonlari.
Musiqa ta’limini shartli ravishda ikki bosqichga bo’lish mumkin. Birinchisi, tayyorlov bosqichi. Bundan ko’zlanadigan asosiy maqsad – bolalarning musiqa uquvini o’stirishdir. Shu vaqt mobaynida bolalar musiqa tovushlarining baland-pastligi va cho’zimi kabi o’ziga xos xusussiyatlarni ajrata bilishga o’rganishlari va nota yozuvini o’rganishga tayyorlanishlari kerak. Ikkinchi bosqichda nota savodi, ya’ni bevosita musiqa tovushlarining grafik usulda ifodalanishi – nota yozuvini o’rganishga kirishiladi.
Musiqa mashg’ulotlari jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga mos musiqa asarlari kichkintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini boyitadi. Bog’cha sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy bog’langan holda amalga oshiriladi. Ashula aytish usuli, janrdagi musiqa asarlari, xususan, syujetli cholg’u pyesalarini tinglash, musiqaviy o’yinlar bilan shug’ullanish va raqsga tushish jarayonida musiqa mashg’ulotlari ko’pincha badiiy so’z bilan belgilanadi. Bola badiiy obrazlarni yorqin tasavvur etishi va chuqur idrok qila olishi uchun tasviriy san’at asarlaridan unumli foydalaniladi. Turli metodlardan foydalanib o’tkaziladigan har bir musiqa mashg’ulotlari kichkintoylarda badiiy estetik zavq uyg’otadi, ularning his-tuyg’ularini rivojlantiradi, ijodiy fikri va nutqini o’stiradi. Bundan tashqari, musiqaviy o’yin va postanovkalar, raqslar bolalarda ritm tuyg’usi, chaqqonlik va harakatchanlik malakalarini rivojlantiradi hamda qomatning to’g’ri o’sishiga yordam beradi. Musiqa o’quv qobiliyati asosan quyidagi musiqa o’quv turlaridan iborat bo’ladi: musiqaviy uquvi, musiqaviy tovushlarning baland-pastligini his etish qobiliyati, tembr uquvi (musiqa tovushlarining birbiridan farq qiladigan, o’ziga xos jihatlarini ajrata bilish qobilyati), ritm tuyg’usi va musiqa xotirasi.
Bolalar bog’chasida olib boriladigan musiqa tarbiyasining asosiy maqsad va vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |