-§. Trianguliyatsiya punktida kuzatish tartibi va dasturi
Brigada tayyorgarlik ishlari majmuasini bajaradi, geodezik belgi (piramida yoki signal)ni ko‘zdan kechiradi, zarur bo‘lsa kichik ta’mirlash ishlarini bajaradi; burchak o‘lchash natijalarini punkt markaziga bog‘lash uchun uni yer ostidagi markazgacha kavlab ochiladi; geodezik signalga teodolit va kerakli anjomlar ko‘tariladi; teodolitni quyosh nuridan saqlash uchun palatka yoki brezent o‘rnatiladi. Kuzatuvchi geodezik belgini sinchiklab qarab chiqib teodolit o‘rnatiladigan stolning mustahkamligiga va sig nalni ichki piramidasi, ko‘targich stolcha, hech qayerida pol va narvonga tegib turmaganiga ishonch hosil qilishi kerak. Aniqlan gan kamchiliklarni kuzatuvchi bartaraf qilishi kerak.
Stolcha markazida nuqtani belgilab, uning ustiga teodolit o‘rnatiladi. Agarda teodolit komplektida markazlash plitasi bo‘lsa avval nuqta ustiga u o‘rnatiladi, keyin teodolit plitaga mahkam lanadi. Kuzatishga o‘tishdan avval kuzatuvchi geodezik tarmoq chizmasiga asosan joydagi kuzatiladigan punktlarga teodolit tru basidan qarab chiqib gorizontal va vertikal doiralardan 1' aniqlik da olingan sanoqlarni yozib oladi. Keyin limbni o‘rnatish jadvalini tuzishi kerak, bu jadval burchak o‘lchash dasturi hisoblanadi.
Teodolit signal stoliga o‘lchashlarni boshlashdan 40 minut av val o‘rnatiladi va sinchiklab tekshiriladi. Kuzatiladigan silindrik nishonlarning tasviri yaxshi va ustuvor yoki yengil tebranayot gan (± 2'') holati tushishi bilan gorizontal yo‘nalishlarni kuzatish ga o‘tiladi.
Yo‘nalishlarni doiraviy qabullar usulida o‘lchashda quyidagi talablarga rioya qilinadi:
birinchi yarim priyomda alidada faqat soat mili yo‘li bo‘yicha aylantiriladi, ikkinchi yarim priyomda, truba zenit orqa li aylantirilgandan keyin faqat teskari yo‘nalishda;
birinchi yarim priyomda iplar to‘rining markazi predmet dan ozroq o‘tkaziladi, ikkinchisida ozroq yetkazilmaydi. Bu qa rash trubasini nishonga aniq qaratishda qaratgich vintini soat milining yo‘li bo‘yicha burash maqsadida qilinadi;
har bir yarim priyomni boshlashdan oldin alidadani ush bu qabulda aylantirish yo‘li bo‘yicha bir necha marta bo‘sh ay lantiriladi;
tekshirish trubasi bilan ta’minlangan teodolitlar bilan ku zatishda o‘lchash tartibi quyidagicha to‘ldiriladi. Har bir kuzatish bosh truba okular mikrometr bissektorini predmetga (punktga) uch marta qaratish, birdaniga tekshirish trubasi okular mikro metrini ham 1 km chamasi oraliqda o‘rnatilgan marka yoki ya qinroq joylashgan va aniq ko‘rinadigan geodezik belgiga uch marotaba qaratishdan iborat;
turli priyomlarda o‘lchanadigan yo‘nalishlar mustaqilligini ta’minlash va o‘rtacha natijaga limb diametrlari xatosi ta’sirini kamaytirish uchun, priyomlar orasida limb quyidagi burchakka o‘zgartib olinadi:
δ – (180°/m)+ i, (4.18)
bu yerda: m – priyomlar soni, i – limb bo‘lagining qiymati.
Yo‘nalishlar 2klass punktlarida 12–15 ta, 3klass punktlarida
9 ta, 4klass punktlarida esa 6 ta priyomlarda o‘lchanadi.
Uchlangan yo‘nalishlar qiymatiga quyidagi tuzatmalar kiriti ladi: ufq yopilmagani uchun, ren uchun (r> 0,5'' bo‘lganda), teo dolit vertikal o‘qining qiyaligi uchun (vizir nurining og‘ish bur chagi 1° dan oshganda).
Burchak o‘lchash natijalarini nazorat qilish har bir yarim pri yomda boshlang‘ich yo‘nalishga qarab priyom boshida va oxirida olingan natijalarning (sanoqlarni) tengligi bo‘yicha, priyomlarda esa har bir priyomda nolga keltirib hisoblangan, bir xil yo‘nalishlar qiymatlarining tengligi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Masalan, 2–4klass triangulyatsiyasida yarim qabul boshi da va oxirida boshlang‘ich yo‘nalishni kuzatish natijalari (sanoq lar) orasidagi farq T05, T1 teodolitlar uchun 5'', T2 uchun esa 6'' dan oshmasligi kerak; alohida priyomlardagi nolga keltirilgan yo‘nalishlar farqi esa tegishlicha 4'' va 5'' dan.
quyida gorizontal yo‘nalishlarni o‘lchash jurnali 4.2jadval da keltirilgan.
Doiraviy priyomlar usuli bilan gorizontal burchak o‘lchash jurnali
Teodolit: T1 №27200
|
Priyom: 1
|
Punkt: «Beshta»
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |