O'lkashunoslik etnografiyaning ahamiyati



Download 38,59 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi38,59 Kb.
#728455
Bog'liq
etnografiyaning ahamiyati


O'lkashunoslik etnografiyaning ahamiyati
Reja:
1. O'zbek va qoraqalpoq xalqlariga oid dastlabki etnografik ma’lumotlar
2. Etnografiyaning rivojlanishi
3. Etnografik manbalarni to'plash
4. Ananaviy mashg'ulotlari va xo'jalik faoliyati
5. Xalq bayramlari, o'yin va marosimlari
Adabiyotlar:
1. Jabbarov I. «0'zbek xalqi etnografiyasi» Toshkent, «0'qituvchi»1994
2. Axmedov B. «Tarixdan saboqlar».T., 1997.72-96 bet
3. Berezikov E. «Legendi i taym O'zbekistana».Toshkent,1991. Str 131-142, 199-217.
4. Nabiev A. «Tarixiy o'lkashunoslik». T.,1996. 91-115 betlar.
5. Tileo'muratov M. Qaraqalpaq ha'm o'zbek xaliqlannin' ma'deniy baylanislarimn' tariyxinan. No'kis, 1993
6. Gosudarstvenniy kraevedcheskiy muzey Karakalpakstana / putuvoditel/N.,1992-s.30-61.
7. Vamberi X. Buxoro exud Movaraunaxr tarixi. T.,1990
8. Axmedov E, Saydaminova Z. «0'zbekiston Respublikasi» qisqacha malumotlar. T.,1995
O'zbekiston Respublikasi nihoyatda keng va katta hududni egallab olgan O'rta Osiyo-Qozog'iston tarixiy-etnografik mintaqasiga kiradi. Uning hududi 447,4 ming kv.m. aholisi 22 mln ga yaqin. Etnografiya mustaqil Fan sohasi sifatida geografiya Fani zaminida o'tgan asr urtalarida kelgan edi. U o'ziga xos tadqiqiy uslub asosida unuminsoniyat va ayrim xalqlarning tarixi va turmush tarzining muhim muammolarini hal qiladigan duneqarashli ijtimoiy Fan. Etnografiya jahondagi barcha xalqlarni kata-kichikligi, irqi, ijtimoiy tuzumi, qoloq eki rivojlangan bo'lishidan qatiy nazar, teng va bab-barovar urganadigan ilm sohasidir.
Dastlabki etnografik malumotlar ibtidoiy jamiyat tashkil topgandan keyin qabilalar urtasida aloqalar urnatilishi natijasida asta-sekin tuplana boshlagan. Usha davrdaeq ayrim qo'shin qabila elat va xalqlarning maishiy turmushi, etnik xususiyatlarini urganish, ularni aniq va to'g'ri tushinish amaliy ehtiyojlarni qondirish taqozasi bilan vujudga kelgan. Uzoq utmishda Sharq mamlakatlarida kuni-qushnilar bilan samarali savdo-sotiq munosabatlari urnatish. Shuningdek, ularga qarshi muvvafaqiyatli urushlar olib borish eki jiddiy diplomatik aloqalar urnatish uchun dastavval etnografiyak malumatlarga ega bo'lishi zarur edi. Eng qadimiy ajdodlarimiz to'g'risida malumotlar juda kam. Sharq mustabidlari, ayniqsa qadimgi Eron, Bobil, Ossuriya maqsadida toshga bittilgan zafornomalarida bosib olingan va buysundirilgan elat va xalqlarni tilga olganlar. Shular ichida Osiyoliklarning qadimiy ajdodlari to'g’risida ham ayrim malumotlar mavjud.
Ilk yozma manbalaridan qadimgi Yunoniston va Rim mualliflarining asarlarida Orol bo'yi va Oks va Yaksart, Movarounnaxr va Baktriyada yashagan qabila va elatlar tilga olinadi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» da er.avval II-I asrlardan boshlab arab istilosigacha O'rta Osiyo xalqlariga tegishli malumotlarni Eron mustabidlari solnoma, Xitoy sayyoxlari yozuvlariga uchraydi.
Ilk urta asr /IX-XII/ asrlar mualliflaridan mashhur geografik va sayexlar ibn Xordadbek, al-Belxiy, al-Istaxriy, ibn-Xavkal, al Masudiy, Equtlar o'z saexatnomalarida zamondosh elatlar to'g'risida nisbatan boy madumotlar ezib qoldirganlar. Masalan, Xurosonda yashagan atoqli geografik olim Abu Zayd Balxiy 60 ga yaqin asar ezgan. Uning asarlaridagi xaritalaridan Buxorodagi Somoniylar kutubxonasida saqlangan.
Eronlik geografik va saex al-istaxriy Balxiy bilan Samarqandda uchrashib, uning bergan malumotlarini tuldirgan. Eronlik saeh ibn Xavkal esa O'rta er dengiz mamlakatlariga doir malumotlarni kiritgan. Mahalliy mualliflardan faylasuf, musiqashunos Abunasr Forobiy, entsiklopedist olim Abu Rayxon Beruniy, buyuk tabib Abu Ali ibn Sino etnograf-tarixchi Muhammad Samoniy asarlarida usha davrda yashgan aholi to'»risida bazi etnografik lavhalar keltirilgan. Etnografiyaning muhim vazifalaridan biri millatlarning kelib chiqish masalasi hisoblanadi. S.P.Tolstov, A.Yu.Yakubovskiy,, M.G.Vaxobov va boshqalar o'zbek xalqining boshlang'ish yadrosi O'rta Osiyoda quldorlik davrida yashagan qadimgi sug’diylar, xorazmliylar, sak qabilalari va urug'-aymoqchilikni unutgan, keyiniroq kuchmanchilikdan utroq dehqonchilikka utib o'zbek nomini olgan turkiy tilda suzlashuvchi chig'il, qarluq, yag'mo, arg'u, kabi guruhlardan iborat ekanligini, o'zbek xalqining shakllanishi asosan Xl-XII asrlarda tugaganligi va XVI asr boshlarida paydo bo'lgan kuchmanchi Shayboniy o'zbeklarining o'zbek xalqining qadimgi yadrosiga aralashib ketib, unga o'z nominigina berganligini faktik materiallar bilan isbotlab berganlar. O'rta asrning tilshunos olimi Mahmud Qoshg'ariy o'zining «Devonu lug'at-turk» nomli noyob asarida o'zbek xalqining eng qadimgi turkiy tilda gapiruvchi ajdodlaridan biri bo'lgan chig'il qabilalari Iskandar Zulxarnayn yurish qilgan davridaeq ko'p mustaqii etnografik gruppalardan hisoblangani haqida malumot beradi. O'rta asrning tilshunos olimi, shoiri va olimi Yusuf Xos Hojib tomonidan yaratilgan, o'z davrining zo'r badiiy asari hisoblangan «Kutadg'u bilik» ning anna shu chigil qabilalari tili asosida yozilganini va bunday ajoyib asar agar uzoq asrlar davomida iqtisodiy, madaniy birlik negizida dunega kelgan umumiy bir til bo'lmagan holda paydo bulla olmasligini ham etiborga olinib u vaqtda o'zbek xalqining tili nihoyatda uzoq tarixga ega ekanligini ishonchimiz komil bo'ladi.
Mahmud Qoshg'ariy ilk urta asrlarda ham turkcha, ham sug’diycha so'zlaydigan, yani ikki tili bo'lgan. Demak, o'zbek xalqi eramizdan avvaliroq muayan bir hududda o'zisha xos moddiy va ma’naviy birlik yarata boshlab, asta-sekin til jihatdan ham umumiylikka erisha boshlaydi. Natijada XI-XII asrga kelib o'zbek xalqi asosan shakllanadi. Chingizxon istolosi davrida Evropa monarxlari va Rim papasi uning bilan savdo, siyosiy diplomatik munosabatlar urnatishga qiziqishdi. Birinchi bulib «Tatarlar ulkasiga» papa Innokentiy IV 1245 yilda frantsiskopik isanna Plano Karpini boshchiligida monarxlardan iborat elchilarni yubordi. Shu maqsad va shu yo'l bilan 1249-1251 yy. Da safar qilgan uning vatandosh Vilgelm Rubruk asarida va venetsiyalik Marko Polo asarlarida ham ulkalar haqida muhim etnografik malumotlar keltirilgan. Amir Temur davrida madaniyat rivojdanganini ispan elchisi ritsar Kalevixo Ruide Gonzales asarida, rus solnomalarida, mahalliy mualliflar, Nizomiddin Shomiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqalarning asarlari uchraydi. Z.M.Boburning «Boburnomasi» katta ahamiyatga ega. XVI asr boshida Masur ibn Kukustomiyning «Tarixi Abulxairxoniy», Kamoliddin noman Buxoro» asarlarida etnografik malumotlar bor.
XVI asrning II yarmida O'rta Osiyodan Rossiyaga I marta elchi yuborilgan bo'lsa, XVII asrda Xiva xonligidan 12 marta Buxorodan esa 13 marta elchilar junatilgan. O'z navbatida kelgan rus elchilari bu ulka to'g'risida ko'p malumotlar tuplagan. Bu sahodagi tashabbusni dastlab 1558 yilda Xitoyga O'rta Osiyo orqali savdo yo'lini aniqlagsh maqsadida Moskvaga kelgan Angliya savdo kompaniyasi vakili Antoniy Djekinson boshlib berdi.
Petr I davrida esa Osiyoni o'z tasirida olish maqsadida ikkita ekspeditsiya tuzdi. 1. Aleksandr Bekovich Cherkasskiy. 2. Ivan Buxgolts ekspeditsiyalari. Ular mag’lubiyatga uchrasalarda Petr I o'z maqsadidan voz kechmaydi. Uning buyrug'i bilan 1718 y. Kaspiy dengizini tekshirish uchun Yangi ekspeditsiya tuzildi. 1720 y.Kaspiy dengizining brinchi xaritasi tuzuldi. 1721 y.Buxoroga rus elchisi bo'lib kelgan Florio Beneveni Xivaga ham borib, 1725 y. Petr I ulimidan so'ng Rossiyaga qaytgan va bu mamlakatlar to'g'risida geografik etnografik malumotlar olib kelgan. Xorazm aholisining XVIII asr urtalaridagi turmush tuo'g'risidagi etnografik malumotlarni 1740-1743 yy. da Dmitriy Gladishev va Ivan Muravin boshchiligidagi Orol dengizi va Xiva ekspeditsiyasi hamda 1733 y Samara savdogari Danil Rukoekining Xivaga kelgan saexati davrida tuplagan materiallaridan olish mumkin. 1774 y. Qozoqlar tutqin etgan rus unter-ofltseri Filipp Evremov asirlikdan qochib, Quqon, Marg'ilon, Qashqadaryo, Yarkent, Tibet, Hindiston, Angliya orqali 1782 y. Rossiyaga qaytib kelib qurganlarini ezib qoldiradi. 1781 y. Buxoroga elchi bo'lib kelgan Mender Bekchurin va 1784-1796 yillarda Buxoroga saexat qilgan T.Burnashevning hikoyalari ham ezib qoldirilgan.
O'zbek xalq etnografiyasiga oid materiallarni tup lash davri XIX asrdan boshlanadi. 1819-1820 y da Xiva xonligiga saexat qilgan kapitan N.N.Muravev o'z taasurotlarini asar qilib chiqaradi. Uning aytishicha, Buxoro tomonidan ukelgan o'zbeklar asosan 4 toifadan qiet-qung’irot, uyg'ur-nayman, qanli- qipchoq, Nukus-man»itdan iborat har bitatoifa mustaqil hokim-inoqga ega, eng kattasi qiet-qung’irot inoqidir. Xiva xonligining qabilaviy o'zbeklar kuchmanchi bo'lgan ularning ko'pchiligi qora uylarda yashagan, boylari poxsa uyga ega bo'lgan.
1820 yil Buxoraga junatilgan A.F.Negri boshchiligidagi diplomatik missiya qatnashchilaridan E.A.Eversman, X.Bander, P.Yakovlev, Bu va polkovnik G.Meyendorflarni kitob va xaritalari tarixiy etnografik malumotlarga ega. G.Meyendornging «Orenbugdan Buxoroga saexat» kitobida ijtimoiy-iqtisodiy ahvol davlat tuzilishi, sug’orish sistemasi, oila turmush va boshqa materiallarni beradi.
Folklorist, etnograf, vrach, lekskograf V.i.Dall Orenburg gubernatorining topshirig'i bilan 1833-1841 yillarda ish olib borgan/ ingliz saexatchisi Aleksandr Borns 1831-832 yillari Buxoroda bo'lgan. 1840-1850 y. da Qozog'iston va O'rta Osiyo xalqlarining etnografiyasini ilmiy urganishda aka-uka Nikolay va Yakov Xanikovlarning xizmati katta.
1851 y. nashr qilingan «Orol dengizi va Xiva xonligi kartasida izohnoma» asari etnograf ma’lumotlar beradi. Usha yillarda atoqli sharqshunos olim V.V.Grigorev Orenburgda yashagan, va u Rossiyada 1-bo'lib Sharq xalqlari tarixi kursini o'qita boshladi.Uning 200 dan ortiq ilmiy ishlari orasida O'rta Osiyoga tegishli asarlari mavjud. 1858 y. polkovnik N.P.igntev boshchiligidagi Xiva va Buxoroga yuborilgan yirik diplomatic missmiya ham samarali ishlangan.
Turk tillarini yaxshi bilgan mashhur venger sharxshunos olim Arminiy Vamberi 1863 y. darvesh libosida savdo karvoni Bilan Xiva, Buxoro, Samarqand va boshqa joylarda bo'ladi. U o'z asarlarida 32 ta o'zbek qabilalarining ruyxatini beradi va ularning kiyim-kenchaklari, taomlari uyin, musiqa asboblari, urf-odatlari, diniy marosimlari to'»risida hikoya qiladi. «Buxoro exud Movarouunaxr tarixi» asari bor. Mahalliy mualliflar asarlarida ham etnogoafik malumotlar mavjud. Masalan, tarixchi, shoir, musiqashunos hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullonoma» asari, Abdulg’ozi Bahodirxonning «Shajarali turk», «Shajari toraxima», Munis Ogahiy asarlarida beriladi, va h.k.
Olimlarning fikricha, qoraqalpoqlarning eng dastlabki xalq bo'lib shakllanishida Janubiy Orol buyida mil.avv I asrlarda yashagan Sak-Massaget qabilalari-apasiaklar kata hissa qushadi. Milodiy VII-VIII asrlarda Orol atrofida Oguz va pecheneglar paydo bo'ladi. Oguzlar madaniy qabilalar madaniyati bilan Markaziy Osiyodan kelgan pecheneglar esa mahalliy sak-massaget va sarmat-alan qabilalari madaniyatining aralashuvi natijasida shakllangan Qorqalpoqlarning shakllanishining asosiy bulimii IX-XI asrlardagi pecheneglar bilan bog'liq. Xalqi sifatida shakllangan XI-XVI asrlarga to'g’ri keladi.
«Qoraqalpoq» atamasi 1570, 1598 yillardagi yozma manbaarda 1-bor uchraydi. Etnograf va sharhshunoslardan N.G.Malitskiy, M.S.Andreev, A.Semenov, A.A.Divaev kabilar 1920 yilda Turkistonda birinchi tashkil topgan O'rta Osiyo Davlat universitetida qolib, o'z ilmiy ishlarni davom ettirgan edilar. Turkiston universitetida o'zbek etnografiyasi bo'yicha mahsus kurs kiritilib, etnografiya fanining ochilish tashkilotchisi l.S.Likoshin tuzgan, bu kurs dasturi diqqatga sazovordir. Usha yili M.S.Andreev rahbarligida tashkil qilingan Sharx instituti o'qish dasturida ham O'rta Osiyo xalqlari etnografiyasi faxirli urinni egallagan, bundan tashqari, institut qashida ilmiy tugaraklar tuzulib, mahalliy xalqlarning etnografiyasi va folklorini urganishga kata etibor berilgan.
Keyinchalik O'rta Osiyo Davlat Universiteti maxsus fakultetiga aylangan Sharq instituti o'qish dasturida etnografiya predmetiga alohida etibor berilganligi tufayli uni tugatganlar ichidan yirik etnograf olimlar etishib chiqdi. Keyingi yillarda etnografik tadqiqotlarning keng kulamda amalga oshirilishi ko'p millatli O'rta Osiyo ulkalarida murakkab milliy muammolarni echish Yangi jamiyat qurish kabi muhim amaliy vazifalarni hal qilish zaruriyati Bilan bog'liq edi. Ayniqsa, 1924 yili mintaqada utgazilgan milliy bulinishda tarixiy etnografik ishlar natijasida tuplangan materiallar qui keladi. Usha yillarda etnografik ishlar natijasida tuplangan materiallar/ xaritalar tuzish maqsadida tadqiqotlar utkazilib O'rta Osiyoni tumanlashtirish maqsadida ezilgan tuplamlar va etnografik xaritalar kata ahamiyatga ega bo'ldi.
Mazkur ishlarda mahalliy tillarni yalpi biladigan taniqli, geograf, tarixchi, etnograf olimlardan M.S.Andreev, A.A.Divaev, V.N.Kun, N.B.Mallitskiy, A.A.Semenov, E.D.Polivanov, L.V.Oshaninlar faol qatnashdilar. Shuni alohida qayd etish lozimki, etnografik tadqiqotlarni utkazishda yosh Turkiston respublikasining Fan va maorif tashkilotlari ancha jonuyarlik ko'rsatdilar. 1921 yilda mahalliy hokimiyat tomonidan yirik etnograf olimlar tomonidan tashkil topgan «Turkiston tub aholisining maishiy turmushini urganish iimiy komissiyasi» o'zbek etnografiyasi muhim bir bosqich bo'ldi. Usha vaqtda ikkita ekspedtsiyai tashkil qilndi: A.A.Divaev rahbarligidagi Sirdaryo va M.S.Andreev boshchiligidagi Samarqand ekspeditsiyalari. Ular mahalliy etnoslar va etnik guruhlar/ o'zbeklar, turkmanlar, arablar, lulilar to'g'risidagi boy etnografik malumotlarni to'pladi. Ayniqsa tadqiqiy dasturga kiritilgan masalalardan aholining jamoatchiligi ananalari, diniy etiqodlari, urf-odat va marosimlari ananaviy xo'jaligi va madaniy turmush muhim ahamiyatga ega bo'lib, shu dastur asosida noyob etnografik maumotlar ancha yig'ilgan edi.
Bu yillarda ak.V.V.Bartoldning roli nihoyatda katta bo'ldi. Uning tashabbusi bilan O'rta Osiyo etnografik xaritasini tuzish maqolasida juda keng va har xil manbalar jalb qilindi. U 1920 yllardayoq «Turkiston etnografik xaritasini Buxoro va Xiva respublikalarini qo'shib tuzush zarur» degan «oyani kutarib chiqqan edi. Bu kata olim rahbarligida Fanlar Akademiyasi qoshida Rossiya va qushni mamlakatlar aholisi qabilaviy tuzilishini urganish komissiyasi samarali ishlar olib bordi. Asrimizning 20-yilarida o'zbek etnogenez iva uru» qabilaviy tuzilishi, ijtimoyi va oilaviy turmushi, xo'jaligi va boshqa masalalarga ba»ishlangan bir necha etnografik asarlar paydo bo'lgan edi. Eng ilk nashrlardan prof. E.D.Polivanov va esh etnograf G.P.Potapovlarning ishlari diqqatga sozavardir. G.Poltser dehqonchilik xo'jaligi to'g'risida kitobcha chiqardi, hunarmandchilik va uning tashkilotlariga bag'ishlangan asarlarin F.Gavrilov, M.S.Andreev, A.N.Samoylovich yaratdilar. Bir guruh tadqiqotchilar Ya.Kumachenko, S.M.Dudin, A.L.Trotskaya, A.K.Borovkov, I.M.Rusak va h.k. O'zbekistonning Amaliy sanati, urf-odat va marosimlari, xalq teatri va uyinlari to'g'risida kuplab ilmiy tadqiqotlar utkazib, asarlar chop etdilar. Ularning ko'pchiligi muzey xodimlri bilan birgalikda har xil etnograf buyumlarni tuplashda faollik kursatdilar. Ular bilan birgalikda mahalliy yosh tadqiqotchilardan Sh.N.Inog’omov, M.A.Bekjanova, G.Mirg'iyosov, M.Yusupov kabilar ham zur xizmat qildilar. Usha yillari uzlarining ko'p qirrali samarali ilmiy faoliyatini boshlagan taniqli folklorist olim X.T.Zarifov o'zbek fanining rivojiga kata qissa qo'shdi.
O'zbek etnografiyasini 30-yillarda yuqori bosqichga kutarishda faollik ko'rsatgan olim S.P.Tolstov edi. U 1929-1936 yillar davomida sobiq SSSR xalqlari muzeyida ilmiy xodim, keyin Butunittifoq fanlar Akademiyasining Moddiy madaniyat instituti Moskva bo'limi /hozirgi Arxeologiya instituti/ning mudiri, ko'p yillar davomida Moskva Davlat universitetining professori, etnografiya kafedrasi boshlig'i bo'lib ishladi. S.P.Tolstov tashabbusi bilan 1937 yilda tashkil topgan Xorazm arxeologiya-etnografiya kompleks doimiy ekspeditsiyasi nihoyatda zo'r ilmiy kashfietlarni qulga kiritdi. Shunisi muhimki, S.P.Tolstov ishtiroki va tashabbusi bilan tarixiy-etnografik tadqiqotlar utkazish uchun bir necha maxsus etnografik guruhlar tashkil qilingan edi. Asosan, urushdan keyin jiddiy bulgan bu guruhlar Xorazm vohasidagi o'zbeklar, turkmanlar va qoraqalpoqlarni urganishga jiddiy kirishgan va ko'p yillik tadqiqotlar natijalar bir necha ilmiy tuplamlarda mujassamlangan. Ayniqsa, Xorazm ekspeditsiyasining ikkita o'zbek guruhi /shimoliy ortyadga K.L.Zadixina, janubiy otryadga M.V.Sazanova rahbarlik qilgan/ hamda diniy tassavurlarni urganish uchu ish olib borgan. G.P.Snesarev juda samarali tadqiqotlar utkazib bir necha ajoyib etnografik asarlar yaratdilar. Uning o'zbek etnogenezi to'g'risidagi va islom tarixiga oid tadqiqotlari diqqatga sazovardir. Bir necha muzeylar tashkil qilgan ekspelitsiyalar ham etnografik malumotlar va buyumlar tuplashda zur xizmat qildi 1936-1937, 1940-1941-yillarda M.S.Andreev boshchiligida utkazilgan tadqiqotlar nafaqat fanni balki respublika muzeylarini noyob eksponatlar bilan boyitgan edi. 50-yillrdan boshlab etnograflar diqqatini hozirgi zamon etnik muammolari jalb qila boshlaydi. Mahalliy tadqiqotchilar tomonidan 1950 yilda tashkil qilingan O'zbekiston fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti ekspeditsiyasi birinchi marta o'zbeklarning hozirgi maishiy turmush va madaniyatini urgana boshlagan edi. Bir necha yillar davomida oshirilgan bu ishning yakuni «oykiron qishloqi ulkasida va hozir» nomli ilmiy asarda uz ifodasini topdi.
Usha davrda o'zbeklar va boshqa O'rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi /etnogenezi/ masalasiga jiddiy etibor berilla boshladi. Bu muhim masalaga bag’ishlngan maruzalarda taniqli olimlar A.Yu.Yakubovskiy, S.P.Tolstov, A.A.Semenov, A.N.Berntam, L.V.Oshanin,, R.N.Nabiev va boshqalar o'z fikrlari bilan faol ishtirok qildilar. O'zbeklar va qorqalpoqlarning etnogenez iva etnik tarixi muammolarini urganish va jiddiy kiritilgan B.V.Andrianov, Ya.R.Vennikov, G.A.Jdanko, S.K.Kamalov, R.Qusbergenov, Sh.Inogomov, B.A.Axmedov, R.G.Muxminova, B.X.Karmisheva, K.Shaniezov, T.K.Xujayovlar bir necha muhim asarlar nashr xos yakunlovchi anjuman sifatida 1983 yilda Moskvada chaqirilgan «O'rta Osiyo va Qirg'izston xalqlari etnogenez iva etnik tarixi muammolari» mavzusidagi ilmiy konferentsiya fanda yangi bosqich bo'ldi.
Keyingi un yilliklarda o'zbeklarning xo'jalik faoliyati, moddiy madaniyati, oilaviy va manaviy turmushiga oid masalalariga etibor bir oz kuchaydi. Dehqonchilik, hunarmandchilik, xalq memorchiligi va sanatiga bag'ishlangan bir necha ilmiy asarlar paydo bo'ldi. Masalan, E.M.Peshchereva, O.A.Suxareva, T.A.Kislyakov, I.M.Jabbarov, M.K.Raximov, A.Yo'ldashev, P.M.Zohidov, R.A.Abdurasulova, B.B.Veymari, V.L.Voronina, G.A.Pugachenkova, L.I.Rempel va boshqalarning asarlarini takidlash mumkin. Odamlar dastaval muayyan tabiiiy sharoitga moslab uzlarining peshona teri. Mehnati va aql-idroki tufayli uziga xos xo'jalik madaniy tillarini yaratishga majbur bulganlar. Bu sohada etnografik materiallarni tuplash qiziqarli malumotlar beradi. Olimlarning tarificha, dastlabki ziroatchilik yer qurrasining taxminan 20-45 paralellari oralig'ida payda bo'lgan va uzoq davr davomida uzlashtirilib takomillashib kelgan. Tabiatdagi mavjud yuzlab o'simlik turlarini inson uz qobiliyati va mehnati tufayli suniy ravshda madaniylashtrib, qishloq xo'jalik muhsulotiga aylantirgan. Oqibatida qadimiy davrlardan inson uchun zarur bulgan, donli ekinlardan sholi bilan tariq Sharqiy Osiyoda bug’doy-Hindiston, Ovrupa, Amerika, Afrika, Avstraliyada, Maka deyarli butun jahonda, Arpa-asosan Sharqiy Ovrupada juxori-Afrika va qisman G'arbiy Osiyoda tarqalgan. Guruch Ovrupaga, dastlab italiya va Pireney yarim oraliga, Hin dva Tinch okeani bo'ylab kamida sakkiz ming yil davomida etib borgan. Qadimgi Rimliklarga guruch bo'tqasi /kasha/ ichki kasalliklardan davolaydigan eng qimmatli dori hisoblangan. Bug'doy asli O'rta Osiyodan dunega tarqalgan. Asli hayvon kuchi va omoch ishlatiladigan sug'orish dehqonchilik O'zbekistonda eramizdan avvalgi III-II ming yilliklarda keng tarqala boshlagan. Sug'orma dehqonchilik xo'jaliklari asosan qadimiy vohalarda, Qashqadaryo va Surxandaryo vohalarida, Farg'ona vodiysida joylashgan. Xorazmliklar qadimgi davrlarda suv chiqarishning boshqa usullarini ham bilganlar. Ular kuchi bilan harakatga keladigan «sepma», «dapma», «nova» kabi usullarni ishiatganlar. Sepma va dapma usuli maxsus eg'ochdan yasalgan uzun dastali paqir-kapcha bilan pastdan yuqoriga eki oeq kuchi orqali suv sepish yo'li bilan amalga oshirilgan. Nova usulida uyilgan uzun eg'och nova qilinib suv pastdan yuqorigacha chiqarilib ekinlar sug'oriladi.
Qishloq xo'jaligining barcha sahalarida ayniqsa ziroatchilikda eng muhim mehnat qurollari omoch, ketman, bel uroq hisoblanadi. Qadimgi eng tarqalgan kovlagich qurol ketmandir. Ayniqsa, Farg'ona vohasida yer ishlarining barcha turlarida ketmon ishlatilgan. Xorazm va Janubiy O'zbekistonda er ishlarida ko'proq bel ishlatilgan.
Don ekinlari o'zbek xo'jaliklarida asrimizning 30-yillarigacha asosiy urinni egallagan. Bug’doy turlaridan «oq bug'doy» «qora bug'doy», «laylak bug'doy», «tuya tishi», tog'li tumanlarda suvuqqa chidamli «chivit» tarqalgan. O'zbek charvochiligida qoraqulchilikka ayniqsa etibor kata bo'lgan. Quy juni ham bozorga chiqarilgan. Yilqichilik rivojlanib, kupincha otlar Samarqand, Farg'ona, Quqonda sotilgan. ilgari pila etkazish erdamchi xo'jalik sohasi hisoblanib, unda faqat xotinlar band bo'lgan. Hatto ipak uru»ini aellar qilgan. Arxeologik tadqiqotlar O'zbekistonda 2 ming yillar muqaddam keng rivojlangan. Hunarmandchilik mavjud ekanligini isbotlatadi. Odatda hunarmandchilik eng kamida vaqtida katta shaharlarda aholining ko'pchilik qismi hunarmandlar 72 foiz metall buyum ishlab chiqargan 19 ta kasbga bo'lingan.
O'zbek va qoraqalpoq xalqlarining madaniy merosida xalq ijod qilgan va kata ijtimoiy ahamiyatga ega turli bayramlar omaviy uyinlar, mavsumiy va hunar-kasb marosimlari alohida urin tutgan.
O'zbek xalqi orasida eng keng tarqalgan milliy tusga ega bulgan urf-odatlardan mavsumiy marosimlar diqqatga sozovardir. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, o'zbek mavsumiy marosimlaridan qo'yidagilar tasnif etish mumkin:

  1. Qishda utkaziladigan gap-gashtak, yasa-yusuk kabilar:

  2. bahoriy marosimlar-Navruz, shohmoylar/ kush chiqarish/, lola eki qizil gul sayli, loy tutish, «sust xotin» kabilar.

  3. Yozgi marosimlardan «qovun sayli», «choy momo» va h.k.

  4. Kuzgi marosimlardan hosil yig’ilib bulgan, shamol chaqirish, uzum sayli kabilar.

Butun Old va O'rta Osiyoda mashhur Navruz bayram iva marosimlari juda uzoq davrlardan beri nishonlanib kelmoqda. 21-mart Navruz bayrami kuni deb belgilandi. Buyuk mutaffakir Beruniy «Navruz yangi yilning 1 -kuni bo'lib, uning forscha nomi ham shu manoni taqoza etadi... u bahor yomg’irining 1-chi tomchisini tuqishidan mevalari etulguncha... davom etadigan vaqtda keladi. Shuning uchun Navruz olamning boshlanishi va yaratilishi dalil qilingan».
Beruniyning tarificha, afsungarlar Navruz kuni tong otganda biror gap gapirishdan oldin 3 kishik asal yalab, 3 bulak hushbuy mum tutatsa, bu ko'p kasalliklarga yil buyi turli balolar dav etiladi, degan irimlar bulgan. Qadimgi O'rta Osiyoda va Eronda Navruz nafaqat ham nishonlangan. Odamlarni tabaqalariga bo'lib Navruz bayrami sifatida nishonlagan. Odamlarni tabaqalarga bo'lib Navruz bayramini 1-oyga chuzib har 5 kuni bir tabaqaga taalluqli deb hisoblanganlar. Markaziy Eronda 1-chi 5 kunlik podsholarniki, 2- chi zodagonlarniki, 3-chi 5 kunlik podsho xizmatkorlarniki, churi- molaylarniki, 4- chi 5 kunlik va 6-chisi dehqonlarniki hisoblangan. Qadimiy davrlarda Navruz arafasidagi 7 kun sovuq bulib, «ojiz kampir» kunlari deb nomlangan. O'rta Osiyo xalqlarida yangi yil marosim taomidan 7 don guja va sumalak pishirildi. Umar Hayemning «Navruznoma» Sida aytishicha 26 asrdan buen nishonlanib kelaetgan Navruz bayromi boshlanishi bilan o'z-aro urushlar tuxtatilgan, yarashish shartnomalari ham boshqa kunga qoldirilgan. Boshqa juda ko'p materiallarni keltirishga bo'ladi. Ular ham Navruzni yaxshi, ijobiy xususiyatlardir. Dehqonchilik kasbga oid eng muhim marosimlardan biri dalaga kush chiqarish bilan bog'liq «shohmoylar» alohida quvonch va tantana bilan nishonlanadi. Ular dushanba, chorshanba va juma kunlaridan biriga to'g'ri kelishi lozim bo'lgan, chunki bu kunlar dehqonlar tassavurida baxt, omad keltirilgan kunlar hisoblangan. Kulcha taerlanib qishloqning barcha mutabar qariyalari va ishtirokchilariga tarqatiladi. Bir bulagi kush chiqarish uchun tanlangan hukizga beriladi. Kuz tegmasi uchun hukuzlarning shohiga zig'ir surtiladi.
Qurg'oqchilik vaqtlarda «sust Xotin» «Chala Xotin» marosimlari emg'ir chaqirish malr sadida o'tkazilgan. Janubiy Qirg'izstondagi o'zbeklarda «choy momo» marosimi hozirgacha saqlangan. U qattiq shamolning oldini olish maqsadida o'tkaziladi. A.Divaevning aytishicha «choy momo», «chal momo» bo'lsa kerak. U «qari kampir» manosini beradi. Xorazmda so'ngi tutam bu»doy yi»ilib, xirmon tugatilganda ustiga kesak qo'yiladi, uni «baraka kesagi» deb atagan. Xasharmarosimida bug'doy tutamin «ona bu»doy» deb otagan. Hasharchilar unga 1- kelishga hrakat etgan va «ettim, ettim, ettim oblboraka bersin» deb uradi. Bu»doy bahorgacha saqlanadi. Albatta O'zbekiston xalqlari etnografiyasiga oid boshqa juda ko'p materiallarni keltirishimiz mumkin. VVarning ko'pchiligi bizlarning kunlarimizda ham yashab kelmoqda.
Mustaqillik sharofati bilan milliy urf-odatlar, diniy qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Bunda prezidentimiz i.A.Karimovning qissalari kata. Prezidentimizning 1992 yilda 27 martda «Ruza haytini dam olish kuni deb elon qilish to'g'risida» farmoni elon qilindi. 1992 yildan boshlab mamlakatimizda Ruza hayti Navruz kabi umumxalq bayrami sifatida nishonlanmoqda.
Download 38,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish