Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika va ekologiya kafedrasi


Yetishtirish sharoitida misning juda kamligi natijasida o‘simliklarda sodir bo‘ladigan



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/137
Sana29.05.2022
Hajmi5,36 Mb.
#618240
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137
Bog'liq
2 5323726613249008818

Yetishtirish sharoitida misning juda kamligi natijasida o‘simliklarda sodir bo‘ladigan 
kasalliklar. А-bug‘doy boshoqlarining rivojlanmay qolishi (o‘ngda), chapda sog‘lom boshoq, B-
kungaboqor o‘simligining rivojlanmay qolishi (o‘ngda), chapda sog‘lom o‘simlik. 
Mis o‘g‘itlari ayniqsa botqoq tuproqlarda yaxshi natija beradi. Chunki bunday tuproqlarda uning 
miqdori juda oz. O‘g‘itlar sifatida mis sulfat tuzi, mis eritish zavodlarining chiqindilari ishlatilishi 
mumkin. 
Molibden.
Tuproqda molibden silikatlar tarkibida uchraydi. O‘simliklarga anion (MoO4-) 
shaklida o‘tadi. Molibden dukkakli o‘simliklarda eng ko‘p (0,5-20mg/kg quruq massa va 
g‘allasimonlarda ozroq (0,2-2,0 mg/kg) to‘planadi. O‘simliklarning yosh qismlarida va barglarida ko‘p 
to‘planadi. Ammo o‘simliklarning o‘sish sharoitlarida molibdenning yetishmasligi natijasida kasallik 
belgilari (barglarda sariq va qung‘ir dog‘larning hosil bo‘lishi, kichrayishi va boshqalar) paydo bo‘ladi. 
Ayniqsa, molibden molekulyar azotning fiksatsiyasini ta’minlovchi mikroorganizmlar uchun 
juda zarur. Dukkakli o‘simliklar ildizidagi bakteriodlardagi nitrogenaza fermentining faol markaziga mis 
kiradi va bu fermentning faolligini kuchaytiradi. Nitratlarning o‘zlashtirilishi tizimida ishtirok etuvchi 
nitratreduktaza fermentining ham tarkibiga kiradi. Agar tuproqda molibdening miqdori juda kam bo‘lsa, 
to‘qimalarda nitratlar to‘planib qoladi, dukkakli o‘simliklarning ildizida tuganak bakteriyalar 
rivojlanmaydi. O‘simliklarning o‘sishi izdan chiqadi, poyasi va barg plastinkalari deformatsiyalanadi. 


43 
35-rasm. 
O‘simliklarga molibden yetishmaganda hosil bo‘ladigan kasalliklar. 
A-kartoshka bargida hosil bo‘lgan kasallik belgilari (chapda), o‘ngda sog‘lom barg, 
B-rangli karam barglarida hosil bo‘lgan kasallik belgilari. 
Molibden o‘simlik hujayralaridagi aminlanish va qayta aminlanish reaksiyalarida ishtirok 
etadigan fermentlar (ksantinoksidazalar, fosfatazalar) uchun ham zarur hisoblanadi. Askorbin kislotaning 
hosil bo‘lishida ishtirok etadi. 
Umuman dukkakli o‘simliklarga molibden ko‘proq kerak. Molibdenning oshiqchasi ham zararlidir. 
Masalan, yem-xashaklar tarkibida molibdenning miqdori 20 mg/kg dan ko‘p bo‘lsa, hayvonlarga zararli 
ta’sir etadi. 
Kobalt
. Kobalt tuproqda silikat va boshqa tuzlar tarkibida uchraydi. Xlorli sulfat va azot tuzlarini 
o‘simliklar yaxshi o‘zlashtiradi. Bo‘z tuproqlarda kobalt juda oz, umumiy miqdori 5 mg/kg bo‘lib, 
o‘zlashtiradigan qismi 0.6 - 1,0 mg/kg atrofida. 
O‘simliklarda o‘rtacha 0,00002% yoki 0,02 mg/kg quruq massaga teng. Bu element ko‘proq dukkakli 
o‘simliklarga zarur bo‘lib tuganak bakteriyalarning ko‘paytirishni ta’minlaydi. Vitamin V12 tarkibida 
kobalt ko‘p uchraydi.Bu vitaminni faqat bakterioidlar sintez qiladi. U molekulyar azotning fiksatsiyasida 
ishtirok etadi. Kobalt azot o‘zlashtirishga, xlorofillning miqdorini oshirishga ta’sir etadi. 
Agar tuproqda kobaltning miqdori 2,5-4,5 mg/kg bo‘lsa yetarli hisoblanadi. O‘g‘it sifatida 
ishlatish uchun kobalt sulfat tuzi tavsiya etiladi. 
Rux
. Rux tuproqda fosfatlar, karbonatlar, sulfidlar, oksidlar va silikatlar tarkibida bo‘ladi. 
O‘simliklarga kation (Zn+) shaklida o‘tadi. 
Rux dukkakli va g‘allasimonlarning yer usti qismlarida 15-60 mg/kg quruq massa hisobida bo‘ladi. 
O‘simliklarni yosh organlarida ko‘proq to‘planadi. 
Rux o‘simliklarning modda almashuv faol ishtiok etadi. Glikoliz jarayonida ishtirok etuvchi fermentlar 
(geksokinazalar, yenolazalar, triozofosfatdegidrogenazalar, aldolazalar) uchun zarur hisoblanadi. 
Rux karbongidraza fermentini faollashtiradi , natijada bu ferment N
2
SO
3
→ SO
2
+ N
2

reaksiyasida ishtirok etadi va SO
2
ning fotosintez jarayonida foydalanilishiga yordamlashadi.
36- rasm. 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish