Oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


I-BOB. O'ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY SIYOSAT NAZARIY



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/35
Sana25.06.2021
Hajmi1,05 Mb.
#101375
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
mustaqillik yillarida ozbekistonda ijtimoiy- siyosat va uning mohiyati

I-BOB. O'ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY SIYOSAT NAZARIY 

ASOSLARINING YARATILISHI 

1.1.  O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning 

huquqiy-normativ asoslari 

O'zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so'ng,  jamiyatda  bozor  iqtisodiyotiga 

o'tish  jarayonida  aholini  ijtimoiy  himoyasini  ta'minlash  davlat  siyosatining  bosh 

yo'nalishi  bo'lib  qoldi.O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  "shok 

terapiyasi" to'g'risida gap ham bo'lishi mumkin emasligini, "bozor ko'pchilik uchun 

ozor"  bo'lmasligini,  O'zbekistonga  xalqimizning  nogironlar,  nafaqadorlar,  ko'p 

bolali  oilalar,  o'quvchilardan  iborat  nochor  tabaqalarini  ayaydigan  bozor 

kerakligini qayta-qayta ta'kidlab o'tgan. 

I.A.Karimovning  «Aholining  muhtoj  tabaqalarini  ijtimoiy  himoyalash  sira 

kechiktirib  bo'lmaydigan,  eng  ustuvor  vazifa,  amaliy  harakatlarning  eng  asosiy 

qoidasi»

1

deb  aytgan  fikri  ham  O'zbekistonda  ijtimoiy  siyosat  sohasiga 



mustaqillikning ilk kunlaridanoq alohida e'tibor qaratilganligini ko'rsatadi. 

 Binobarin,  mamlakatda  o'tkazilayotgan  barcha  islohotlarning  asl  maqsadi 

insonga  munosib  turmush  sharoitlarini  vujudga  keltirishdir.  Prezident  Islom 

Karimov  tomonidan  ishlab  chiqilgan,  jahon  tan  olgan  besh  tamoyilning  muhim 

qismi aholini kuchli ijtimoiy himoyalash ekanligi ham shu bilan bog'liqdir.  

"Bu  tamoyil,  birinchidan,  o'zbek  xalqining  mentalitetidan,  tarixiy  madaniy 

qadriyatlaridan  kelib  chiqsa,  ikkinchidan,  o'tish  davrining  dastlabki  bosqichidagi 

aholi  tarkibi,  bozor  islohotlari  aholi  turmush  darajasi  ancha  past  holda  saqlanib 

turgan  sharoitda  boshlanganligini  ham  nazarda  tutadi.  Bu  vaqtda  O'zbekiston 

aholisi jon boshiga to'g'ri keladigan real daromadlar, ish haqi miqdori, oziq-ovqat 

mahsulotlari,  zarur  hayotiy  ehtiyoj  buyumlari,  uy  -  joy,  ijtimoiy  -  madaniy 

muassasalar,  maishiy  xizmat  bilan  ta'minlanish  darajasi  bo'yicha  sobiq  ittifoq 

respublikalari  o'rtasida  oxirgi  o'rinlardan  biriga  tushib  qoldi.  Mavjud  demografik 

vaziyat  -   aholi  sonining  muttasil  o'sib  borishi  yuqoridagi  ko'rsatkichlarga  yanada 

                                                           

1

Karimov I.A. O‟zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod va mafkura. - T.,1996. - 323-b. 



 


 

 

kuchliroq  ta'sir  o'tkazayotgan  edi.  Uchinchidan,  o'tish  davrida,  bozor  tan 



olmaydigan korxonalar va faoliyat turlari, samarasiz ishlayotgan ishlab chiqarishga 

barham  berildi.  Bu  ishchi  va  xodimlar  muayyan  qismining  vaqtincha  ishsiz 

qolishiga  yoki  ularni  qayta  tayyorlashni  taqozo  etardi.  Natijada,  ularni  ham 

ijtimoiy himoyalash zarurati paydo bo‟ldi

1

". 


O'zbekiston  hukumati  ana  shu  besh  tamoyil  asosida  o'tish  davrida  aholini 

ijtimoiy  himoyalash  yuzasidan  zarur  choralar  ko'rdi.  Bu  choralar  odamlarning 

turmush  darajasini  keskin  pasayib  ketishining  oldini  olishda  muhim  rol  o'ynadi 

hamda respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlash omili bo'ldi.  

O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining "Faqatgina biz tanlagan bosqichma - 

bosqich,  tadrijiy  rivojlanish  yo'li  xalqimiz  ko'zlagan  ezgu  niyatlarga  erishishga, 

zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq 

va  erkinliklari  eng  oliy  qadriyat  bo'lgan,  qonun  ustuvorligini  ta'minlaydigan 

jamiyat  barpo  etishga  olib  kelishi  muqarrar.  Buni  hayotimizning  o'zi  bugun 

isbotlab  bermoqda"

2

,  -  deb  aytgan fikri  ham  O'zbekistonda  amalga  oshirilayotgan 



islohotlarning insonlar turmush tarzini yaxshilashga qaratilganligini ko'rsatadi.  

O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya tizimi mavjud iqtisodiy, ijtimoiy 

vaziyatdan  kelib  chiqqan  holda  aholining  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  bo'lgan 

qismini  himoya  qilishga  qaratilgan  iqtisodiy,  huquqiy,  ijtimoiy,  tashkiliy  chora-

tadbirlar  majmuini  qamrab  olgan.  Ijtimoiy  himoya  yoshi,  salomatligi,  ijtimoiy 

ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli ta'minlanmagani tufayli yordamga muhtoj 

fuqarolarning  to'laqonli  hayot  kechirishi  va  faoliyat  ko'rsatishini  ta'minlashga 

qaratilgan davlat siyosatidir.  

Ijtimoiy  himoyaning  asosiy  maqsadi  aholi  farovonligining  to'xtovsiz 

yaxshilanishini  ta'minlash,  aholi  qatlamlari  o'rtasida  ta'lim,  madaniyat,  kasb 

malakasi,  daromadlari  jihatidan  keskin  tafovutlarga  barham  berish,  jamiyat 

                                                           

1

www.lex.uz 



2

Karimov I.A. Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish  – yorug‟ 

kelajagimizning asosiy omilidir. O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag‟ishlangan tantanali 

marosimdagi nutqi. – T., 2013.– 5-b. 




 

 

tomonidan  har  bir  kishiga  munosib  hayot  darajasini  va  inson  taraqqiyotini 



ta'minlashga yordam berishdan iborat

1

.  



Davlatning kuchli ijtimoiy siyosat yuritishi ham ijtimoiy adolat qoidalari bilan 

mustahkam 

bog'liqdir.Shuning 

uchun 


ham 

O'zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasida aholini ijtimoiy himoya qilishga alohida e'tibor qaratilgan. 

"Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat 

va  qonuniylik  prinsiplari  asosida  amalga  oshiradi"

2

,  -  deb  belgilab  qo'yilganligi 



inson  va  insonlarning  farovon  hayot  kechirishlarida  qabul  qilingan  qonunlar  va 

dasturlar bo'yicha ijtimoiy - iqtisodiy qurilish borasida bosqichma - bosqich hamda 

izchillik  bilan  amalga  oshirilib,  inson  oliy  qadriyat  sifatida  baholanayotganligini 

ko'rsatadi. 

Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab  respublikada  aholini  ijtimoiy 

himoya  qilishning  qonuniy  asoslarini  yaratilgan.  O'zbekiston  Respublikasining 

1991-yil  18-noyabrida  "O'zbekiston  Respublikasida  nogironlarni  ijtimoiy  himoya 

qilish  to'g'risida"gi  qonuni  qabul  qilingan.  Ushbu  qonun  nogironlarga  huquq  va 

erkinliklarni  ro'yobga  chiqarishda  O'zbekiston  Respublikasining  boshqa  barcha 

fuqarolari  bilan  teng  imkoniyatlarni  ta'minlash,  ularning  turmush  faoliyatidagi 

cheklashlarni  bartaraf  etish,  nogironlarni  to'laqonli  hayot  kechirishlariga, 

jamiyatning  iqtisodiy  va  siyosiy  turmushida  faol  qatnashishlariga,  shuningdek 

o'zlarining  fuqarolik  burchlarini  bajarishlariga  imkon  beradigan  qulay  shart  - 

sharoit yaratish maqsadida davlatning nogironlarga oid siyosatini belgilaydi. 

Ushbu qonunda  nogironlar huquqiy  mavqeini asoslari ham belgilab berilgan 

bo'lib, unga ko'ra "Nogironlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa 

qonun hujjatlari  bilan  mustahkamlab  qo'yilgan  barcha ijtimoiy    -  iqtisodiy  hamda 

shaxsiy  huquq  va  erkinliklarga  egadirlar.  Nogironlarni  kamsitish  taqiqlanadi  va 

qonunga muvofiq jazolanadi"

3

, - deyilgan. 



O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1992-yil  17-iyulda 

"O'zbekiston  Respublikasida  nogironlarni  ijtimoiy  himoya  qilish  masalalari" 

                                                           

1

Rasulov M. Inson taraqqiyoti to‟g‟risida maruza // O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. T. 4. – T., 2002. 90-b. 



2

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 14 - modda 5-b. 

3

“O‟zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‟g‟risida”gi Qonun. – T., 1991. – 2-modda.  




 

 

to'g'risidagi  qarori  qabul  qilingan.  Qarorda  nogironlik  guruhlarini  belgilash 



mezonlari,  ijtimoiy  yordam  turlari  va  ushbu  yordamlarni  berish  zarurligiga  olib 

keluvchi  jarohatlar  va  nuqsonlar  oqibatlari  hamda  kasalliklarning  ro'yxati  ham 

berilgan. 

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1992-yil  28-iyulida  "O'zbekiston 

mustaqilligining 1 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan respublikaning ijodkor 

va tibbiyot xodimlariga imtiyozlar berish to'g'risida"gi Farmoni qabul qilingan. 

Ushbu  Farmonda  Respublikaning  ijodkor  va  tibbiyot  xodimlarini  ijtimoiy 

muhofaza qilishni kuchaytirish, moddiy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash 

masalalariga  alohida  e'tibor  qaratilgan  bo'lib,  O'zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  "Barcha  turdagi  maktablarning  o'qituvchilariga,  bolalar  uylarining 

tarbiyachilariga  qo'shimcha  imtiyozlar  berish,  yuqori  sinf  o'qituvchilarining  ish 

haqini  oshirish  to'g'risida"gi  1990-yil  13-noyabrida  chiqarilgan  Farmonining  ba'zi 

qismlarini respublikaning ijodkor va tibbiyot xodimlariga ham tatbiq etish nazarda 

tutilgan. 

 Farmonga ko'ra: "- ular yashab turgan davlat va idoralarga qarashli uylar va 

xonalar shaxsiy mulk qilib bepul topshirilsin; 

- yer  uchastkalari  va  yakka  tartibdagi qurilishga  sotib  olish  uchun  binokorlik 

materiallar birinchi navbatda ajratib berilsin"

1

, - deyilgan. 



O'zbekiston  Respublikasining  1993-yil  3-sentabrida    "Fuqarolarning  davlat 

pensiya ta'minoti to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan.  Ushbu qonunda O'zbekiston 

Respublikasi  fuqarolarining  qariganda,  mehnat  qobiliyatini  to'liq  yoki  qisman 

yo'qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta'minlanishdan iborat konstitutsiyaviy 

huquqlarini huquqlarini ro'yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, 

ularni  tayinlash,  hisoblab  chiqarish,  qayta  hisoblash  va  to'lash  tartibi  belgilab 

berilgan. 

                                                           

1

O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining  “O‟zbekiston mustaqilligining 1 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan 



respublikaning  ijodkor  va  tibbiyot  xodimlariga  imtiyozlar  berish  to‟g‟risida”gi  Farmoni.  –  T.,  1992.  //  Norma. 

Информационно – поисковые системы. 




 

 

Qonunda pensiyani tanlash huquqi borasida ham modda mavjud bo'lib, unda:  



"Davlat  pensiyalarining  turli  xillarini  olish  huquqiga  ega  bo'lgan  fuqarolarga 

ularning o'zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi"

1

, - deyilgan. 



1994-yil  24-avgustda  Prezidentning  "Kam  ta'minlangan  oilalarni  ijtimoiy 

himoya  qilishni  kuchaytirishga  oid  tadbirlar  to'g'risida"gi  Farmoni  qabul 

qilindi.Farmonga  ko'ra  1994-yilning  oktabridan  davlat  kam  daromadli  oilalarga 

faol  yordam  bera  boshladi,  mana  shunday  oilalarga  moddiy  yordam  joriy 

etildi.Respublikada  kam  daromadli  oilalarga  nafaqa  tayin  etilishi  aslida  misli 

ko'rilmagan ish, zamonaviy ijtimoiy himoya tizimini vujudga keltirish edi.Bunday 

yordam odamlarga yain turadigan mahalla yig'inlarida amalga oshiriladigan bo'ldi. 

Masalan, 1995-yilda 500 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarga mahalla komitetlari 

orqali jami 6 milliard so'm moddiy yordam berildi

2



1995-yil  20-dekabrda  qabul  qilgan  "Aholining  omonatlardagi  va  davlat 

sug‟urtasi bo‟yicha pul mablag‟larini indeksatsiya qilish to‟g‟risida"gi Farmoni ana 

shunday  insonparvar  siyosatning  yorqin  dalili  bo‟ldi.  Farmonga  binoan  1992-

yilning yanvariga qadar jamg‟arma bankiga pul qo‟ygan millionlab fuqarolarning 

mablag‟lari  qaytarib  berildi.Farmon  asosida  Vazirlar  Mahkamasi  maxsus  qaror 

qabul  qildi.  Mazkur  Farmon  va  qaror  vatanimizda  yashayotgan  bironta  keksa-yu 

yoshni  befarq  qoldirmadi.  5  milliondan  ortiq  omonatchilar,  o‟z  pullarini  qaytarib 

oladigan bo‟ldi. 

Shuni  alohida  aytish  kerakki,  mustaqillikning  birinchi  kunidan  boshlab, 

hukumatimiz  ijtimoiy  hayotni  yaxshilashga  qaratilgan  har  bir  chora-tadbirni  o‟z 

vaqtida amalga oshirib, xalq oldida bergan va'dasini qat'iy ravishda bajarib keldi. 

Indeksatsiyalangan  pul  mablag‟larining  1996-yil  1-iyuldan  fuqarolarga 

qaytarila boshlagani ham ushbu insonparvar siyosatning yorqin namunasidir

3



1995-yil  2-martda  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  "O‟zbekiston 

Respublikasi  davlat  va  jamiyat  qurilishida  xotin-qizlarning  rolini  oshirish  chora-

tadbirlari  to‟g‟risida"gi  Farmoni  chiqdi.  1998-yil  "Oila  yili",  1999-yil  "Ayollar 

                                                           

1

«Fuqarolarning davlat pensiya ta‟minoti to‟g‟risida»gi qonuni. – T.,  1993. – 4-modda. 



2

Jo‟raev N., Fayzullaev T. Mustaqil O‟zbekiston tarixi. – T., 2009. – 248-b. 

3

O‟sha manba. 248-bet. 




 

 

yili"  deb  e'lon  qilindi.  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2004-yil  25-



maydagi  "O‟zbekiston  xotin-qizlar  qo‟mitasi  faoliyatini  qo‟llab-quvvatlash 

borasidagi  qo‟shimcha  chora  tadbirlar  to‟g‟risida"gi  Farmoni  va  O‟zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  shu  Farmonning  ijrosini  ta'minlash  chora-

tadbirlari to‟g‟risidagi 2004-yil 30-iyunda qabul qilingan qarori va boshqa bir qator 

me'yoriy  hujjatlar  xotin-qizlarning  obro‟-e'tiborini  oshirish  va  mustahkamlash, 

ularning  jamiyat  hayotida  faol  ishtirok  etishlari  uchun  zarur  shart-sharoitlar 

yaratish,  oila,  mahalla,  qishloq  va  ovullarda  diniy,  ma'rifiy  ishlar  bo‟yicha 

maslahatchilar tayinlash respublikamizda yashayotgan dinidan, irqidan, millatidan 

qat'i  nazar  barcha  xotin-qizlar  faolligini  oshirish  davlat  siyosati  darajasiga 

ko‟tarilganligidan dalolat beradi

1



O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1996-yil  10-dekabrda  bolali 



oilalarga  ijtimoiy  yordam  berilishini  kuchaytirish,  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish 

borasidagi  chora-tadbirlarni  ro‟yobga  chiqarishda  fuqarolarning  o‟zini  o‟zi 

boshqarish organlarining roli va mas'uliyatini oshirish maqsadida "Bolali oilalarni 

davlat tomonidan qo‟llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‟g‟risida"gi yana bir 

muhim Farmon qabul qilindi.  

Farmonda  "14  yoshgacha  voyaga  yetmagan  bolalari  bo‟lgan  oilalarga  har 

oylik  nafaqalar  fuqarolarning  o‟zini  o‟zi  boshqarish  organlari  (shaharchalar, 

qishloqlar,  ovullar,  mahallalar  fuqarolarining  yig‟inlari)  tomonidan  oilalarning 

shunday  nafaqaga  muhtojligi  hisobga  olingan  holda  tayinlanadi  va  to‟lanadi"

2

  ,  - 



deb belgilab berilgan. 

Farmondan  kelib  chiqqan  holda  1997-yil  1-yanvardan  boshlab  fuqarolarning 

o‟zini  o‟zi  boshqarish  yig‟inlari  orqali  yordamga  muhtoj,  bolali  oilalarga 

bolalarning  soniga  qarab  eng  oz  ish  haqining  50  foizidan  boshlab  175  foizigacha 

nafaqalar  beriladigan  bo‟ldi.  Bu  borada  ijtimoiy  adolat  tamoyillariga  og‟ishmay 

rioya  etish,  keng  oshkoralik  va  ochiqlikni  ta'minlash,  ajratilgan  mablag‟lardan 

maqsadli va samarali foydalanishga erishish lozimligi qayd qilindi. 1997-yilda 16 

                                                           

1

Shodieva D.A. Jazoni o‟tab qaytgan xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish//Xalq ta‟limi. 2012/1. – 128-b. 



2

O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining    «Bolali  oilalarni  davlat  tomonidan  qo‟llab-quvvatlashni  yanada 

kuchaytirish to‟g‟risida»gi Farmoni. – T.,1996 // Norma. Информационно – поисковые системы. 



 

 

yoshgacha  bo‟lgan  farzandi  bor  oilalarga  nafaqa  to‟lash  uchun  9,6  milliard  so‟m 



sarflandi. 

O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrda "Oliy 

o‟quv  yurtlari  professor  –  o‟qituvchilari  tarkibining  ish  haqini  oshirish 

to‟g‟risida"gi qarori qabul qilingan. 

Ushbu qaror Oliy ta'lim tizimini pedogogik kadrlar bilan mustahkamlash, oliy 

maktab pedogoglarining yoshlarni tarbiyalashdagi rolini oshirish maqsadida qabul 

qilingan. 

Qarorda  "1997-yil  1-dekabrdan  boshlab  oliy  o‟quv  yurtlari  rahbarlari  va 

professor  –  o‟qituvchilari  tarkibining  lavozim  maoshlari  mehnatga  haq  to‟lash 

yagona  tarif  setkasi  bo‟yicha  razryadlarni  oshirish  hisobiga  o‟rtacha  25  foizga 

oshirilsin"

1

, - deb belgilab berilgan. 



O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999-yil  7-dekabrda 

"2000-2005-yillarda  yolg‟iz  keksa  pensionerlar  va  nogironlarni  ijtimoiy  himoya 

qilishni  kuchaytirishga  qaratilgan  chora-tadbirlar  dasturi  to‟g‟risida"gi  qarori  

qabul qilindi. 

Qarorda  "Moddiy  -  texnikaviy  bazani  mustahkamlash  uchun  qo‟shimcha 

mablag‟lar  jalb  etish  maqsadida  keksalar  va  nogironlar  internat  uylariga, 

reabilitatsiya  markazlariga  ularning  pulli  xizmatlar  ko‟rsatishiga,  homiylar, 

investorlar  mablag‟larini,  shu  jumladan  xorijiy  homiylar  va  investorlar 

mablag‟larini ham jalb qilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik 

korxonalar tashkil etishga ruxsat berilsin"

2

, - deb belgilab berilgan. 



Ushbu qaror yolg‟iz keksalarni, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya 

qilishni kuchaytirish, ularning  ijtimoiy ta'minot va uy  - joy - maishiy sharoitlarini 

yaxshilash  yuzasidan  ehtiyojlarni  yanada  to‟laroq  qondirish  maqsadida  qabul 

qilingan. 

                                                           

1

O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  “Oliy o‟quv yurtlari professor  – o‟qituvchilari tarkibining ish 



haqini oshirish to‟g‟risida”gi Qarori. – T., 1997 // Norma. Информационно – поисковые системы 

2

O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «2000  -  2005  yillarda  yolg‟iz  keksa  pensionerlar  va 



nogironlarni  ijtimoiy  himoya  qilishni  kuchaytirishga  qaratilgan  chora-tadbirlar  dasturi  to‟g‟risida»gi  Qarori.  –  T., 

1999 // NORMA. Информационно – поисковые системы 




 

 

2001-yil  13-fevralda  aholining  ijtimoiy  himoyasi  bo‟yicha  davlat 



boshqaruvini mukammallashtirish maqsadida Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta'minot 

vazirligi  birlashtirilib,  O‟zbekiston  Respublikasi  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy 

muhofaza  qilish  vazirligi  tashkil  etildi.  Vazirlik  tizimidagi  14  ta  – 

Qoraqalpog‟iston  Respublikasi  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish 

vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 

bosh  boshqarmalari,  joylardagi  tuman  va  shahar  ijtimoiy  ta'minot  bo‟limlari 

ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  aholi  qatlamlarini  pensiyalar  va  nafaqalar  bilan 

ta'minlash,  davlat  tomonidan  belgilangan  yordam,  imtiyozlar  va  kafolatlarning 

manzilli  yetkazilishini  tashkillashtirish  va  nazoratini  olib  borish  vazifalarini 

bajaradi


1

O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2004-yil  3-mayda  



"Ikkinchi  jahon  urushi  qatnashchilarini  rag‟batlantirish  to‟g‟risida"gi  qarori  qabul 

qilingan. 

 Ushbu  qaror  Umumxalq  bayrami  –  9-may  –  Xotirava  qadrlash  kuni 

o‟tkazilishi,  shuningdek  1941-1945-yillardagi  Ikkinchi  jahon  urushida  fashizm 

ustidan  qozonilgan  g‟alabaning  59  yilligi,  2004-yil  "Mehr  va  muruvvat  yili"  deb 

e'lon  qilinganligi  munosabati  bilan  va  urush  qatnashchilarini  moddiy 

rag‟batlantirish  maqsadida  qabul  qilingan  bo‟lib,  qarorda  "Ikkinchi  jahon  urushi 

nogironlari va qatnashchilariga 18000 (o‟n sakkiz ming) so‟m miqdorida bir yo‟la 

beriladigan pul mukofoti belgilansin"

2

, - deb belgilab berilgan. 



2007-yil  19-martda  qabul  qilingan  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

"Aholini 

ijtimoiy 

himoya 


qilish 

tizimini 

yanada 

takomillashtirish 

vamustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‟g‟risida"gi Farmoni muhim ahamiyatga 

ega.  Mazkur  hujjat  aholining  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  qatlamlarini  qo‟llab-

quvvatlash  va  ular  uchun  munosib  turmush  sharoitini  ta'minlashga  qaratilgan 

islohotlarning mantiqiy davomidir. 

                                                           

1

www.lex.uz 



2

O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Ikkinchi  jahon  urushi  qatnashchilarini  rag‟batlantirish 

to‟g‟risida”gi Qarori. – T., 2004. // NORMA. Информационно – поисковые системы 

 



 

 

Ushbu  Farmon  aholining  yordamga  muhtoj  qatlamlarini  ijtimoiy  himoya 



qilishni  kuchaytirish,  barcha  ijtimoiy  muassasalar  xodimlari  mehnatiga  haq 

to‟lashni yaxshilash, shuningdek, nogironlar, qariyalar va yolg‟iz fuqarolar uchun 

internat-uylar,  urush  va  mehnat  faxriylari  sanatoriylari,  nogironlar  reabilitatsiya 

markazlarining  moddiy-texnika  bazasini  tubdan  mustahkamlash  bo‟yicha  keng 

ko‟lamli  chora-tadbirlar  majmuini  ko‟zda  tutadi.  Yuqoridagi  chora-tadbirlarni 

to‟liq amalga oshirish uchun asosan davlat byudjeti hisobidan qo‟shimcha ravishda 

yiliga 31,5 milliard so‟m ajratilmoqda. 

2008-yilda  O‟zbekistonda  ijtimoiy  maqsadlar  uchun  davlat  byudjetidan 

ajratiladigan  mablag‟larning  umumiy  hajmi  barcha  byudjet  xarajatlarining 

55 foizini  tashkil  etadi,  bevosita  kam  ta'minlangan  oilalarga  ijtimoiy  yordam 

ko‟rsatish  uchun  esa  byudjetning  9  foizga  yaqin  qismi  (460  milliard  so‟m) 

sarflanadi. Bu ko‟rsatkich ushbu maqsadlar uchun xarajatlar umumiy byudjetining 

2  foizdan  5  foizgachasini  tashkil  etadigan  MDHning  boshqa  davlatlari  va 

dunyoning ko‟pchilik rivojlangan mamlakatlaridagiga qaraganda ancha yuqoridir. 

2008  yilda  hammasi  bo‟lib  oilalarning  28  foizini  ijtimoiy  nafaqalar  va  moddiy 

yordam to‟lovlari bilan ta'minlash nazarda tutilmoqda. 

Shuningdek,  Farmonda  ehtiyojmand  oilalarga  davlat  tomonidan  ijtimoiy 

yordam  ko‟rsatish  mexanizmlarini  amalga  oshirishda  fuqarolarning  o‟zini  o‟zi 

boshqarish  organlari  rioya  etishi  lozim  bo‟lgan  asosiy  tamoyillar  yanada 

takomillashtirildi

1

.  Bu,  avvalambor,  ijtimoiy  adolat,  xolislik  va  oshkoralik 



tamoyillariga  qat'iy  amal  qilish,  moddiy  yordamni  haqiqiy  ehtiyojmand  oilalarga 

berish, ajratilgan mablag‟lardan maqsadli va samarali foydalanishdan iborat. 

O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008-yil  22-oktyabrdagi  "Ish  haqi, 

pensiyalar,  stipendiyalar  va  ijtimoiy  nafaqalar  miqdorini  oshirish  to‟g‟risida"gi 

Farmoni  qabul  qilingan  bo‟lib,  unga  ko‟ra  pensiya  va  ijtimoiy  nafaqalarni  qayta 

hisoblash tartibi to‟g‟risida yo‟riqnoma ishlab chiqilgan. 

                                                           

1

O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining    «Aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  tizimini  yanada  takomillashtirish  va 



mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‟g‟risida»gi Farmoni.  – T., 2007 // Norma. Информационно – поисковые 

системы 


 


 

 

Farmonga  muvofiq  "2008-yilning  16-noyabridan  quyidagilarning  eng  kam 



miqdori belgilanadi: 

a) ish haqi oyiga 28 040 so‟m; 

b) yoshga doir pensiyalar - oyiga 55 550 so‟m; 

v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 55 550 so‟m; 

g)  zarur  ish  stajiga  ega  bo‟lmagan  keksa  yoshdagi  va  mehnatga  layoqatsiz 

fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga - 33 645 so‟m"

1

 qilib belgilab berilgan. 



"O‟zbekistan  Respublikasi  aholisini  2010-yilgacha  bo‟lgan  davrga 

mo‟ljallangan  ijtimoiy  himoya  tizimining  yagona  konsepsiyasi"  ishlab  chiqilgan. 

Unda  respublikada  mavjud  bo‟lgan  ijtimoiy  ximoya  ijtimoiy  yordam,  pensiya 

ta'minoti,  bolalarga  nafaqa  to‟lash,  yolg‟iz  keksalarga  xizmat  ko‟rsatish, 

nogironlarni protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan ta'minlash, 

shuningdek  mehnat  va  ijtimoiy  jihatdan  tiklash,  tibbiy  xizmat,  ishsizlarni  ishga 

joylashtirish  va  moddiy  yordam  berish,  bir  yo‟la  yordam  tizimlari  asoslarida 

amalga oshirilishi belgilangan

2

 .  


O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyunda "Dafn 

etishga  nafaqa  tayinlash  va  to‟lash  tartibi  to‟g‟risidagi  nizomni  tasdiqlash 

haqida"gi qarori qabul qilingan. 

Dafn  etishga  nafaqa  tayinlash  va  to‟lash  tartibi  to‟g‟risidagi  ushbu  Nizom 

"Dafn etish va dafn ishi to‟g‟risida"gi O‟zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq 

dafn etishga nafaqa tayinlash va nafaqa to‟lash tartibini belgilab beradi. 

Nizomga  muvofiq  "Nafaqa  marhumning  eriga  (xotiniga),  ota  -  onasiga, 

farzandlariga  va  boshqa  qarindoshlariga  yoki  marhumning  qonuniy  vakiliga, 

bunday  shaxs  bo‟lmagan  taqdirda  esa  -  dafnni  amalga  oshirish  majburiyatini 

zimmasiga olgan boshqa shaxsga tayinlanadi va to‟lanadi. 

                                                           

1

O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Ish  haqi,  pensiyalar,  stipendiyalar  va  ijtimoiy  nafaqalar  miqdorini 



oshirish to‟g‟risida”gi Farmoni. – T., 2008. – 1-bandi // Norma. Информационно – поисковые системы 

2

Rasulov M. Inson taraqqiyoti to‟g‟risida maruza // O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. T. 4. – T., 2002. 91-b. 




 

 

Nafaqa  O‟zbekiston  Respublikasi  fuqarolariga,  shuningdek  O‟zbekiston 



Respublikasida  doimiy  yashaydigan  xorijiy  fuqarolarga  va  fuqaroligi  bo‟lmagan 

shaxslarga beriladi"

1

,  - deb belgilab berilgan. 



2004-yil  7-sentabrda  O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

tomonidan  qabul  qilingan  qarorga  muvofiq  "Respublika  bolalar  ijtimoiy 

moslashuvi  markazi"  tashkil  etilgan  bo‟lib,  keyingi  yillarda  ushbu  markaz 

faoliyatini  yanada  rivojlantirish  bo‟yicha  bir  qancha  chora  -  tadbirlar  ishlab 

chiqildi. 

2012-yil  28-iyunda  O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

"Respublika 

bolalar 


ijtimoiy 

moslashuvi 

markazi 

faoliyatini 

yanada 

takomillashtirish  to‟g‟risida"gi  qarorining  qabul  qilinishi  Respublika  bolalar 

ijtimoiy  moslashuvi  markazining  ijtimoiy  nochor  guruhlarga  kiradigan  bolalarga 

va ularning oilalariga, shuningdek iqtidorli bolalarga ijtimoiy - pedogogik, huquqiy 

hamda  axborot  -  ta'lim  yordami  ko‟rsatish  bo‟yicha  faoliyatini  yanada 

rivojlantirish va kengaytirishni ta'minlash maqsadini ko‟zda tutadi. 

Qarorga  muvofiq  "  Markaz  tuzilmasida  shtatdagi  xodimlari  soni  4  nafardan 

borat  bo‟lgan  alohida  iqtidorli  bolalarning  muammolarini  o‟rganish,  ularning 

individual  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  iqtidorli    va  talantli  bolalarga 

psixologik  -  pedogogik  yordam  ko‟rsatishni    ta'minlash  bo‟limi  tashkil  etish"ga

2

 

alohida ahamiyat qaratilgan. 



O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2014-yil  20-yanvarida 

"Respublika  bolalar  ijtimoiy  moslashuvi  markazining  himoyaga  muhtoj  bolalarni 

ijtimoiy  muhofaza  qilishni  muvofiqlashtrish,  nazorat  qilish  va  monitoringini  olib 

borish bo‟yicha Jamoftchilik kengashi hamda Ilmiy - metodik kengashi faoliyatini 

tashkil etish to‟g‟risida"gi qarori qabul qilingan. 

Qarorda  "Respublika  bolalar  ijtimoiy  moslashuvi  markazining  himoyaga 

muhtoj  bolalarni  ijtimoiy  muhofaza  qilishni  muvofiqlashtirish,  nazorat  qilish  va 

                                                           

1

O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Dafn  etishga  nafaqa  tayinlash  va  to‟lash  tartibi  to‟g‟risidagi 



nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori. – T., 2011 // Norma. Информационно – поисковые системы 

2

O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Respublika  bolalar  ijtimoiy  moslashuvi  markazi  faoliyatini 



yanada takomillashtirish to‟g‟risida”gi Qarori. – T., 2012 // Norma. Информационно – поисковые системы 


 

 

monitoringini  olib  borish  bo‟yicha  Jamoatchilik  kengashi  to‟g‟risidagi  nizom"ni



1

 

tasdiqlash ko‟zda tutilgan. 



O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2013-yil  15-fevralda 

"Kam  ta'minlangan  oilalarga  ijtimoiy  nafaqalar  va  moddiy  yordam  tayinlash  va 

to‟lash tartibi to‟g‟risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilingan. 

Ushbu  qaror  Vazirlar  Mahkamasining  "Ijtimoiy  nafaqalarni  tayinlash  va 

to‟lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‟g‟risida" 2012-yil 12- 

dekabrdagi  qaroriga  muvofiq  hamda  kam  ta'minlangan  oilalarni  ijtimoiy  himoya 

qilishning manzilliligini kuchaytirish maqsadini ko‟zlab qabul qilingan. 

Qarorda  "Respublika  "Mahalla"  xayriya  jamoat  fondi  O‟zbekiston 

Respublikasi  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi  hamda  Moliya 

vazirligi  bilan  birgalikda  2013-yilning  birinchi  choragida  aholi  o‟rtasida 

ehtiyojmand  oilalarga  ijtimoiy  nafaqalar  va  moddiy  yordam  tayinlash  va  to‟lash 

tartibi to‟g‟risida keng tushuntirish ishlarini olib borsin"

2

, - deb belgilab berilgan. 



Shunday  qilib  mustaqillik  yillarida qabul qilingan  Farmon, Farmoyish, qaror 

va  qonunlarning  barchasi  mamlakatda  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  tizimini 

shakllantirish, kam ta'minlangan va ko‟p bolali oilalarni moddiy tomondan qo‟llab-

quvvatlash,  boquvchisiz  qolgan  yolg‟iz  keksalar  va  nogironlarga  g‟amho‟rlik 

qilish,  yangi  ish  o‟rinlarini  yaratish,  sog‟liqni  saqlash  va  ta'lim  tizimida  ko‟plab 

islohotlar o‟tkazish, umuman bir so‟z bilan aytganda xalqimiz turmush darajasini 

yanada oshirishda muhim omil bo‟ldi deb ayta olamiz. 


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish