Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


BOSHLANG’ICH TA’LIMNING DOLZARB MUAMMOLARI



Download 1,17 Mb.
bet19/69
Sana22.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#181745
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Bog'liq
integrasiya2020

3. BOSHLANG’ICH TA’LIMNING DOLZARB MUAMMOLARI


Hammamizga ma’lumki, hayotimizning barcha sohalarida islohotlarni o’tkazish, o’zbek modeli deb nom olgan islohotlar siyosatining asoslari bo’lmish 5 tamoyilning birida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish vazifasi qo’yilgan. Mustaqillik davridagi hayotimiz bu muhim tamoyil bizning sharoitimizda naqadar to’g’ri ekanligini tasdiqladi.

Shuning uchun ta’lim-tarbiya sohasida ham belgilanayotgan islohotlarni bosqichma-bosqich o’tkazish prinsipi qo’yilgan.

Birinchi bosqich – o’tish davri bo’lib, u 1997-2001 yillarda, ya’ni 4 yil davomida joriy etildi. Bunda kadrlar tayyorlash tizimi salohiyatini saqlab qolish, uning rivojlanishi uchun huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish lozim edi. Bu bosqichda asosan quyidagi vazifalarni bajarish ko’rsatib o’tilgan edi:

a) yangi talablarga javob bera oladigan pedagogik kadrlarni tayyorlash;

b) o’quv standartlarini yaratish va yangi o’quv dasturlari ustida ishlash;

v) umumta’lim maktablarini tuzilish jihatdan qayta qurish;



g) uch yillik ta’lim – o’rta maxsus va kasb-hunar kollejlari (akademik lisey) tizimiga zamin tayyorlash;

d) uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimiga asos soladigan tadbirlarni amalga oshirish;

ye) ijtimoiy himoyani kafolatlash kabi masalalarni yechish bosqichi.



Ikkinchi bosqich esa 2001-2005 yillarni o’z ichiga olgan bo’lib, bunda Milliy dasturni keng miqyosda to’liq amalga oshirishga erishish ko’rsatilgan edi. Tabiiyki, tizim faoliyatining samaradorligini, mehnat bozorini inobatga olib, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, dastur g’oyalari va qoidalariga kerakli o’zgartirishlar kiritildi.

Uchinchi bosqich – 2005 va keyingi yillarga mo’ljallangan bo’lib, unda to’plangan tajribalarni tahlil eti shva umumlashtirish asosida o’zgaruvchan ijtimoiy shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish zarurligi aks ettirilgan.

Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish uchun qabul qilingan «ta’lim to’g’risidagi» Qonunning o’rni beqiyosdir. Ushbu qonun 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan bo’lib u 4 bobdan iboratdir.

1. Umumiy qoidalar (1-8 moddalar);

2. Ta’lim tizimi va turlari (9-19 moddalar);

3. Ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish (20-24 moddalar);

4. Ta’lim tizimini boshqarish (25-34 moddalar).

Ikkinchi bobning 10 moddasi ta’lim turlarini belgilab bergan, bular:

1) Maktabgacha ta’lim;

2) Umumiy o’rta ta’lim;

3) O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

4) Oliy ta’lim;

5) Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;

6) Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

7) Maktabdan tashqari ta’limdir.



Shu bobning 12-moddasida boshlang’ich ta’lim I-IV sinflarni o’z ichiga oladi deb belgilangan va unda «Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabnng birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadi» deb ko’rsatilgan.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 5 ta bobdan iborat, ular quyidagicha:

1. Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari;

2. Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro’yobga chiqarish bosqichlari;

3. Kadrlar tayyorplashning milliy modeli;

4. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari;

5. Dasturni ro’yobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar.



Mazkur dasturning maqsadi – taxlim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolga mafkuraviy sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir.

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risidagi» Qonuni hamda «kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari hamda prinsiplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi.

«Ta’lim to’g’risida»gi Qonunning «Davlat ta’lim standarti» to’g’risidagi 7-moddasida belgilab berilganidek «Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim stardartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir». «Standart» so’zi – (inglizcha «standart» - norma, namuna, o’lcham) boshqa obyektlarni taqqoslash uchun dastlabki obyekt deb qabul qilingan model. Standart inson faoliyatining barcha sohasiga: ta’limga, fanga, texnikaga, sanoatga, ishlab chiqarishga, qurilishga va hokazolarga taalluqlidir.

Ushbu davlat ta’lim standarti umumiy o’rta ta’limning tarkibiy qismi bo’lgan boshlang’ich ta’limning tarkibiy tuzilishi, mazmuni, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasi, o’quv yuklamasi hajmiga qo’yiladigan me’yor va talablar majmui bo’lib, u davlatning me’yoriy hujjati sifatida e’tirof etiladi.

Boshlang’ich ta’lim davlat ta’lim standarti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunga va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ga hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi «Uzluksiz ta’lim tizimida davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida»gi Qaroriga va «davlat ta’lim standarti to’g’risidagi Nizom»ga asoslangan holda belgilangan.

Boshlang’ich ta’lim bosqichi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida davlat boshlang’ich sinf o’quvchilaridan standartda belgilab qo’yilgan minimal ko’rsatkichlarga erishishni talab qiladi va o’z navbatida bu ko’rsatkichlarga erishish uchun zarur bo’lgan ta’limiy xizmatlar va vositalar bilan ta’minlaydi.

Boshlang’ich ta’limga davlat ta’lim standarti o’quv predmetlari bo’yicha emas, balki, ta’lim sohalari bo’yicha belgilandi. Ta’lim sohalari bo’yicha standart ko’rsatkichlar 7(6) – 11 yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta’lim mazmunining minimal miqdoriga asoslanib belgilandi. Boshlang’ich ta’limga davlat ta’lim standartining belgilanishi shu bosqichda ta’lim mazmuni ko’lamini chegaralash, ta’lim sohalarini integrasiyalash imkonini beradi. Davlat ta’lim standartini belgilash boshlang’ich ta’lim mazmunini konseptual asosga tayangan holda modernizasiyalar (davr talablari nuqtai nazaridan yangilash)ni ko’zda tutadi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish