91
auksinlar miqdori kamayadi. Hujayralarning differensiallanishi ular o‘rtasidagi sifatiy yangi belgilarning
hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Har bir hujayra maxsus vazifani bajaruvchi to‘qimalar gruppasiga
ajraladi: asosiy parenxima, o‘tkazuvchi, mexanik, qoplovchi va boshqalar. Natijada har bir voyaga yetgan
hujayra o‘simlik tanasida ma’lum fiziologik yoki boshqa funksiyalarni bajaradi.
Hujayralarning qarishi va o‘lishi differensiyalashgan hujayralar ontogenezining oxirgi bosqichi
hisoblanadi. Bu jarayon o‘simliklarning qariyotgan barglarida va gul yaproqlarida yaxshi o‘rganilgan.
Qariyotgan hujayralar uchun sintetik jarayonlarning susayishi va gidrolitik jarayonlarning faollanishi
xarakterli xususiyat hisoblanadi. Natijada oqsillar va RNK miqdorining kamayishi, gidrolitik
fermentlarning faollanishi,membrana lipidlarining oksidlanishining kuchayishi, sitoplazmada lipid
tomchilarining ko‘payishi, boshqa destruktiv jarayonlar kuzatiladi. Qarishning oxirgi bosqislarida
hujayradagi xloroplastlar va xlorofill molekulalari parchalanadi, mitoxondriyalar, yadro va yadrochalar
ham o‘zlarining strukturaviy tuzilishini saqlab qololmaydi. Hujayralarga fitogormonlar (auksinlar,
sitokininlar, gibberellinlar), organik moddalar kirishining sekinlanishi va etilen, abssiz kislotaning
to‘planishi qarrish jarayonini yanada tezlashtiradi. Membranalarning tanlab o‘tkazuvchanlik
qobiliyatining yo‘qolishi, hujayraning moddalarni yutishi va saqlab qolish xususiyatining tamom bo‘lishi
o‘lish bilan yakunlanadi.
O‘SISH XILLARI
. O‘simliklarning hayvonlardan eng muhim farqi shundaki ular butun
ontogenezi davomida o‘sadi. Oliy, ko‘p hujayrali o‘simliklarning o‘sishi hujayralarning bo‘linishi va
o‘sishi, yangi organlar va to‘qimalarning hosil bo‘lish jarayonlarining yig‘indisidan iborat.
O‘simliklarning o‘sishi embrional to‘qimalarda - meristemada sodir bo‘ladi,chunki u yerda hamma
hujayra bo‘linish xususiyatiga ega. Poya va ildizlarning bo‘yiga o‘sishini ta’minlovchi meristema
ularning uchki qismlarida joylashgan bo‘ladi (78-rasm). Ildizlarning o‘sishi ularning uchida, 1 sm dan
oshmaydigan juda kalta qismida sodir bo‘ladi. Bu qismi odatda ildiz qini bilan muhofaza qilinadi.
Poyalarning o‘suvchi qismi,ildizga nisbatan ancha uzun 2-30 sm gacha bo‘ladi. Poya va ildizlar butun
ontogenezi davomida o‘sadi. Masalan, daraxtlar bir necha yuz va ming yillargacha ham o‘sadi.
Poya, novda va ildizlarning o‘sishi apikal o‘sish deyiladi. Chunki bu apikal meristema (apeks-
o‘sish nuqtasi) hisobiga sodir bo‘ladi. O‘simliklarning eniga o‘sishi lateral (yon) meristema hisobiga
sodir bo‘ladi. Bunga kambiy peritsikl va fellogen kiradi.
78-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: