Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika va ekologiya kafedrasi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/137
Sana29.05.2022
Hajmi5,36 Mb.
#618240
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   137
Bog'liq
2 5323726613249008818

ANAEROB NAFAS OLISH.
Uglevodlarning anaerob sharoitda parchalanishi glikoliz ham deb 
ataladi. Bu jarayonda juda kam miqdorda energiya ajralib chiqadi va oxirgi bosqich mahsuloti pirouzum 
kislotasi hosil bo‘ladi. Glikoliz aerob nafas olish va bijg‘ish jarayonlarining boshlang‘ich bosqichidir. 
O‘simliklar tarkibidagim nafas olish jarayonining asosiy mahsuloti bo‘lgan monosaxaridlarning 
reaksion qobiliyati ancha past bo‘lib, keyingi almashinuv jarayonida ishtirok etish uchun ularni biroz 
energiya bilan ta’minlash zarur. Bunga monosaxaridlarni energiyaga boy bo‘lgan birikmalar bilan 
reaksiyaga kiritish va fosforli efirlar hosil qilish yo‘li bilan erishiladi. Monosaxaridlarning fosforli efirlari 
(masalan, glyukoza-6-fosfat) ancha faol reaksion qobiliyatga ega. Shuning uchun ham glikolizning 
birinchi bosqichida glyukoza geksokinaza fermenti ishtirokida fosforlanadi va glyukoza-6-fosfatga 
aylanadi. Buning uchun bir molekula АТФ sarflanadi. Glyukoza 6-6-fosfat, fosfoglyukomutaza fermenti 
ishtirokida izomerlanib fruktoza-6-fosfatga aylanadi. Fruktoza -6-fosfat ikkinchi marta fosforlanib 
fruktoza-1,6-difosfosfatga aylanadi. Bu jarayonda fosfofruktokinaza fermenti ishtirok etadi va yana bir 
molekula АТФ sarflanadi 66-rasm). 
66-rasm. 
Glikolizning sxemasi
Navbatdagi reaksiyada fruktoza-1,6-fosfat aldolaza fermenti ishtirokida 3-fosfoglitserin aldegidi 
va fosfodioksiatsetonga parchalanadi. Fosfodioksiatseton osonlik bilan triozofosfatizomeraza fermenti 
ishtirokida 3-fosfoglitserin aldegidiga aylanadi. Bu yerda reaksiyalar ikkita uch uglerodli birikma hosil 
bo‘lishi bilan borganligi uchun bu yo‘l dixotomik oksidlanish ham deyiladi. Glikolizning ikkinchi 
bosqichi -3-fosfoglitserin aldegidining oksidlanib 3-fosfoglitserat kislotaga aylanishidan boshlanadi. Bu 
glikolizning asosiy reaksiyalaridan biri bo‘lib, unda trizafosfatdegidrogenaza ishtirok etadi. Bu 
fermentning aktiv qismini NAD tashkil qiladi. Reaksiyalarda ADF va fosfat kislota ishtirok etib ATF 
hosil bo‘ladi. Reaksiya davomida hosil bo‘lgan atsilferment fosforolizga uchraydi va natijada makroergik 
karboksifosfatga ega bo‘lgan 1,3- difosfosfoglitserat kislota hosil bo‘ladi. 1,3-difosfoglitserat kislota ADF 
bilan qayta fosforlanib ATF va 3-fosfoglitserat kislota hosil bo‘ladi. 
Glikolizning oxirgi bosqichida -3-fosfoglitserat kislota fosfoglitseramutaza fermenti ishtirokida 
izomerlanib, 2-fosfoglitserat kislotaga aylanadi va u bir molekula suvni ajratib, fosfopiruvat kislotaning 
yenol shakliga aylanadi. Bu reaksiyada yenolaza fermenti ishtirok etadi. Fosfoyenolpiruvat o‘z navbatida, 


80 
piruvatkinaza fermenti ishtirokida, ADF bilan reaksiyaga kirishib ATF hosil bo‘ladi. Yenolpiruvat kislota 
pirouzum kislotaga aylanadi: 
Natijada nafas olishning boshlang‘ich anaerob bosqichi pirouzum kislotaning hosil bo‘lishi bilan 
tugaydi. Bir molekula glyukozaning oksidlanishi natijasida ikki molekula pirouzum kislota hosil bo‘ladi. 
Bu reaksiyalar natijasida energiyaga boy bo‘lgan birikmalar 4 molekula ATF va 2 molekula qaytarilgan 
НАД.Н
2
hosil bo‘ladi. НАД va НАД.Н
2
molekulalari tarkibida ham makroergik bog‘lar mavjud (48-
rasm). Lekin glikolizning birinchi bosqichida ikki molekula ATF sarflanadi. Shuning uchun ham bu 
bosqichda ikki molekula samarali ATF ajraladi deb hisoblash mumkin. Har bir molekula НАДН ning 
mitoxondriyalarda oksidlanishi natijasida ajralgan kimyoviy energiya ham uchta ATF ga teng. Demak,
ikki molekula NADN ning energiyasi ham 6 molekula ATF ga teng. Shunday qilib, glikoliz jarayonida 
ajralib chiqqan umumiy foydali energiya sakkiz molekula ATF ga teng bo‘ladi. Har bir ATF ning 
energiyasi 10 kkal deb hisoblasak, u holda glikoliz jarayonida ajralib chiqqan energiyaning umumiy 
miqdori 80 kkal ga teng bo‘ladi.
67-расм.

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish