Vasiqa – O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik qonunchiligiga muvofiq, mol-mulkka egalik qilishni tasdiqlovchi dalolatnoma, hujjat.
Vasiyatnoma – qonunda belgilangan tartibda fuqaroning o`ziga tegishli mol-mulkni yoki mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi va bu istakni aks ettiruvchi hujjat. Vasiyatnoma uni tuzish vaqti va joyi ko`rsatilgan holda yozma tuzilgan bo`lishi, vasiyat qiluvchining o`z qo`li bilan imzolanishi va notarial tasdiqlanishi lozim.
Vindikatsion da`vo – mulkdorning o`zganing noqonuniy egalik qilishidan ashyoni talab qilib olish haqidagi yoki boshqacha aytganda, mulkiga egalik qilmayotgan mulkdorning egalik qilayotgan mulkdordan mol-mulkni qaytarish haqidagi da`vosi.
Voris – qonun bo`yicha yoki vasiyat orqali merosxo`r bo`lish yoki merosxo`r huquqiga ega bo`lish.
Voyaga yetganlik yoshi – qonunda belgilangan yosh bo`lib, fuqaro shu yoshga yetgach to`laligicha huquqiy layoqatli deb sanaladi. O`zbekiston Respublikasida 18 yosh voyaga yetganlik yoshi deb belgilangan.
Garov- 1) Fuqarolik huquqida majburiyatlar bajarilishini ta`minlashning asosiy usullaridan biri. 2) Jinoyatlarning oldini olish choralari. Garov sudning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining chaqiruvi bo`yicha gumon qilinuvchining, ayblanuvchining kelishini ta`minlashda tashkilot yoki boshqa yuridik shaxs tomonidan yohud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan sud depozitsiyasiga qo`ygan qimmatliklar yoki pullarda ifodalanadi.
Guvoh – biror-bir jinoyat yoki fuqarolik ishi bo`yisha o`tadigan biron-bir holatni o`z ko`zi bilan ko`rgan shaxs.
Gumon qilinuvchi – O`zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual Kodeksining 47-moddasiga ko`ra-jinoyat sodir etishda ishtirok etganligini ko`rsatuvchi asoslar mavjud bo`lgan holda tergovga chaqirilgan yoki prokuror tomonidan qaror asosida gumon qilinuvchi sifatida tan olingan jismoniy shaxs.
Davlat nazorati – davlat hokimiyatini amalga oshirishning davlat organlari chiqaradigan qonunlarga va boshqa huquqiy hujjatlarga rioya etilishini ta`minlaydigan shakllaridan biri.
Dalolatchi – O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 28-moddasida belgilangan ishtirokshilikning bir turi. Dalolatchilik o`zga shaxsni jinoyat sodir etishga undash yoki jinoiy faoliyatda qatnashishga qiziqtirishda ifodalanadi.
Da`vo – buzilgan yoki cheklangan huquqni yoki qonun tomondan muhofaza qilinadigan manfaatni sud (xo`jalik sudi) orqali himoya qilish vositasi. Da`voning ikki tomoni farqlanadi: moddiy-huquqiy va prosessual-huquqiy.
Da`vo muddati – fuqarolik huquqida shaxs o`zining buzilgan huquqini da`vo qo`zg`atish yo`li bilan himoya qilishi mumkin bo`lgan muddat. Fuqarolik Kodeksining 150-moddasiga muvofiq umumiy da`vo muddati 3 yil.