Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika va ekologiya kafedrasi


Barg plastinkasining transpiratsiyaga moslashib tuzilishi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/137
Sana29.05.2022
Hajmi5,36 Mb.
#618240
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   137
Bog'liq
2 5323726613249008818

Barg plastinkasining transpiratsiyaga moslashib tuzilishi.
Strelkalar bilan bug‘larning ajralib chiqish yo‘llari tasvirlangan 
Og‘izchalar yopiq vaqtda suv bug‘larining tashqariga chiqishi to‘xtaydi va hujayra oraliqlari 
namlik havoga to‘ladi. Natijada transpiratsiya jadalligi ham sekinlashib, to‘xtash holatiga yaqinlashadi. 
Bunday vaqtlarda kutikulyar transpiratsiyasigina davom etadi. U og‘izchalar orqali bo‘ladigan 
transpiratsiyadan 10-20 martagacha sekin. Kutikulyar transpiratsiyaning jadalligi kutikulaning qalinligiga 
ham bog‘liq. Ya’ni kutikulasi juda yupqa bo‘lgan yosh barglarda kuchliroq, kutikula qavati qalinlashgan 
qariroq barglarda sekin bo‘ladi. 
Umuman transpiratsiya o‘simliklar uchun zarur fiziologik jarayondir. Uning jadalligi juda ko‘p 
ichki va tashqi omillarga bog‘liq. 
O‘SIMLIKLARNING SUV MUVOZANATI 
O‘simliklar tanasiga suvning kirishi va sarflanishi suv muvozanati deyiladi. YA’ni bunda 
o‘simlik tanasiga kirayotgan suv bilan sarflanayotgan suv miqdori bir-biriga to‘g‘ri kelishi lozim. 
Lekin yozgi ochiq kunlarda quyosh nurlari ta’siridan transpiratsiya kuchayishi va o‘simlik qabul 
qilayotgan suv uning o‘rnini qoplay olmasligi natijasida nisbiy tenglik buziladi. Oqibatda suv defitsitligi 
(taqchilligi) ro‘y beradi. Aksariyat hollarda defitsit 5-10%ga teng va o‘simliklarga ko‘p zarar qilmaydi. 
Chunki asosan tush vaqtida bo‘ladigan bunday suv kamchilligi odatdagi hodisa hisoblanadi. O‘simlik 
uning ta’sirida transpiratsiya jadalligini tartibga solib turish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu suv 
kamchilligining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Transpiratsiya ham juda kuchayib ketganda, tuproqda suvning miqdori kamayib qolsa, 
o‘simliklarga kirayotgan suvning miqdori ham juda kamayib ketadi va o‘simliklarning suv muvozanati 
ancha qattiq buziladi. Bu ayniqsa sutkaning eng issiq soatlarida sodir bo‘ladi. Suv taqchilligi ro‘y 
berganda barglar so‘lib va osilib qoladi. 
Suv taqchilligini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: 
100
)
1
(
1



М
М
Д
bu yerda D-suv taqchilligi; M-barg kesmalarining (doiracha) suvga solguncha bo‘lgan og‘irligi, g; 
M
1
- barg kesmalarining 60 min. davomida suvda saqlangandan keyingi og‘irligi, g.
 


25 
So‘ligan o‘simlik o‘z vaqtida suv bilan ta’minlansa u yana (normal) turgor holiga qaytadi. 
O‘simliklar vaqtincha yoki uzoq vaqtgacha so‘lishi mumkin. Vaqtincha so‘lish havo juda issiq va quruq 
bo‘lganida ro‘y beradi.YA’ni suv muvozanati buziladi, lekin kechga tomon transpiratsiya pasayib qolishi 
bilan o‘simlikka o‘tadigan suv miqdori bilan undan chiqib ketadigan suv miqdori yana baravarlashadi va 
o‘simliklar o‘zlarining avvalgi holatiga qaytadi. Vaqtincha so‘lish o‘simlikka ko‘p zarar qilmasa ham 
hosilni kamaytiradi. Chunki bu paytda fotosintez va o‘sish to‘xtaydi.Tuproqda suv miqdori kamayganda 
esa so‘lish uzoq vaqtgacha davom etadi. Bunday holatda hujayralardagi suv kamchilligi tezda tiklanmaydi 
va hatto kechasi ham normal fiziologik jarayon boshlanmaydi. Kechasi tiklanmay qolgan suv miqdori 
qoldiq defitsit deyiladi. Bunday holga uchragan o‘simliklar ko‘proq zararlanadilar. 
Uzoq davom etgan so‘lish qaytmas o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi, bunday hujayralar sug‘organdan 
keyin ham qurib qolishi mumkin. 
So‘lish o‘simlikning ayniqsa yosh generativ organlariga ko‘proq ta’sir etadi. Gul organlarining 
shakllanishi kechikadi, generativ organlarning to‘kilishi kuchayadi va hosildorlik keskin kamayadi. Donli 
o‘simliklarda boshoqlar yaxshi yetishmaydi, donlar soni kam va puch bo‘ladi. G‘o‘zada esa shonalar , 
gullar va yosh ko‘saklar ko‘proq to‘kiladi. 
Umuman suv taqchilligining zararli ta’siri hamma o‘simliklarda bir xil emas. Bunga chidamlilik 
o‘simlik turlariga bog‘liq. Masalan, yorug‘liksevar o‘simliklar (kungaboqar, kartoshka) tanasidagi 
suvning 25-30% ni yo‘qotganda ham ularda so‘lishning tashqi belgilari yaxshi sezilmaydi. Soyaga 
chidamli o‘simliklar suvlarini 13-15% yo‘qotishi bilan so‘lib qoladilar. Botqoqlikda yashovchi 
o‘simliklar eng chidamsiz bo‘lib, suv taqchilligi 7% bo‘lganda qurib qoladi. 
O‘simliklarni sistemali ravishda suv bilan ta’minlanib turish, ularning tanasidagi fiziologik va 
bioximik jarayonlarning buzilmasdan, normal holda sodir bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa mumkin qadar 
ko‘proq hosil olish uchun sharoit yaratadi. 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish