3-savol. Sulfat kislota va uning tuzlarini aniqlovchi reaktiv nima?
Javob: sulfat kislota va uning suvda eriydigan tuzlariga reaktiv bariy xloriddir. Bunda kislotalarda erimaydigan oq cho'kma bariy sulfat tuzi hosil bo'ladi.
HI. Yangi mavzu bayoni.
1. O'quvchilarni ishning maqsadi va mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish.
2. Tajribaviy masalalar yechish. O'quvchilarning fikrlarini so'rash.
1-masala. Berilgan modda sulfat kislota ekanligini isbotlang.
2-masala. Suyultirilgan va konsentrlangan sulfat kislotaning rux metaliga ta'siri turlicha ekanligini isbotlang. (Tajribalarni bajarishda ehtiyot bo'ling.) Tajribalarda sodir bo'lgan reaksiya tenglamalarini yozing.
3-masala. Raqamlangan uchla probirkada kalsiy xlorid, natriy sulfid va kaliy sulfat berilgan. Qaysi probirkada qanday tuz borligini tajribalar qilib ko'rib aniqlang.
4-masala. Aluminiy xlorid tuzini aluminiy sulfat tuzidan olish mumkinmi? Zarur reaksiya tenglamalarini yozing va tajriba yo'li bilan isbotlang.
(Tajribaviy masalalar o'quvchilar bilan yechiladi va ularning ishlari kuzatib boriladi.)
1-masala. Berilgan modda sulfat kislota ekanligini isbotlash uchun dastlab eritmaga lakmus ta'sir ettiramiz. Lakmusning qizarishi vodorod ioni borligini bildiradi. Sulfat ioni borligini bilish uchun eritmadan 2 — 3 ml olib, unga 2 — 3 ml. bariy xlorid eritmasidan quyamiz, natijada oq cho'kma — bariy sulfat tuzi hosil bo'ladi.
H2SO4-»H++HSO4
H2SO4 + BaCl2 = BaSO4l + 2HC1
2-masala. Probirkaga suyultirilgan sulfat kislotadan 2 — 3 ml quyib, unga bir dona rux bo'lagidan solamiz. Rangsiz, hidsiz gaz vodorod ajralib chiqadi. Ikkinchi probirkaga konsentrlangan sulfat kislotadan 2 — 3 ml quyib, unga bir dona rux bo'lagidan solamiz. Reaksiyani tezlatish uchun biroz qizdiramiz. (Bu tajribani mo'rili shkafda olib borish kerak).
Bunda o'tkir hidli qaz oltingugurt (IV)-oksidi hosil bo'ladi.
3-masala. Raqamlangan uchta probirkadagi kalsiy xlorid, natriy sulfid va kaliy sulfatlarni aniqlash uchun ularni suvda eritib olamiz. Tuz eritmalariga lakmus ta'sir ettiramiz. Ikkita probirkada lakmus binafsha rangga kiradi, bitta probirkada ko'karadi. Lakmus rangi
ko'kargan probirkada natriy sulfid bo'ladi, chunki bu tuz suvda eriganda eritma muhiti ishqoriy bo'ladi. Natriy sulfid ekanligini isbotlash uchun qo'rg'oshin (Il)-nitrat ta'sir ettirilsa, qora cho'kma qo'rg'oshin (Il)-sulfid hosil bo'ladi. Qolgan 1- va 3-probirkaga natriy karbonat eritmasidan ta'sir ettirilsa, 1-probirkada oq cho'kma kalsiy karbonat hosil bo'ladi. Demak, 1-probirkada kalsiy xlorid bo'ladi. 3-probirkada kaliy sulfat borligini bilish uchun unga bariy xlorid ta'sir ettirilsa, oq cho'kma bariy sulfat hosil bo'ladi.
Demak, 1-probirkada kalsiy xlorid, 2-probirkada natriy sulfid, 3-probirkada kaliy sulfat bor ekan.
4-masala. Alummiy sultat tuzidan alumimy xlorid tuzmi olish uchun bariy xlorid ta'sir ettiramiz. Bariy sulfat tuzi cho'kmaga tushib, eritmada alumimy xlorid qoladi. Cho'kmani filtrlab olib, filtratni bug'latamiz. Chinni idishda aluminiy xlorid tuzi qoladi.
A12(SO4)3 + 3BaCl2 = 2A1C13 + 3BaSO4l
IV. O'quvchilar tajribalarini tugatgach, ish joylarini yig'ishtirib qo'yishadi. Tajribaning bajarilishini qisqacha tavsifini, kuzatilgan o'zgarishlar va reaksiya tenglamalarini amaliy ish daftarlariga yozishadi. Yakuniy xulosalar chiqariladi.
V. O'qituvchi darsni yakunlaydi. O'quvchilarning amaliy ish daftarlari yig'ib olinadi.
VI. Uy vazifasini berish. 42-mavzuni o'qish. 153-betdagi savolga javob berish va topshiriqlarni bajarish.
Boyovut tumaniga qarashli 47 umumta’lim maktabning Kimyo fani o’qituvchisi Yulyaxshiyeva O’g’iloyning 8-sinflar uchun bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Do'stlaringiz bilan baham: |