O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Himoyaga ruxsat etiladi
“Pedagogika” kafedrasi
mudiri ________ ________
____________________________
«_____»__________ 20__ yil
«CHIZMACHILIK»
fanidan
KURS ISHI
Mavzu: «Ta’lim-tarbiya muassasalaridagi xonalar interyerini loyixalash va tasvirlash»
Bajardi:
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» mutaxassisligi
Bakalavr yo’nalishi 3-kurs talabasi
____________________________________________________
Ilmiy rahbar: Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
_________________________
Farg’ona 20___
Mavzu: Ta’lim-tarbiya muassasalaridagi xonalar interyerini loyixalash va tasvirlash
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Interyer haqida umumiy tushunchalar
Ta’lim-tarbiya muassasalaridagi xonalar interyerni tashkil etish asoslari.
Interyerda rangning tutgan o’rni
Maktab intererini badiiy bezash
Umumiy o’rta ta’lim maktabi hududi va xonalari interyerini badiiy bezash va jixozlash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi o’tgan vaqt mobaynida mamlakatimizda boshqa sohalar qatori qurilishda ham juda katta yutuqlarga erishildi. Ko’plab hashamatli binolar, sport saroylari, yopiq bozorlar, zamonaviy ko’cha va maydonlar, hiyobonlar va bog’lar, turar-joy binolari, kollejlar, litseylar va boshqa qurilgan imoratlar qurilish va arxitektura sohasidagi ishlarning ko’lamidan dalolat berib turibdi. Bugungi kunda arxitektura ijtimoiy-iqtisodiy, estetik, demografik va ko’p asrlik tarixiy madaniyat an’analarining birligini tiklamoqda.
Binoning ichki ko’rinishining tasviri interer deb ataladi. Rangtasvir va grafikada interer tasvirlari ko’plab ishlangan.
Arxitekturaning alohida ichki fragmentlari va vaziyatlari Qadimgi Misr va antik san’atda uchraydi. Eramizdan avvalgi birinchi asrlardayoq Pompey freskalari bizga ajoyib, butunlay fantastik perspektivaga asoslangan tasvirli arxitektura kompozitsiyalarini namoyon etadilar.
O’rta asrlarda inson va muhit munosabatidagi qimmatli odim sifatida Xitoy rangli tasvirlari yaratilgan.
O’rta asr miniatyura va ikona ustalari uylarni xuddi teatr dekoratsilariga o’xshash qilib tasvirlaganlar.
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi doirasida 2004-2009 yillarda 3012,0 ming o’quvchi o’rinli 8501 ta maktablarda qurilish-tiklash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 910-sonli qarori asosida 2009-2014 yillarga mo’ljallangan Davlat dasturiga binoan respublikada 278 ta BMSMlarni yangidan qurish (136 ta) va kapital rekonstruktsiyasi (142 ta), shuningdek R.Glier va V.Uspenskiy nomidagi RIMALlarini kapital rekonstruktsiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Amalga oshirilayotgan ishlar o’z natijasini bera boshladi ya’ni, umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quv-moddiy bazasining mustahkamlanishi, har bir pedagogik jamoani ijodkorlik va tashabbuskorlik bilan ishlashga undamoqda. Bugungi kunda Davlat umummilliy dasturi doirasida yaratib berilgan moddiy-texnik va o’quv-metodik shart-sharoitlardan oqilona, maqsadli foydalanish, avaylab-asrab, ta’lim-tarbiya sifati, samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etishda maktab pedagogik jamoasi va o’quvchilarning roli, mas’uliyati hamda shaxsiy javobgarligini oshirish dolzarb vazifalardan biridir. Shu maqsadda umumiy o’rta ta’lim maktablarini jihozlash bo’yicha taklif etilayotgan yagona talablar asosida mazmunan boyitgan xolda maktablarni qayta jihozlanishi bo’yicha ishlarni tashkil etishlari muxim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |