Oltinsoy pedagogika kolleji
Direktori ______N.Mengnarova
“31”- may 2022 yil
Oltinsoy pedagogika kollejida, tuman umum ta’lim maktabi bitiruvchi o’quvchilarini o’qishga jalb qilish uchun o’tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri.
Bayon
14-aprel 2022-yil Oltinsoy tuman
Qatnashdi: O’.I.B.D.O’ Oltiboyev. A kollej yoshlar
Yetakchisi Xo’jamshukurov.F kollej fan
, o’qituvchilari bo’lim boshliqlai va kolej talabalari
O'sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama ma'nan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo'lishlari uchun yurtimizning barcha ta'lim muassasalarida qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Kelajagimiz davomchilari bo'lgan yoshlarimiz ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, kasb tanlashda adashmasdan, ustozlari bergan bilimlarni to'liq o'zlashtirishlari lozim.
Bugungi kunda Surxondaryo viloyati Oltinsoy pedagogika kollejida navbatdagi o'quv yili uchun nomzodlarni tanlash sifatini oshirish maqsadida tuman umumta'lim maktablarida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Oltinsoy pedagogika kolleji tomonidan tumanda joylashgan umumta'lim maktablarining 11-sinf o'quvchilari o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilishi bilan birga mazkur maktab o'quvchilari kollejga taklif etilib, ularni kolejda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 2022 yilning 1-may kuni Oltinsoy pedagogika kollejida “Ochiq eshiklar kuni” o'tkazildi. Tadbirga Oltinsoy tumanidagi 1,2,3,4,5,20,19,28,44,64-sonli,umumta'lim maktab o'quvchilari va pedagoglari taklif etildi.
Tadbirni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad maktablardan taklif etilgan pedagog va o'quvchilarni kollej o'quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, fan va sport to'garaklari faoliyati, o'quvchilarga ta'lim berayotgan pedagoglarning sifat tarkibi, ta'lim sohasidagi yutuqlar, o'quvchilarning sportda va fanda erishgan yutuqlari, va bitiruvchilarga beriladigan profesianal ta’lim diploma xaqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida pedagoglar va maktab o'quvchilar kollejda o'quvchilarning sifatli ta'lim olishi uchun tayyorlangan maxsus fanlar sinfxonalari, sport zallari, kutubxona hamda to'garaklar faoliyati bilan tanishishlari uchun kollejning I,CH,T,B,D,O, Mirzayev Bahrom va yoshlar yetakchisi Xo’jamshukurov Faxriyor birgaligida kollej bo'ylab kichik sayohat tashkil etildi.
Shuningdek, ularga kollejga hujjatlarni rasmiylashtirish, tanlovlarni o'tkazish tartibi, zaruriy hujjatlar va qabul muddatlari haqida to'liq ma'lumotlar berildi.
Ushbu tadbir “Ishonch” televideniyasi va “Nihol studiyasi” you tube tarmog’iga yoritildi. Quydagi havola orqali tadbirni you tube tarmog’idan to’liq ko’rishingiz mumkin. (https://youtu.be/nUPHHvWJBSM)
Uchrashuvda maktab o'quvchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga etarli javoblarni olishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |