Muammoning o`rganilganlik darajasi: So'nggi tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatdiki, lazer nurlanishi materialning erishiga olib kelmaydigan lazer intensivligi bilan konusga o'xshash nanotuzilmalarni [1] shakllantirishiga olib keladi. Si monokristalini lazer yordamida yuqori intensivlikdagi nurlanish orqali, quyosh elementlari uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan mikrokuslarning paydo bo'lishiga olib keladi [2]. Lazer nurlanishining yarimo'tkazgich bilan o'zaro ta'sirini tushunishning yetishmasligi lazer texnologiyasini mikroelektronikada qo'llashni cheklaydi. Shuning uchun usbu magiterlik dissertatsiyasini asosiy vazifasi qilib elementar yarimo'tkazgichlar (Si, Ge) yuzasida nanokonuslarni va mikrokonuslarni hosil bo'lish mexanizmini o’rganish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |