Olmoshlar mustaqil so‘z singari shaxs, narsa, belgi yoki qiymat tushunchasini



Download 316,42 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2022
Hajmi316,42 Kb.
#686197
Bog'liq
Kishilik olmoshlari.Ko\'rsatish olmoshlari



Olmoshlar mustaqil so‘z singari shaxs, narsa, belgi yoki qiymat tushunchasini 
bildirmay, ular o‘rnida 
almashib keladigan
, ularning mavjudligiga ishora qiladigan 
so‘zlardir. Masalan: 
men-shaxsga, nima-narsaga, shu, bu, o‘sha-belgiga, qancha, 
shuncha olmoshlari esa miqdor-ga ishora qilishi bilan o‘zaro farqlanadi. Olmoshlar aniq 
ma’no bilan mavhum ma’noning almashinib qo‘llanishini ta’minlaydigan so‘zlardir. 
Ularning qanday ma’noda qo‘llangani matnda ishtirok etuvchi til birlik-larining 
munosabatiga 
qarab 
oydinlashadi. 
Masalan: 
Shunday 
o‘lka 
doim 
bor 
bo‘lsin, gapidagi shunday olmoshi narsa belgisini boshqasiga taqqoslab ko‘rsatish uchun 
xizmat qilgan. Biroq, ba’zi olmoshlar, xususan, 
kim, men, sen, qanday olmoshlarini ot 
yoki sifat bilan almashtirib bo‘lmaydi. Qayd etilganlardan ma’lum bo‘ladiki, olmoshlar 
mustaqil so‘zlarning doimiy muqobili sifatida nutqning ixchamligi, qisqaligini 
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Olmoshlar quyidagi o‘ziga xosliklarga egaligi bilan xarakterlanadi: 
1. Olmoshlar boshqa turkumlardan farqli ravishda so‘z yasalish tizimi-ga ega emas. Ya’ni 
boshqa so‘zlaridan olmosh yasalmaydi. Olmoshlar-dan affikslar orqali sanoqli so‘z 
yasalishi mumkin: 
manmanlik, men-simaslik, sensirash, shunday. 
Shuningdek

olmoshlar ba’zi so‘zlar bilan birikib boshqa turkumga ko‘chadi: 
qayerda, ozmuncha, 
o‘zboshimcha. 
3. Olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartuvchilarni qabul qiladi: 
kimni, bizga, hech 
kimdan kabi. Ba’zi olmoshlar o‘zgartuvchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda turli fonetik 
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: 
sen+ing, men+i; u+n+ga, shu+n+ga kabi. 
4. Olmoshlar egalik affikslari bilan qo‘llanishda ayrim xususiyatlar mavjud: 1) ot tipidagi 
so‘roq, bo‘lishsizlik, belgilash, o‘zlik olmoshlari egalik qo‘shimchalari bilan 
qo‘llanadi: 
kimi, nimasi, hech kimim, 
hech nimam
, o‘zim, o‘zing, o‘zi, hammasi, 
barchasi kabi; 2) paytga nisbatan so‘roq ishlatiladigan va sabab - maqsadni aniqlash 
uchun ishlatiladigan so‘roq olmoshlari, I, II shaxs kelishik olmoshlari egalik affiksini 
olmaydi, ya’ni qachon+im, nega+m, men+im deb ishlatilmaydi; 3) u ko‘rsatish 
olmoshi 
va qaysi
, necha kabi so‘roq olmoshlari egalik affiksini, asosan, otlashganda qabul qiladi: 
qaysisi, unisi, kabi. 
5. Ko‘plik qo‘shimchasi I shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga qo‘shilmaydi (men+lar 
tarzida ishlatilmaydi). II shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga -lar qo‘shimachasi qo‘shilsa 
ko‘plik emas, hurmatsizlik, mensimaslik ma’nosi hosil bo‘ladi: Senlar. I-II shaxs ko‘pligi 
esa, bir so‘zlovchi va boshqalar, bir tinglovchi va boshqalar kabi ma’noga ega bo‘lib, 
guruh ifodalash uchun xizmat qiladi: bizlar, sizlar (biz va boshqalar) kabi. So‘roq 
olmoshiga -lar affiksi qo‘shilsa quyidagicha ma’nolar hosil bo‘ladi: a) taxmin 
ifodalaydi: 
Soat nechalar bo‘ldi?; b) ma’no kuchaytiriladi: Qanchalar qiynaldim! d) 
"qadim","ancha vaqt" ma’nosini ifodalaydi: 
Qachonlardir bu yerlarda hayot qaynagan 
edi. 
6. Ma’no va gapdagi vazifasiga ko‘ra olmoshlar a) ot vazifasidagi olmoshlar, b) 
sifat 
vazifasidagi olmoshlar
, g) son vazifasidagi olmosh-lar, d) ravish vazifasidagi olmoshlarga 
bo‘linadi: 1) 
men, sen, biz, siz, u, kim, nima, har kim, hamma, hech nima
kabi ot 
vazifasidagi olmoshlar shaxs va narsaga ishora qilib, otlarga xos so‘z o‘zgartiruvchi-larni 
qabul qiladi va gapda ega, to‘ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi vazifasini bajaradi. 
Masalan: 
Biz 
abadiy bahormiz
, biz insoniyat kelajagimiz. Har kimning o‘z kasbi o‘ziga 


aziz. Qadrdan do‘stlarning uchrashuvi barchani o‘ziga jalb etdi; 2) 
qanday, qaysi, bu, 
shu, shunday, allaqanday, qandaydir, ba’zi
kabi olmoshlar belgiga ishora qilib, 
gapda sifatlar singari ot oldida keladi 
va sifatlovchi aniqlovchi
, hol, kesim vazifasini 
bajaradi: 
kecha savollarni bo‘lib olgan ba’zi bolalar o‘qituvchini quvonib kutib oldi; 3) 
Ne
cha, nechanchi, qancha, har qancha, bir Necha
kabi olmoshlar sonlar kabi 
miqdor ifodalaydi 
va gapda ot oldida kelib
, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. 
Biroq, olmoshlar hech qachon o‘zidan avval aniqlovchi olmaydi:
Ro‘yxatga nechanchi 
o‘rinda yozildingiz? ; 4) 
Nega, qalay, qani
kabilar harakat belgisini ifodalaydi va gapda 
hol vazifasini bajaradi: 
nega o‘qimaysan, nega javob bermaysan? Gapir! 
7. Olmoshlar ergashgan qo‘shma gap tarkibida nisbiy so‘z sifatida ham ishtirok 
etadi: 
Kim
ko‘p mehnat qilsa
u
yaxshi yashaydi. 
Shuni
unutmaslik kerakki, umidsizlik 
kishining hayotga bo‘lgan qiziqishini so‘ndiradi. 
8.Olmoshlar ma’no xususiyatlariga ko‘ra 1) kishilik, 2) ko‘rsatish, 3) so‘roq, 4) o‘zlik, 5) 
belgilash, 6) bo‘lishsizlik,7) gumon kabi turlarga bo‘linadi. 

Download 316,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish