Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika va ekologiya kafedrasi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/137
Sana29.05.2022
Hajmi5,36 Mb.
#618240
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   137
Bog'liq
2 5323726613249008818

ANTITRANSPIRANTLAR
Keyingi yillarda birqancha moddalar olindiki, ularni o‘simliklarga purkaganda transpiratsiya 
jadalligi sezilarli darajada pasayadi. Bunday xususiyatga ega bo‘lgan moddalarga antitranspirantlar 
deyiladi. 
Hamma antitranspirantlar ikki gruppaga bo‘linadi: 1) og‘izchalarning yopilishini ta’minlaydigan 
moddalar, 2) barg ustida yupqa parda hosil qiluvchi moddalar. 
Og‘izchalarning yopilishini ta’minlaydigan moddalarga fenilmerkuratsetat 

8
Н
8
Н
8
О
2
, dodesenilsuksinat 
-СН
2
-(СН)
п
= СН-СН
2
-СНСООН-СН
2
СООН, absiz kislotasi -С
15
Н
2

4
kiradi. Bu moddalar o‘simlikka 
purkalganda og‘izchalarni tashkil qilgan hujayralarning turgori kamayadi va ular yopiladi. Masalan, 
makkajo‘xori, tamaki, topinambur, qarag‘ay barglarida, fenilmerkuratsetatning 10-4M eritmasi 
purkalganda, og‘izchalar 2 hafta mobaynida yopiq bo‘lgan. Transpiratsiya jadalligi esa 50% gacha 
pasaygan. 
Ikkinchi gruppa moddalarga, polimerlar polietilen, polipropilen, polistirol, polivinilelorid kabilar 
kiradi. Bular barglarning ustida plyonka qavati hosil qiladi va natijada suv bug‘larining ajralib chiqishiga 
mexanik to‘siq hosil bo‘ladi. Tekshirishlar natijasiga ko‘ra transpiratsiya jadalligi 50% dan ko‘proq 
kamayadi, fotosintez va mineral elementlarni o‘zlashtirish jadalliklari o‘zgarmaydi. Ayrim o‘tkazilgan 
tajribalar o‘simliklarning hosildorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi. 
 
O‘SIMLIKLARNI SUG‘ORISHNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini sun’iy sug‘orish yuqori hosil olish garovidir. Chunki hosildorlik 
lalmikor yerlarga nisbatan 3-5 martagacha yuqori bo‘ladi. O‘simliklarni sun’iy sug‘orish ayniqsa arid 
zonalari (suvning bug‘lanishi yillik yog‘ingarchilik miqdori ancha ko‘p bo‘lgan joylar) uchun katta 
ahamiyatga egadir. Chunki bunday zonalarda o‘simliklarda suv taqchilligi tez-tez sodir bo‘ladi. 
Olimlarning ko‘rsatishicha, hatto juda qisqa muddatli suv taqchilligi ham o‘simliklarning normal 
o‘sishiga ta’sir qilmay qolmaydi. O‘simliklarda suv kamchilligi ayniqsa suvning so‘rilishi, ildiz bosimi, 
og‘izchalar holati, transpiratsiya, fotosintez, nafas olish fermentlarining aktivligi, o‘sish va rivojlanish, 
hosildorlik va hosil sifati kabi jarayonlarga ta’sir etadi. 
Sun’iy sug‘orishni to‘g‘ri tashkil qilish uchun suv muvozanati va uni tashkil qiluvchi asosiy 
omillarni e’tiborga olish zarur. Bunday omillarga quyidagilar kiradi: 1) o‘simlik turlari va navlari 
(qurg‘oqchilikka chidamlilik darajasi, ildiz sistemasining rivojlanish xususiyatlari, o‘sish davrlari), 2) 
o‘simliklar soni, 3) tuproq muhiti (tuproqdagi suv miqdori, tuproq eritmasining osmotik bosimi
tuproqning strukturasi va namlik sig‘imi), 4)iqlim omillari (suvning yer ustidan bug‘lanish natijasida 
sarflanishi va transpiratsiya, havo harorati va namligi, shamol, yorug‘lik, yog‘ingarchilik miqdori) va 
boshqalar. Ayniqsa arid zonalarda yetishtiriluvchi madaniy o‘simliklarning suv rejimini xarakterlovchi 


26 
fiziologik jarayonlarni o‘rganish va ulardan foydalanib sug‘orish soni, muddatlari va meyorini belgilash 
muhim ahamiyatga ega. 
Qishloq-xo‘jalik o‘simliklarini vegetatsiya davomida ta’minlash uchun sarflanadigan suv 
miqdoriga-sug‘orish normasi deyiladi va u quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
E=P+W+M 
bu yerda YE-umumiy suv miqdori, m
3
/ga, aR-o‘simliklarning yog‘ingarchiliklar hisobiga foydalangan 
suv miqdori m
3
/ga, M-bir marta sug‘orish normasi m
3
/ga. Bu normani belgilashda yuqorida ko‘rsatilgan 
omillardan foydalaniladi. Masalan, g‘o‘za uchun sug‘orish normasi 3500 dan 10000 m
3
/ga bo‘lishi 
mumkin. 
Bir marta sug‘orish normasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
М=
а
Н(В
п

о
)100 
bu yerda M-bir marta sug‘orish normasi, m
3
/ga; a-tuproqning hajmiy massasi, T/m
3
; aN-tuproqning 
namlanuvchi qatlami; Vp-tuproqning namlanuvchi qatlamidagi dala namlik sig‘imi, %; Vo-sug‘oriladigan 
dala tuprog‘ining namligi, %.
 
O‘simliklarni bir marta sug‘orish normasi ularning o‘sish fazalari va bu fazalarda suvni 
o‘zlashtirish xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Masalan, g‘o‘za o‘z vegetatsiyasi davomida 
sarflaydigan sug‘orish normasining 20-25% ni gullash fazasigacha, 55-56% gullash fazasida, 15-20% esa 
ko‘saklash va pishish fazalarida sarflaydi. Shunga asosan sug‘orish soni va bir marta sug‘orish (400 dan 
900 m
3
/ga, ayrim hollarda 1200 m
3
/ga bo‘lishi mumkin) normalari belgilanadi. 
Ayniqsa o‘simliklarning sug‘orish muddatlarini to‘g‘ri aniqlash katta ahamiyatga ega. Bu 
masalada ham bir qancha fikrlar mavjud: 1) tuproq namligini hisobga olish, 2) o‘simlikning tashqi 
ko‘rinishiga qarab belgilash, 3) o‘simlikning fiziologik jarayonlari asosida aniqlash va hokazo. 
Tuproq namligini hisobga olish o‘simliklar o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan suv miqdori tamom 
bo‘lgandan keyin sug‘orishni bildiradi. Lekin ko‘pchilik yirik fiziologlar bu muddatni kech deb 
hisoblaydilar. O‘lik zapasga yaqinlashguncha ko‘pchilik madaniy o‘simliklarning normal fiziologik 
jarayonlari buziladi. Hatto barglarda dastlabki so‘lish belgilari paydo bo‘lishi bilan fotosintez 
sekinlashadi va nafas olish jadalligi oshadi. 
O‘simliklar tashqi ko‘rinishiga qarab, ya’ni barglarining so‘liy boshlashi, barglar va o‘sish 
nuqtalari rangining o‘zgarishi va hokazolarga qarab fiziologik jarayonlarning buzilishini aniqlash 
mumkin. Bu o‘zgarishlar o‘simlikning butun vegetatsiyasiga, ta’sir etadi. O‘sish va rivojlanish susayadi, 
hosildorlik ham kamayadi. Shuning uchun o‘simliklardagi fiziologik jarayonlarning buzilganini 
ko‘rsatuvchi belgilar paydo bo‘lmay sug‘orish muhim ahamiyatga ega. 
Sug‘orish muddatini belgilash ustida olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, eng to‘g‘ri fikr 
o‘simliklarning fiziologik holatini aniqlash ekan. Bunda ayniqsa barg hujayralari shirasining so‘rish 
kuchini aniqlash va shu asosida sug‘orish muddatini belgilash boshqa usullarga nisbatan to‘g‘riroq 
ekanligi isbotlandi. 
Ayrim o‘simliklar va ularning o‘sish fazalarida, hujayra shirasining so‘rish kuchi quyidagicha 
bo‘lganda, sug‘orish tavsiya etiladi: G‘o‘zada to gullaguncha -12 atm, gullash fazasida -14 atm, 
ko‘saklash va pishaboshlashda -16 atm, urug‘lik yo‘ng‘ichqa yosh maysalari -3-5 atm, shonalash - 8-11 
atm, gullash fazasida 14-18 atm va hokazo. 
Keyingi yillarda tavsiya etilgan tez aniqlash usullaridan yana bittasi, barg hujayrasining elektrik 
qarshiligini aniqlashdir. Bu usul ayniqsa mevali daraxtlarning sug‘orish muddatlarini belgilash uchun 
tavsiya etilgan. 
Barg hujayralarida elektrik qarshilik 500-600 k Om bo‘lganda, o‘simliklar suv bilan normal 
ta’minlangan hisoblanadi. Agar elektrik qarshilik oshib 1000-1500 k Om ga yetsa sug‘orish tavsiya 
etiladi. Elektrik qarshilik 2000 k Om ga yetishi kuchli suv defitsiti ro‘y berganini bildiradi. 
Shunday qilib, o‘simliklardan yuqori va sifatli hosil olish uchun, ularni butun vegetatsiya 
davomida meyorida suv bilan ta’minlash zarur. Suv defitsitligiga, ayniqsa uning uzoq muddatli bo‘lishiga 
yo‘l qo‘ymaslik hosildorlik garovidir. 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish