Zarurat bo‘lmay turib, o‘zboshimchalik bilan poezdni to‘xtatish —
eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
YUk poezdlarida o‘zboshimchalik bilan yurish, poezd yurib ketayotganda poezdga chiqish va poezddan tushish, vagonlarning zinapoyalarida va tomlarida ketish —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
modda.Metropolitendanfoydalanishqoidalarinibuzish
Metropolitendan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
modda.Uchishxavfsizligiqoidalarinibuzish
Aerodrom mintaqasida aerodromlarni aniqlash uchun qabul qilingan belgilar va qurilmalarga o‘xshash biron bir belgi va qurilmalar o‘rnatish yoki aeroport, aerodrom ma’muriyatining ruxsatisiz pirotexnika buyumlarini yoqish yoxud havo kemalarining uchishi uchun xavfli bo‘lgan va parrandalarning ko‘plab yig‘ilishiga sabab bo‘luvchi ob’ektlar qurish —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Binolar va inshootlarda tungi va kunduzgi aniqlash belgilari yoki qurilmalarini o‘rnatish qoidalarini bajarmaganlik —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Aerodrom uskunalarini, aerodrom belgilarini, havo kemalarini va ularning uskunalarini shikastlantirish —
eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tegishli ruxsati bo‘lmay turib aeroportlar (aerovokzallardan tashqari), aerodromlar, uchishni radio va yorug‘lik bilan ta’minlab turuvchi ob’ektlar hududida piyoda yoki transportda yurish —
eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mast holdagi ekipaj a’zolarining havo kemasini boshqarishiga ijozat berish —
ekipaj a’zolarini havo kemasini boshqarishga ijozat berish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Oldingitahrirgaqarang.