13-jadval
Tijorat banklari tomonidan budjetga majburiy to’lovlarni to’lash
muddatlari
66
№
Soliq turlari
Soliq
davri
DSI ga hisob kitob
topshirish muddati
To’lash
muddati
1
Pensiya
jamg’armasiga
majburiy ajratma
Yil
choragi
Ortib boruvchi yakun
bilan yilning har
choragida hisobot
davridan keyingi
oyning 25-kunidan
kechiktirmay, yil
yakunlari bo’yicha esa
yillik moliyaviy
hisobot
topshiriladigan
muddatdan
kechiktirmay
Har oyda
keyingi
oyning 25-
kunidaan
kechiktirmay,
yil yakunlari
bo’yicha esa
yillik
moliyaviy
hisobot
topshiriladiga
n muddatdan
kechiktirmay
2
Respublika yo’l
jamg’armasiga
majburiy ajratma
3
Ta’lim va tibbiyot
muassasalarini re-
konstruksiya qilish,
mukammal ta’mir-
lash va jihozlash
jamg’armasiga maj-
buriy ajratma
4
Yagona ijtimoiy
to’lov
Chorak
Yilning har choragida
hisobot davridan ke-
yingi oyning 25-kuni-
dan kechiktirmay, yil
yakunlari bo’yicha esa
yillik moliyaviy hiso-
bot topshiriladigan
muddatda taqdim
etiladi
Har oyda
keyingi
oyning 10-
kunidan
kechiktirmay
66
Jadval O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
85
Mаjburiy аjrаtmаlаrning hisоb-kitоbi to’lоvchilаr tоmоnidаn dаvlаt sоliq
хizmаti оrgаnlаrigа bеlgilаngаn tаrtibdа hisоbоt оyidаn kеyingi оyning 25-
kunidаn kеchiktirmаy, o’sib bоruvchi yakun bilаn хаr оydа tаqdim etilаdi.
Rеspublikа yo’l jаmg’аrmаsigа mаjburiy аjrаtmаlаrning hisоb-kitоbi sоliq
bo’yichа hisоbgа оlish jоyidаgi dаvlаt sоliq хizmаti оrgаnlаrigа оrtib bоruvchi
yakun bilаn yilning hаr chоrаgidа, hisоbоt dаvridаn kеyingi оyning 25-kunidаn
kеchiktirmаy, yil yakunlаri bo’yichа esа - yillik mоliyaviy hisоbоt
tоpshirilаdigаn muddаtdаn kеchiktirmаy tаqdim etilаdi.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, har bir yil bo’yicha
majburiy to’lovlar stavkalari o’zgarmagan. Budjetdan tashqari pensiya
jamg’armasiga majburiy ajrtma 1.6%, ta’lim va tibbiyot muassalarini
rekonstrukiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga ajratma
0.5%, fuqarolarning budjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga sug’urta
badallari 6.0% ni tashkil etadi.
Bankning birinchi chorakda daromad soliq bazasi 500.0 mln so’mni tashkil
etdi, shuningdek bankning boshqa foizli (44900) va foizsiz (45900) daromadlari
50.0 mln so’m bo’lib, ajratmalar uchun soliq bazasi 450.0 = (500.0-50.0) mln
so’m bo’ldi va quyidagi miqdorda ajratmalar hisoblandi:
Fuqarolarning budjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari
summasi 27.0 = (450.0 * 6.00 / 100) mln so’m;
Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga majburiy ajratma 7.2 = (450 *
1.6 / 100) mln so’m;
Budjetdan tashqari respublika yo’l jamg’armasiga ajratma 6.3 = (450 * 1.4
/ 100) mln so’m;
Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal
ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga ajratma 2.25 = (450 * 0.5 / 100) mln
so’m. Bankning birinchi chorakdagi jami ajratmalar 42.75 mln so’mni tashkil
etdi, bunga quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
a)
Hisoblangan ajratmalar summasiga qilingan xarajatlar bo’yicha:
86
Debet 56714 – “Soliq (daromad solig’idan tashqari) va lisenziyalar”
42750000.0
Kredit 22504 – “Hisoblangan boshqa soliqlar ”
b)
Fuqarolarning budjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga sug’urta badalari
(27.0 mln so’m) va budjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga majburiy
ajratma (7.2 mln so’m) to’landi:
Debet 22504 - “Hisoblangan boshqa soliqlar ” 34200000.0
Kredit 20205 – “Budjetdan tashqari fondlarning talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozitlari”
c)
Budjetdan tashqari respublika yo’l jamg’armasiga ajratma (6.3 mln so’m)
to’landi:
Debet 22504 - “Hisoblangan boshqa soliqlar ” 6300000.0
Kredit 20207 – “Respublika yo’l jamg’armasining talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozitlari”
d)
Ta’lim va tibbiyot mussasalarini rekonstruksiya qilish mukammal
ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga ajratma (2.25 mln so’m) to’landi:
Debet 22504 – “Hisoblangan boshqa soliqlar”
Kredit 20205 – “Budjetdan tashqari fondlarning talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozitlari”
67
Tijorat banklari ushbu soliqlar bo’yicha davlat soliq inspeksiyalariga har
chorakda hisobot beradi.
Tijorat banklari faoliyati davomida mijozlaridan oladigan daromadi soliq
solish manbasidan to’lanadigan soliq hisoblanadi. Banklar ijaraga olingan asosiy
vositalarga to’laydigan to’lovlari (xarajatlar), shuningdek, boshqa banklardan
olgan depozit mablag’lari bo’yicha qiladigan foiz to’lovlari (xarajatlari)
hisobidan 10 foiz miqdorda ushbu soliqlarni to’laydi.
Masalan, bank shartnoma asosida mijozning binosida mini bank ochdi.
Shartnomaga ko’ra oylik ijara to’lovi 500 ming so’mni tashkil etadi va to’lov
oyning 5-sanasiga qadar to’lab beriladi. Bank ijara to’lovini to’lab berishdan
67
Omonov A., Qoraliyev T. Banklarda buxgalteriya hisobi. – Toshkent, “Iqtisod-Moliya”, 2014 y. – 191 b.
87
oldin soliq solish manbasidan to’lanadigan soliqni aniqlaydi. Ushbu summa 50
ming so’m bo’lib, u quyidagicha hisoblanadi 50000.00 = (500000.0 * 0.10) va
buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi.
a)
Mijozga ijara to’lovi summasidan soliq solish manbasidan to’lanadigan
soliq (500000.0 – 50000.0) chegirib tashlandi va vujudga kelgan summa
ijara xarajati sifatida mijozga to’lab berildi.
Debet 19925 – “Oldindan to’langan xarajatlar” 450000.0
Kredit 20206 – “Jismoniy shaxslarning muddatsiz depozit hisobvarag’i”
b)
Davlat budjetiga to’lash uchun hisoblangan soliq solish manbasidan
to’lanadigan soliq summasi transit hisobvarag’iga kirim qilinadi:
Debet 19925 – “Oldindan to’langan xarajatlar” 50000.0
Kredit 22506 – “To’lash uchun ushlab qolingan soliqlar”
c)
Hisoblngan soliq solish manbasidan to’lanadigan soliq summasi davlat
budjetiga to’lab berildi:
Debet 22506 – “To’lash uchun ushlab qolingan soliqlar” 50000.0
Kredit 23402 – “Respublika budjetining mablag’lari”
d)
Bank tomonidan ijara to’lovi uchun to’langan xarajatlar, soliq summasi
bilan birgalikda tegishli xarajatlar hisobvarag’iga olib boriladi:
Debet 56202 – “Ijara to’lovi”
Kredit 19925 – “Oldindan to’langan xarajatlar”
Banklar boshqa banklardan jalb qilgan muddatli depozitlari yoki kreditlari
bo’yicha to’lanadigan xarajatlar bo’yicha ham xuddi shu tartibda soliq solish
manbasidan to’lanadigan soliq summasini aniqlaydi va buxgalteriya yozuvlarini
amalga oshiradi. Faqat xarajatlar depozitlar bo’yicha foizli xarajatlar
hisoblangan 50600 yoki 54100 hisobvaraqlarida aks ettiriladi.
68
Аgаr yuqоridаgi holatdа sоliq vа mаjburiy to’lоvlаrni оrtiqchа yoki kаm
to’lаngаnligi аniqlаngаndа, fоydа sоlig’ini hisоblаshdа, hisоbоt dаvridаgi
mоliyaviy nаtijаlаr оrtiqchа to’lоv summаsigа ko’pаytirilаdi yoki kаm to’lаngаn
summаgа kаmаytirilаdi.
68
Omonov A., Qoraliyev T. Banklarda buxgalteriya hisobi. – Toshkent, “Iqtisod-Moliya”, 2014 y. – 187 b.
88
Do'stlaringiz bilan baham: |