67
– topologiyani qo‘shishingiz kerak bo‘lsa;
– uchastkalar maʼlumotlarining kadastr to‘plamlarini qo‘shish kerak bo‘lsa;
– tarmoq maʼlumotlar to‘plamini qo‘shish kerak bo‘lsa (ishlash uchun
ArcGIS Network Analyst Kengaytirilishi qo‘shimcha moduli kerak bo‘ladi);
– geometrik tarmoqlarni qo‘shish kerak bo‘lsa;
– terrain maʼlumotlar to‘plamini qo‘shish kerak bo‘lsa (ishlash uchun
ArcGIS 3D Analyst qo‘shimcha moduli kerak bo‘ladi).
Obyekt sinflari to‘plami
deganda, umumiy
koordinatalar tizimiga ega
bo‘lgan fazoviy yoki o‘zaro mavzuli bog‘langan fazoviy obyektlar sinflari
tushuniladi. Obyekt sinflari to‘plami ular uchun umumiy bo‘lgan topologiyada
ishtirok etadigan va bitta tarmoqli maʼlumotlar to‘plami, terrain maʼlumotlar
to‘plami yoki geometrik tarmoqlarda bo‘lgan fazoviy obyektlar
sinflarini saqlash
uchun foydalaniladi.
Gohida umumiy mavzudagi fazoviy obyektlar to‘plamini bitta obyektlar
sinfiga jamlash zarur bo‘ladi. Masalan, foydalanuvchilarda Water (suv) obyektlar
sinfi to‘plami bo‘lishi mumkin, va u o‘z navbatida Hydro Points (masalan,
ko‘priklar, to‘g‘onlar va suv chiqarish inshootlari), Hydro Lines (masalan,
irmoqlar, kanallar va daryolar) va Hydro Polygons (masalan, ko‘llar, daryo,
basseynlar, suv omborlari va h.k.) fazoviy obyektlar sinflarini saqlaydi.
Ba’zi vaziyatlarda obyektlar sinflari to‘plamini
papkalar shaklida oddiy
obyektlar sinflari to‘plamini saqlash uchun foydalanish mumkin. Bunday
yondashishdan asosiy maqsad foydalanuvchilarning maʼlumotlar to‘plamidan
qanday qilib birgalikda foydalanishlarini tashkil etishdir. Ammo muharrirlik
ishlarini bajarishda bu eng qulay bo‘lgan maʼlumotlar modeli tarkibi bo‘lib
hisoblanmaydi.
Modelning yakuniy variantida har bir obyektlar sinflari to‘plamiga
qanday
fazoviy obyektlar sinflari kiritilishini aniqlash uchun 3- va 4-topshiriqlarni
bajarishingiz kerak bo‘ladi.
Obyektlar sinflari to‘plami muharrirlash ishlarini bajarish uchun ruxsat
huquqini berishda muhim rol o‘ynaydi. Obyektlar sinflari to‘plamidagi barcha
68
fazoviy obyektlar sinflarida bir xildagi ruxsat huquqlari bo‘ladi.
Bu shuni
anglatadiki, foydalanuvchilar qaysi tashkilot yoki guruhlar tomonidan obyektlar
sinflari to‘plami tarkibiga xizmat ko‘rsatishini aniqlash uchun obyektlar sinflari
to‘plamlariga ruxsat huquqlarini o‘rnatishlari mumkin.
Agar sizga har bir fazoviy
obyektlar sinflari uchun turli ruxsat huquqlarini o‘rnatish kerak bo‘lsa, unda shu
fazoviy obyektlar sinflari turli obyektlar sinflari to‘plamiga (yoki obyektlar
sinflariga) joylashtirilishi kerak (har bir obyektlar sinflari to‘plami o‘zining shaxsiy
ruxsat huquqiga ega bo‘ladi). Bunday holatlarda maʼlumotlar to‘plamlari
orasida
maʼlumotlarga yangilanishlarni ko‘chirib o‘tish uchun transformatsiya, chiqarib
olish
jarayonlari, (ETL) yuklamalari yoki Import/Eksport lardan foydalanishingiz
mumkin.
Qachon obyektlar sinflari to‘plamlaridan foydalanishingiz lozim?
Obyektlar
sinflari to‘plamidan bog‘langan fazoviy obyektlar sinflarini mavzuli yoki fazoviy
birlashtirish uchun foydalaning. Ularning
asosiy vazifalari topologiya, tarmoq
maʼlumotlar to‘plami, relyefmaʼlumotlar to‘plami yoki geometrik tarmoqlarni
qurish imkoniyatini ta’minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: