Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet102/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

YAna bir hikmat:


Donishmandlar sultoni Abu Nasr Forobiydan so‘rashdi:

Farzand ikki yurak duridan paydo bo‘ladi, u odam hayotining shirin mevasidir. Farzandga esa ota-onasi shirindir. SHirin farzandni yaxshi tarbiyalasangiz, mangu bolu asal eysiz, rahmatu olqishlar eshitasiz.

MAVZU: YOLG‘ONCHILIK – ENG YOMON ILLAT




Odatda odamlar orttirilgan salbiy ijtimoiy me’yorlar deganda, faqatgina chekish, ichish, narkotik moddalarini iste’mol qilishni tushunadilar. To‘g‘ri, bu ijtimoiy me’yorlar bevosita odam organizmiga o‘ta salbiy yomon ta’sir etuvchi odatlar sanaladi. Ammo, bulardan ham tashqari odamlar orasida o‘nlab salbiy, ya’ni nosog‘lom ijtimoiy me’yorlar borki, ular ham insonlarning sog‘lig‘i, jamiyat, muhit salomatligi uchun yuqoridagilardan kam ahamiyatga ega emas. Bunday ijtimoiy me’yorlar kishining xarakteri, dunyoqarashi, mijozi, bilimi, tarbiyasi, madaniyati va boshqa shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shakllanadi va eng asosiysi, ko‘proq boshqalarning kayfiyatiga, sog‘lig‘iga yomon ta’sir etadi. Bu kabi ijtimoiy me’yorlarga qo‘pollik, jahldorlik, aldamchilik, doimo yolg‘on so‘zlovchilik, sergap, laqmalik, ikkiyuzlamachilik, va’dabozlik, g‘arazgo‘ylik, ovqatxo‘rlik va shu kabi shaxsga xos o‘nlab salbiy odatlar borki, bunday odatlar birinchi navbatda, muhitda ijtimoiy-psixologik holatni izdan chiqaradi, odamlarning kayfiyatini buzadi va nihoyat sog‘liqqa ta’sir ko‘rsatib, ba’zida organizmda, hatto qaytmas patologik jarayonlarni keltirib chiqaradi. Eng asosiysi, bunday odamlar jamiyatda bor, ulardan hamisha ham qochib qutilib bo‘lavermaydi, baxtga qarshi ular bilan birga faoliyat ko‘rsatishga ham o‘rin qolmaydi. Xalqimizda “yolg‘onning umri qisqa” deyishadi. Inson borki, u hech qachon yakka holda faoliyat ko‘rsata olmaydi, u hamisha jamoatchilik bilan birgalikda yashaydi, faoliyat ko‘rsatadi. Demak, yolg‘onchilik ham jamiyatda ijtimoiy me’yor sifatida mavjud ekan, u albatta jamoatchilikda onda-sonda bo‘lsa-da, o‘zini ko‘rsatib turadi va bunday jamoadan fayz ketadi, odamlar orasida mehr-oqibat yo‘qoladi, eng asosiysi, bir-biriga bo‘lgan ishonch yo‘qoladi. Bu har qanday jamoaning inqirozga yuz tutishidir. YOlg‘onchilik aralashgan joyda bilingki, zo‘ravonlik hukum suradi. Zo‘ravonlik tabiiyki, yolg‘onchilik bilan birga boshlanadi. YOlg‘on gapirish bu xiyonat qilish bilan teng, faraz qiling eng ishongan, yaxshi ko‘rgan do‘stingiz sizga yolg‘on gapirib hiyonat qilsa, odam qanday holatga tushadi. Bunday asabiy his-hayajon bilan kechadigan kechinmada organizmda turli asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, yolg‘onchilik, yolg‘on gapirish ham nosog‘lom ijtimoiy me’yor bo‘lsa, u bolada yoki katta odamlarda qachon, qaerda va qanday vaziyatlarda shakllanishi mumkin. Odatda, hamma ham hayotida bir-ikki marta boshqalarning manfaati uchun yolg‘on gapirishi mumkin, ammo biz ko‘proq uni kasb qilib olganlar to‘g‘risida fikr yuritayapmiz.
Aytaylik, yolg‘onchilik, ya’ni doimo odamlarni aldashni o‘ziga kasb etib olgan shaxslar bilan bir guruhda o‘qishni, bir jamoada ishlashni yoki bir
oilada yashashni bir ko‘z oldingizga keltiring. Hayotda aldashlarning turi juda ko‘p - ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va shaxsiy masalalarda. Ayniqsa, keyingi paytlarda odamlar o‘rtasida birov-birovni aldash masalalari tez-tez uchraydigan bo‘lib qoldi. Bunga o‘nlab misollarni keltirish mumkin. Bir ko‘z oldingizga keltiring, sizni o‘z farzandingiz, eng yaqin ishongan do‘stingiz, turmush o‘rtog‘ingiz, rahbaringiz yoki qo‘l ostingizda ishlaydigan xodimlardan biri, bir marta emas har gal aldayversa, siz qanday holatga tushasiz. Inson hayotda hamma narsani kechirishi mumkin, lekin aldashni hech qachon kechirolmaydi. Ammo, bu kechira olmaslik mazkur kishi uchun juda qimmatga tushishi mumkin. Aldangan kishi birinchi navbatda, ruhiy jihatdan qiynaladi, jismonan eziladi, agar aldash pul mablag‘ bilan bog‘liq bo‘lsa-chi! Sizdan qarzga pul olib, olmadim desa, odamning qay ahvolga tushishini ko‘z oldingizga keltirish unchalik qiyin bo‘lmasa kerak. Ayrim paytlarda bunday voqeiyliklar fojia bilan tugashini ham yaxshi bilamiz. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring birinchi kundan yolg‘on aralashgan oilada totuvlik, baraka va barkamollik bo‘ladimi? Totuvlik yo‘q joyda sog‘liqqa yolg‘onchilik, aldamchilik aralashgan nafaqat oilada yoki biror-bir jamoada baraka ketadi, hatto butun boshli jamiyatda rivojlanish, taraqqiyot bo‘lmaydi. Demak, biz bilan sizning birinchi galdagi asosiy vazifamiz ushbu salbiy ijtimoiy odatning shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik, yoshlarimizni bolaligidan oilada, bolalar muassasalarida, maktabda, litseylarda, o‘quv yurtlarida, mehnat jamoalarida rostgo‘ylikka, imonli-e’tiqodli bo‘lishga, hamisha bo‘yniga qilich kelsa ham rost gapirishga odatlantirishimiz kerak. Birovni aldagan kishi birinchi navbatda, o‘zini aldaydi. Kasallikni yashirsang, uni isitmasi oshkor qiladi deyishadi. Inson qachongacha yolg‘on gapirishni o‘ziga odat qilib yurishi mumkin, bu holat bir kun bo‘lmasa, bir kun kelib ma’lum bo‘ladi va eng asosiysi, keyinchalik unga hech kim ishonmay qo‘yishi, odamlarning ishonchidan chiqishdek oliy jazo bormikin dunyoda.
Oilada bolalarga yoshlikdan to‘g‘ri gapirishni o‘rgatmasangiz, uning ko‘zi oldida ota-ona, aka-ukalar bir-birlariga yolg‘on gapirib boshlasalar, bola ham hamma narsa shunday bo‘lar ekan, xohlagan paytda xohlagan odamni aldash mumkin ekan degan tushunchaga kelishi tabiiy hol. Asta-sekinlik bilan bola o‘zining nooqilona ishlari, xatti-harakatlarini ota-onasidan yashirib, yolg‘on ishlatib, o‘z ota-onasini aldab boshlaydi. Ota-ona farzandni ne orzu havaslar bilan boqib katta qiladi, o‘stiradi, emay-edirib, kiymay-kiydiradi. Ammo, kuni kelib o‘z farzandingiz sizga yolg‘on gapirib, o‘ta muhim oilaviy ishlarda aldasa va bu hol surunkali davom etaversa, o‘sha ota-onaning ahvolini ko‘z oldingizga keltirishingiz mumkin. Ba’zi hollarda ota-onalar bunday xiyonatni ko‘tara olmaydilar. Birinchi galda sog‘lig‘iga putur etadi, eng
achinarlisi, organizmda qaytmas holatlar yuzaga kelishi mumkin. Odatda yolg‘on aralashgan joyga, u qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar, jinoyat kirib keladi. Jinoyat bu qonunga xilof ish, bu jinoyatchilik, asabiylashish, ruhiyatning buzilishi va baribir aylanib kelib masala inson sog‘lig‘iga va aholi salomatligiga taqalaveradi.
Men hamisha bir savolni ko‘proq o‘zimga takror-takror beraveraman, yoshlarimiz yolg‘on gapirishni, odamlarni aldashni kimdan o‘rganadilar? Achchiq bo‘lsa ham bir haqiqatni tan olish kerakki, ular bu illatni biz kattalardan o‘rganadi va o‘zlashtirib oladilar. Odatda falsafa, diniy nuqtai nazardan, bu dunyoning o‘zi yolg‘onchi dunyo deyishadi. SHaxsan men o‘zim bu fikrga unchalik qo‘shilavermayman, inson dunyoga bir marta keladi, bu real hayot, bu yolg‘onchi dunyo emas kim uchundir shundaydir ham, shu boisdan ham bu dunyoda hammani aldash kerakmi, chin dunyoda chin gapirish uchun. Mamlakatimiz mustaqillikni chinakamiga qo‘lga kiritib, yangi hayot qurish maqsadida chinakamiga bel bog‘lab, yaratuvchilik ishlari bilan kelajakda avlodlarimizga farovon hayotni qoldirish yo‘lida tinim bilmay zahmat chekayotgan bir paytda, men hayotimizga yolg‘on aralashishini hech qachon xohlamagan bo‘lar edim.
To‘g‘ri so‘zli, imon-e’tiqodli, vijdonli fuqarolari ko‘p yurtda odamlar bir-birlariga yolg‘on gapirib aldamaydilar, bir-birlarining sog‘liqlariga ham putur etkazmaydilar. Bu borada hali jamiyatimizda qilinadigan ishlar juda ko‘p. YOlg‘onchilikdek nosog‘lom ijtimoiy me’yorni kamaytirish, iloji bo‘lsa uni jamiyatdan, umuman yo‘qotishda, jamiyatimizda to‘g‘ri so‘zli, haqiqatgo‘y, vijdonli, bilimli va komil insonlarni tarbiyalash birinchi galda, ota-onalar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Qolaversa, bu butun jamoatchilikning muqaddas burchidir! 49




49 Matn I.K.Abdullaev, Z.J.Mutalovalarning “Ijtimoiy me’yorlar va inson salomatligi” kitobidan
olindi. T.:2007y. 84-86 b

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish