Olmaliq shahar xtmfmt va teb 20-umumiy o`rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi mengliboyeva muyassar xalilovna



Download 387.02 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi387.02 Kb.
003

OLMALIQ SHAHAR XTMFMT VA TEB

20-UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI

ONA TILI VA ADABIYOT FANI O`QITUVCHISI

MENGLIBOYEVA MUYASSAR XALILOVNA

8-SINF UCHUN ONA TILI FANIDAN

SO`Z BIRIKMASIDA SO`ZLARNING O`ZARO BIRIKISH USULLARI” MAVZUSIDA



1 SOATLIK OCHIQ DARS ISHLANMASI

OLMALIQ-2016

Sana: 2016-yil 17-oktabr

Sinf: 8 ”A”

Fan: Ona tili

Mavzu: So`z birikmasida so`zlarning birikish usullari

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: O`quvchilarga Davlat Ta’lim Standarti talablariga mos bilim berish, so`z birikmasida so`zlarning birikish usullari haqida bilim berish.

b) tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

v) rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarda ona tilining jozibasi, til imkoniyatlarini o`rganishga qiziqishni rivojantirish.

Dars turi: Yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: Noan’anaviy

Dars jihozi: 8-sinf ona tili darsligi, mavzuga oid slayd, ko`rgazmalar, tarqatmalar.

Dars shiori: Ona tili- millat ruhi.



Darsning borishi:

Dars bosqichlarining texnologik xaritasi:





Dars bosqichlari




Foydalanilgan usullar

1

Tashkiliy qism

2

Suhbat

2

O`tilganlarni so`rash va xulosalash

8

“Buni kim biladi?” usuli

3

Yangi mavzu bayoni

15

“Bu bizniki” usuli

4

Mustahkamlash

17

“ So`z birikmasini hosil qiling” usuli, “So`z birikmasi qaysi usulda birikkan?”, “Hikmatlar xazinasi” usuli

5

Baholash

2

Kitobdan yaxshi do`st y o`q.

6

Uyga vazifa

1

“So`z birikmasida so`zlarning birikish usullari”. So`z birikmalari birikish usuliga ko`ra guruhlanadi.


I.Tashkiliyqism: a) salomlashish.

b)davomatni aniqlash.

v)hafta kuni haqida ma`lumot.

g) o`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.

Bugungi darsni baholash mezoni bilan tanishtirish:

1) ”Buni kim biladi? ” – 1 b.

2) “Bu bizniki”- 1 b.

3) ” So`z birikmasini hosil qiling” – 1 b.

4) “So`z birikmasi qaysi usulda birikkan?”– 2 b.

II.O`tilganlarni so`rash va xulosalash:

O`quvchilarni “faollashtirish” maqsadida o`tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi. O`quvchlar uch guruhga bo`linadi. Bugun o`tiladigan yangi mavzu mazmunidan kelib chiqib, guruhlarga nom beriladi. Hozircha bu - “sir”. Savollarga javob bergan guruh vakillari har bir javobda guruh nomidagi bir bo`g`inni aniqaydi. Javoblar so`ngida guruh nomi hosil bo`ladi.

1-guruh uchun savollar:


  1. Til birliklari nomini tartib bilan ayting. (Javob: gap, so`z birimasi, so`z, tovush, qo`shimcha). (BI –birinchi bo`g`in ochiladi.)

  2. Gap til birligiga misol keltiring. (Javob: Oktabr- ona tili va adabiyot fani oyligi.) (TI- ikkinchi bo`g`in ochiladi.)

  3. Otli so`z birikmasiga misollar keltiring. (Javob: shahrimiz ko`chalari, hammasida mazali, kitoblarning uchtasi, bepoyon dalalar, o`quvchlarning barchasi). (SHUV- so`zning uchinchi bo`g`ini ochiladi, “BITISHUV” so`zi hosil bo`ladi.)





BITISHUV

2-guruh uchun savollar:



  1. So`z birikmasi til birligiga misol keltiring. Hokim va tobe so`zni aniqlang. (Javob: yaxshi do`st, hokim so`z-do`st, yaxshi- tobe so`z, otli so`z birikmasi. ) ( BOSH- birinchi bo`g`in)

  2. So`z birikmasi hokim so`zning qaysi turkumga mansubligiga qarab qanday guruhlarga bo`linadi? (Javob: otli so`z birikmasi, fe’lli so`z birikmasi ). (QA- ikkinchi bo`g`in)

  3. Fe’lli so`z birikmasiga misollar keltiring. (Javob: kitobni o`qimoq, do`stiga aytmoq, ishdan kelmoq…) (RUV- so`zning uchinchi bo`g`ini ochiladi, “BOSHQARUV” so`zi hosil bo`ladi. )




BOSHQARUV

3-guruh uchun savollar:



  1. So`z birikmalari va gaplar qanday hosil qilinadi? (Javob: So`zlarning tildagi muayyan qonun qoidalar asosida o`zaro birikuvidan so`z birikmalari va gap hosil bo`ladi.) (MOS- so`zning birinchi bo`g`ini ochiladi).

  2. Punktuatsiya bo`limida nimalar organiladi? (Tinish belgilari nomini sanang.) (Javob: Tinish belgilarining qo`llanishi haqidagi qoidalar punktuatsiya bol`imida o`rganiladi. Tinish belgilari: nuqta, undov, so`roq, vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul, chiziqcha, tire, qo`shtirnoq, qavs kabilar.) (LA- ikkinchi bo`g`in ochiladi.)

  3. So`zlarning qanday birikuviga so`z birikmasi deyiladi? (Javob: Ikki va undan ortiq mustaqil so`zlarning Grammatik va ma’no jihatdan birikishga so`z birikmasi deyiladi. Masalan, vazifani bajarmoq, shirin olma. ) (SHUV- so`zning uchinchi bo`g`ini ochiladi, “MOSLASHUV”- so`zi hosil bo`ladi.)




MOSLASHUV

Savol-topshiriqlar nihoyasida har bir guruh nomi kelib chiqdi.



Yangi mavzu bayoni:

Darslikdagi 60- mashqda keltirilgan so`z birikmalari slayd ko`rinishida namoyish etiladi. So`z birikmalarini biriktiruvchi vositalar boshqa ranglarda beriladi. Mashq shartiga ko`ra ajratilgan vositalardan qaysi birlari so`zlarni bog`lashga, qaysi birlari esa lug`aviy ma’noga qo`shimcha ma’nolar berishga xizmat qilishi aniqlanadi.



Choynakdan kattaroq, o`quvchining sovg`alari, qalam bilan chizmoq, kitobning muqovasi, g`oliblik uchun kurashish.

O`quvchilar so`z birikmalarini bog`lvchi , ularga qo`shimcha lug`aviy ma’no beruvchi qo`shimchalarni tahlil qilish jarayonida darslikdagi “Esga oling” rukni ostida berilgan ma’lumotdan foydalanib mashqni bajarsalar maqsadga muvofiq bo`ladi.



Esga oling. Kelishik va egalik qo`shimchalari hamda ko`makchilar (ohang ham) so`z birikmalari tarkibida so`zlarni bir-biriga bog`lashga xizmat qiladi.

Namuna: Choynakdan kattaroq so`z birikmasini bog`lashga xizmat qiluvchi vositalar

-dan chiqish kelishigi qo`shimchasi, -roq sifatning qiyosiy darajasini hosil qiluvchi qo`shimcha.

61-mashq. “Bu bizniki” usuli asosida so`z birikmalari uch guruhga ajratiladi.



  1. “BITISHUV” guruhi tobe so`z hokim so`z bilan faqat ohang va ma’nosiga ko`ra birikkan (egalik, kelishik, qo`shimchalari, ko`makchilari yo`q) so`z birikmalarini ajratib oladilar.

  2. “BOSHQARUV” guruhi hokim so`z bilan kelishik (qaratqichdan boshqa) qo`shimchalari yoki ko`makchlar yordamida birikkan so`z birikmalarini ajratadilar.

  3. “MOSLASHUV” guruhi tobe so`z qaratqich kelishigi, hokim so`z esa egalik qo`shimchalari yordamida birikkan so`z birikmalarini ajratadilar.

“BITISHUV” guruhi

“BOSHQARUV” guruhi

“MOSLASHUV” guruhi

erta turmoq

bog`ga kirmoq

Nazirjonning do`stlari

katta xona

uydan chiqmoq

maktabimizning jamoasi

oltin uzuk

bolalardan biri







bemor uchun dori







shaharda yashamoq







do`stlar bilan uchrashuv







o`quvchiga e’tibor



Guruhlar ajratgan so`z birikmalari tekshirilib ballanadi. Bajarilgan mashqdagi birikmalar ilmiy jihatdan qanday nomlanishi nazariy ma’lumot slayd vositasida tushuntiriladi.



c:\users\1\pictures\2015-10-30\sl1.png
c:\users\1\pictures\2015-10-30\sl5.png

c:\users\1\pictures\2015-10-30\sl2.png

c:\users\1\pictures\2015-10-30\sl3.png
c:\users\1\pictures\2015-10-30\sl4.png

Mustahkamlash. 62-mashq. “So`z birikmasini hosil qiling ” usuli asosida bajariladi. Tilla tish, masalani yechmoq, o`rtoqlari bilan suhbatlashmoq, halol yashamoq, shahrimizning ko`chalari, Salima bilan ko`rishish, qizil olma.

Yuqoridagi so`z birikmalari otli so`z birikmalari hamda fe’lli so`z birikmalari kabi guruhlarga ajratiladi.

63-mashq. “So`z birikmasi qaysi usulda birikkan?” –Matn slayd orqali namoyish etiladi. O`quvchilar matnni ifodali o`qittiriladi. Matn mazmuni yuzasidan “Hikmatlar xazinasi” usulida Vatanparvarlik tarbiyasi singdiriladi. So`ng matndagi so`z birikmalarining birikish usullari aniqlanadi. “Bitishuv” guruhi boshqaruv munosabatidagi so`z birikmalarini, “Boshqaruv” guruhi moslashuv munosabatidagi, “Moslashuv” guruhi bitishuv munosabatidagi so`z birikmalarini aniqlaydilar. Tahlil jarayonida so`z birikmalarida aniqlovchi va to`ldiruvchining belgili yoki belgisiz shakllarda kelgani aniqlanadi.

Ona yurt sog`inchi

Vatan nima o`zi? Vatan- ona allasi bilan taralgan, beshiging izlari chizilgan zamin. Ajdodlaring ko`milgan qabriston, ota-onangning izlari qolgan o`chalar, sening lahjangda so`zlashadigan, qosh-u ko`zi xuddi sening kabilar yashaydigan qadrdon yer- Vatandir!

Birinchi bor bahorni tanigan, ilk bor varrak uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan joying, birinchi o`qituvchi, birinchi muhabbatingni tanitgan makon- Vatandir!

O`z jonidan yaratgani uchun ham ona yaxshi-yu yomon bolasini tishida tishlab o`tadi. Vatan ham o`shanday bag`ri keng. Qadamlaringni ko`ksiga qo`yib, suyab yashaydi seni.

Osmoni ko`rpang, maysasi dimog`ingni bosib yotadigan muattar bolishingdir. Vatan mung`aygan tandirli, pastakkina tomli kulbangdan boshlanadi. Unga bo`lgan muhabbating ham shu ostonada tug`iladi.

Namuna: ona allasi so`z birikmasi moslashuv usuli vositasida birikkan, -ning qaratqich kelishigi belgisiz qo`llangan, tobe so`zning gapdagi vazifasi- qaratqich aniqlovchi.

Guruhlar “kitoblar” bilan ballanadi. Faol o`quvchilar, vazifani tez, to`g`ri nihoyasiga yetkazgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.



Uyga vazifa. 64-mashq.

“So`z birikmasida so`zlarning birikish usullari”. So`z birikmalari birikish usuliga ko`ra guruhlanadi.

Download 387.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat