5
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Bozor
iqtisodiyoti sharoitida barqaror va samarali faoliyat ko’rsatuvchi bank tizimini
yaratish masalasi mamlakatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridanoq hukumat
iqtisodiy siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri etib belgilab olindi.
Natijada, bank sohasida ham katta ijobiy yutuqlarga erishilmoqda. Hukumatimiz
va Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar
natijasida esa, hozirgi kunga kelib, jahon andozalariga mos ikki pog’onali
mustaqil bank tizimi to’liq shakllandi.
2015 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan
tijorat banklari soni 26 tani tashkil etib, ularning 3 tasi davlat tijorat banki, 10
tasi
aksiyadorlik tijorat banki, 8 tasi xususiy bank va 5 tasi chet el kapitali
ishtrokidagi banklar hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatimizda xorijiy
banklarning 6 ta vakolatxonasi o’z faoliyatini yuritmoqda, ular bilan
respublikamiz tijorat banklari tomonidan keng qamrovli va o’zaro
manfaatli
aloqalari o’rnatilgan. Respublikamizning barcha hududlarida tijorat banklarining
tarmoqlari yanada kengayib, 2015 yilning 1 yanvar holatiga banklarning
filiallari soni 846 taga yetdi.
Banklarning
umumiy
kapitali
va
depozitlar
bazasining
yanada
mustahkamlanishi banklarning ichki manbalar hisobiga kreditlash va
investitsiyalash imkoniyatlarini kengaytirish orqali mamlakat iqtisodiyotining
yuqori sur’atlarda o’sishini moliyaviy qo’llab- quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Xususan, tijorat banklarining jami aktivlari hajmi 2014 yilda 2013 yilga nisbatan
28,2 foizga oshib, 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, 56,2 trln.so’mga yetdi.
2014 yilda tijorat banklarining kredit qo’yilmalari umumiy hajmi 2013 yilga
nisbatan 31,2 foizga o’sib, 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, 34,8 trln so’mni
tashkil etdi.
1
1
http://www.cbu.uz (O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank rasmiy sayti) // 2014 yilda pul-kredit sohasidagi
vaziyat va monetar siyosatning 2015 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari.
6
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bank tizimini
rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu
sababli ham hozirga kelib
respublikamizda bank tizimi bozor infratuzilmasining eng rivojlangan
bo’g’inlaridan biriga aylanib ulgurdi. Ayni vaqtda bank tizimining samarali
faoliyat ko’rsatishi butun iqtisodiyotimizning rivojlanishida muhim ahamiyat
kasb etadi. Tijorat banklarining faoliyati ko’p jihatdan ularning soliqqa tortish
jarayonlariga bog’liqdir.
Davlatning bozor iqtisodiyotiga ta’sir o’tkazishida soliqlarga alohida
e’tibor qaratiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
har qanday davlat soliq
siyosatidan keng foydalanadi. Soliqlar hamda butun soliq tizimi bozor
iqtisodiyoti
sharoitini boshqarishning kuchli vositasidir. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: “Soliq yukini yanada kamaytirish
iqtisodiyotimiz rivojida albatta muhim ahamiyat kasb etadi”, - deya e’tirof etib
o’tdi.
2
O’tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig’i stavkasi esa
9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo’lsa-da, davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga
nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi.
3
Bank tizimi davlat iqtisodiyoti rivojlanishidagi asosiy va muhim tarkibiy
qismi hisoblanadi. Shu o’rinda, tijorat banklari kapitalni taqsimlovchi va
davlatning ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi moliya sohasining
ajralmas qismidir. Tijorat banklari bir qancha faoliyat
turlarini amalga oshirish
bilan birga belgilangan va o’rnatilgan soliq turlarini ham to’laydilar.
Shuningdek, tijorat banklarini soliqqa tortishning o’ziga xos xususiyatlari
mavjud. Bu xususiyatlar o’z ichiga soliqlarni to’lashdagi soliqqa tortish bazasi,
belgilangan imtiyozlar, daromad va xarajatlarning shakllanishi kabilarni oladi.
Tijorat banklari tomonidan milliy iqtisodiyotda moliyaviy operatsiyalar
bajarilishi bilan bir qatorda, ijtimoiy vazifalar ham bajariladi. Ijtimoiy
2
Karimov I.A. 2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud
imkoniyatlarni safarbar etish,
o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi. – T.: “O’zbekiston”, 2014 y., 24-bet.
3
Karimov I. A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l
ochib berish – ustuvor vazifamizdir. – T.: “O’zbekiston”, 2015 y., 5-bet.
7
barqarorlikni ta’minlashning muhim yo’nalishlaridan biri tijorat banklaridagi
soliq yukini pasaytirish hisoblanadi. Jamiyat rivojlanishini ta’minlash va davlat
funksiyalarini
bajarish
uchun
tijorat
banklarida
soliqqa
tortishni
takomillashtirish muhim ahamiyatga ega masalalardan biri hisoblanadi. Tijorat
banklarini soliqqa tortishning ob’yektiv zarurligi masalalariga alohida e’tibor
qaratiladi. Birinchidan, soliqlarning tartibga soluvchi va rag’batlantirish
funksiyalari tijorat banklari faoliyatida namoyon bo’ladi.
Ikkinchidan, soliqlar
davlat tomonidan tijorat banklarini tartibga solish vositasi sifatida qo’llaniladi.
Soliq va soliqqa tortish masalalari O`zbеkiston Rеspublikasi iqtisodiy
hamda ijtimoiy hayotidagi eng dolzarb muammolardan bo`lib, rеspublika
iqtisodiyotidagi yangi hodisalar, bozor iqtisodiyotiga o’tish tomon
yo’naltirilganligi xalq xo’jaligini boshqarishning
moliyaviy usullaridan, shu
jumladan soliqlardan faollik va omilkorlik bilan foydalanishni taqozo etadi.
Tijorat banklarini soliqqa tortishda nazariy va amaliy jihatdagi
kamchiliklar, huquqiy bazaning yetishmasligi, qonunchilikdagi uzluksiz
o’zgarishlar
Do'stlaringiz bilan baham: