Oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


II-BOB. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY SIYOSAT



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/35
Sana25.06.2021
Hajmi1,05 Mb.
#101375
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Bog'liq
mustaqillik yillarida ozbekistonda ijtimoiy- siyosat va uning mohiyati

II-BOB. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY SIYOSAT 

BO‟YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR 

2.1.  Mustaqillik yillarida kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish 

borasidagi islohotlar 

Mustaqillikning  dastlabki  murakkab,  iqtisodiy  tanglik  yillarida  odamlarning 

turmush darajasini muvofiqlashtirish maqsadida davlat yo‟li  bilan boshqarishning 

ko‟pdan-ko‟p  usullari  va  uslublaridan  foydalanildi.  Jumladan,  miqdori  doimo 

o‟zgartirib  turilgan  ish  haqi,  pensiyalar,  stipendiyalar,  turli  nafaqalar, 

kompensatsiya    to‟lovlari  tarzidagi  bevosita  pul  to‟lovlari,  imtiyozlar  va  turli 

dotatsiyalar tarzidagi to‟lovlarni joriy qilish usuli keng qo‟llanildi

1



Prezident  I.A.Karimov  o‟z  nutqlarida  "Tariximizga  kirib  kelayotgan  buyuk 

marra  munosabati  bilan  o‟tgan  davr  mobaynida  hayotimiz  sifati,  mamlakatiz 

qiyofasi  qanday  o‟zgarib  borayotgani,  qanday  yutuq  va  natijalarga  erishganimiz, 

ijtimoiy yo‟naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va 

fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish  yo‟lida  qanday  sur'atlar  bilan  rivojlanib 

borayotganimizni baholash ehtiyoji tug‟ilmoqda"

2

, - deb ta'kidlab o‟tgan. 



Ijtimoiy  himoya  va  ijtimoiy  ta'minot  tizimini  takomillashtirish  va  bu  sohada 

davlat boshqaruvini oqilona tashkil etish maqsadida tashkiliy - ma'muriy islohotlar 

ham amalga oshirildi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida qator nodavlat 

va notijorat ijtimoiy jamg‟armalar tashkil etildi.  

O‟zbekistonda  aholini  ijtimoiy  himoyalashda  davlat  bilan  bir  qatorda  bir 

qancha  ijtimoiy  jamg‟arma  va  tashkilotlar  ham  samarali  faoliyat  olib  bormoqda. 

Ijtimoiy  jamg‟armalar  yoki  yuridik shaxslar  tomonidan ihtiyoriy  ravishda  mulkiy 

ulush  qo‟shish  orqali  shakllantirilgan  tashkilotlar  bo‟lib,  ularning  asosiy  maqsadi 

hayriya,  ijtimoiy,  madaniy  va  ma'rifiy  faoliyat  yuritish  orqali  jamiyat  ijtimoiy 

taraqqiyotiga  hissa  qo‟shishdan  iboratdir.  Mamlakatimizda  qonun  doirasida 

faoliyat yuritayotgan, adliya vazirligidan ro‟yxatdan o‟tgan ijtimoiy jamg‟armalar 

                                                           

1

Jo‟raev N., Fayzullaev T. Mustaqil O‟zbekiston tarixi. – T., 2009. – 243-b. 



2

Karimov I.A. “Mustaqillik  – barcha ezgu reja va marralarimizning mustahkam mezonidir” risolasi  – O‟zbekiston 

Respublikasi  davlat  mustaqilligining  yigirma  ikki  yilligiga  bag‟ishlangan  tantanali  marosimdagi  tabrik  so‟zini 

o‟rganish bo‟yicha o‟quv qo‟llanma. – T., 2013. – 54-b. 




 

 

soni  ellikdan  oshadi.  Ijtimoiy  jamg‟armalar  o‟z  faoliyatlari  orqali  ijtimoiy 



barqarorlikni va taraqqiyotni ta'minlashga samarali ta'sir ko‟rsatadi

1



Aholining  ijtimoiy  himoyalanishiga  muntazam  e'tibor  berar  ekan,  respublika 

hukumati  islohotlarning  birinchi  bosqichidagi  tajriba  asosida  inson  va  oila 

hayotining barcha sohalarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning butun bir 

tizimini  shakllantirishga  erishdi.  Aytish  mumkinki,  mustaqillik  yillarida  narxlar 

erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi keskin ortib borishi munosabati 

bilan  daromadlarning  eng  kam  va  o‟rtacha  darajasini  muntazam  oshirish ijtimoiy 

himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng muhim yo‟nalishlardan biri bo‟lib keldi 

va  hozirgi  kunda  ham  shunday  bo‟lib  qolmoqda.  Bu  yo‟nalish  aholining  barcha 

tabaqalarini  istisnosiz  qamrab  oldi  va  islohotlarning  dastlabki  davrida  keng 

miqyosda  qo‟llanildi.  Boshqa  mamlakatlardan  farqli  o‟laroq,  O‟zbekistonda 

daromadlar nisbatini o‟zgartirish ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg‟arma 

banklaridagi  aholi  omonatlari  stavkalarining  eng  oz  miqdorlarini  bir  vaqtning 

o‟zida markazlashtirilgan tarzda qayta ko‟rib chiqish yo‟li bilan amalga  oshirildi. 

1995-yilda  Respublika  davlat  byudjetining  29,3  %  ijtimoiy-madaniy  tadbirlarga, 

21,8 foizi esa ijtimoiy himoyaga ajratildi

2



1992-1996-yillarda  non  va  go‟sht  mahsulotlari,  sut,  qand-shakar,  o‟simlik 

moyi, kir sovun, bolalarga kerakli ayrim mollar, kommunal va transport xizmatlari 

uchun  dotatsiyalar  qisman  saqlab  qolindi.  Shu  tufayli  daromad  darajasi  turlicha 

bo‟lgan  oilalar  bulardan  bir  qadar  foydalanish  imkoniyatiga  ega  bo‟ldi. 

Islohotlarning  dastlabki  bosqichida  sobiq  Ittifoqning  ko‟pgina  mamlakatlarida 

aholining  asosiy  qismi  yoppasiga  qashshoqlashgan  bir  paytda  O‟zbekistonda 

amalga  oshirilgan  tadbirlar  muhim  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo‟ldi.  Odamlarning 

islohotlarni jadallik bilan olib borishga ishonchini kuchaytirdi. 

Mustaqillikning  ilk  kunlaridanoq  "eng  kam  ish  haqi  va  pensiyalardan  soliq 

olinmaydigan  bo‟ldi.  Korxonalarning  o‟z  xodimlariga  ijtimoiy  yordam  ko‟rsatish 

sohasidagi xarajatlaridan bir qismi byudjet mablag‟lari hisobidan qoplanib turildi. 

                                                           

1

www.press-reliz.uz 



2

Jo‟raev N., Fayzullaev T. Mustaqil O‟zbekiston tarixi. – T., 2009. – 244-b. 




 

 

Keng  iste'mol  mollari  va  xizmatlarning  ko‟pgina  qismi  bo‟yicha  narxlardagi 



tafovutlarning o‟rni qoplandi. Shu bilan birga qo‟shimcha ijtimoiy imtiyozlar ham 

joriy qilindi. Masalan, boshlang‟ich sinf o‟quvchilari va yolg‟iz pensionerlar uchun 

bepul  nonushtalar,  2  yoshgacha  bo‟lgan  bolalar  uchun  bepul  ovqat,  maktab 

o‟quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzonlashtirilishi kabi imtiyozlar berildi. 

Shuningdek,  ko‟pgina  toifadagi  fuqarolarga  turarjoyi  shaxsiy  mulk  qilib  bepul 

berildi, ba'zi  turdagi kommunal  xizmatlar haqini to‟lashda  yengilliklar  joriy  etildi 

va hokazo"

1



1994-yilga  kelib  O‟zbekistonda  aholini  ijtimoiy  himoyalash  tizimi  tubdan 

o‟zgartirildi. Ijtimoiy ko‟mak berishning mutlaqo yangi ilg‟or tizimi shakllantirildi. 

Bu tizimning mohiyati shundan iboratki, mamlakatimizning kelajagi hisoblanmish 

bolalar  va  kam  daromadli  oilalar  bu  yordamdan  bahramand  bo‟luvchi  asosiy 

kishilar  bo‟lib  qoldi.  Endi  hamma  nafaqalar  va  moddiy  yordam  faqat  oila  orqali 

yetkazib  beriladigan  bo‟ldi.  Oila  asosiy  mavqega  ega  bo‟ldi.  Bunday  yondashuv 

umuminsoniy  qadriyatlarga,  milliy  an'analarga va  ruhiyatga  mos keladi, fuqarolar 

jamiyatining ijtimoiy tashkiloti tizimida oila egallaydigan o‟rniga muvofiq keladi

2



Ijtimoiy  ko‟maklashuvning  yangi  tizimida  farzand  tug‟ilganda,  bir  yo‟la 



beriladigan  to‟lovlar  saqlab  qolinishi  bilan  birga  nafaqalar  va  imtiyozlarning 

quyidagi  turi  ham  amalga  oshiriladigan  bo‟ldi.  Masalan,  birinchidan,  bola 

boquvchi  onalarga  to‟lanayotgan  nafaqaning  miqdori  ko‟paytirilibgina  qolmay, 

uning muddati ham uzaytirildi. Ilgari bunday yordam bir yarim yilgacha to‟langan 

bo‟lsa,  endi  bu  muddat  uch  yilgacha  uzaytirildi.  Ishlovchi  onalar  ham, 

ishlamaydigan onalar ham, bu nafaqadan foydalanadigan bo‟ldilar.  

Masalan  1995-yil  ijtimoiy  himoyaga  ajratilgan  mablag‟ning  3  foizi  onalarga 

ikki  yoshgacha  farzandlarini  parvarish  qilish  uchun  ajratildi.  Boshqa  davlatlardan 

farqli o‟laroq O‟zbekistonda bu nafaqa ish haqining eng oz miqdoriga bog‟liq qilib 

qo‟yildi.  Bu  avval  boshdanoq  pulning  qadrsizlanishi  oshganda  nafaqalarning  ana 

shu  turining  indeksatsiyalanishini  ta'minlaydi.  Bolalarga  beriladigan  yigirmadan 

                                                           

1

Jo‟raev N. Konstitutsiya: iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy himoya//Sog‟lom avlod uchun. – T., 2012/4. – 3-b. 



2

Jo‟raev N., Fayzullaev T. Mustaqil O‟zbekiston tarixi. – T., 2009. – 244-b. 




 

 

ziyod turli nafaqalar o‟rniga 1994-yilning sentabridan boshlab barcha bolali oilalar 



uchun yagona nafaqa joriy etildi. Masalan, 1995-yilda ijtimoiy himoyaga ajratilgan 

mablag‟ning  51  foizi  oilalarga  ularning  farzandlariga  ikki  yoshga  to‟lgunlaricha 

parvarish qilish uchun ajratildi

1



Davlat  tomonidan  bolalarni  boqish  va  tarbiyalashga  qilinadigan  sarf-

xarajatlarning bir qismini oilalarga kompensatsiya tarzida beribturildi, ayni vaqtda 

ota-onalarning mas'uliyati kuchaytirildi. Beshta va undan ko‟proq bolali oila uchun 

nafaqaning  eng  ko‟p  miqdori  avvaliga  eng  kam  ish  haqining  yarmi  miqdorida, 

1996-yilga kelib eng kam ish haqining to‟la stavkasi darajasida belgilab qo‟yildi. 

Aholining  kam  ta'minlangan  qatlamlarining  davlat  tomonidan  moddiy 

ta'minlash  doimiy  ravishda  takomillashtirib  borilmoqda.  1997-yil  sentabr  oyidan 

boshlab,  har  yili  1-sinf    o‟quvchilariga  bepul  o‟quv  anjomlari,  darsliklarni  berish 

joriy  etildi,  kam  ta'minlangan  oilalarning  boshlang‟ich  sinflarda  o‟qiydigan 

bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yo‟lga qo‟yildi

2



Shuni alohida ta'kidlash kerakki, istiqlol yillarida eng kam ish haqi va boshqa 



to‟lovlar odatda,  oldindan  ko‟paytirib kelindi,  narx-navo o‟zgarishi  bilan  bog‟lab 

olib  borildi,  bu  esa  aholining  to‟lov  qobiliyati  saqlanib  qolishini  ta'minladi  va 

turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‟l qo‟ymadi. 

Iqtisodiyot  tarmoqlari  bo‟yicha  ishchi  va  xizmatchilarning  oylik  o‟rtacha  ish 

haqi  birgina  1996-yil  dekabriga  kelib,  1995-yil  dekabriga  nisbatan  2,6  barobarga 

o‟sdi.Daromadlar miqdorini o‟zgartirish orqali aholini ijtimoiy himoyalash chora-

tadbirlari  tizimida  1993-yilda  joriy  etilgan  yangi  Yagona  tarif  setkasi  ham  aholi 

ijtimoiy  himoyasida  katta  ahamiyatga  ega  bo‟ldi.  Bu  chora  barcha  toifadagi 

xodimlarning ish haqi miqdorlarini tarif koyeffitsiyentlari orqali eng kam ish haqi 

vositasi bilan bevosita o‟zaro bog‟lash imkonini berdi

3



Natijada  ish  haqini  oshirish  yo‟li  bilan  aholining  o‟rtacha  ish  haqi,  pul 



daromadlari o‟z-o‟zidan osha bordi. Shu bilan birga respublikaning ichki iste'mol 

bozorini  himoya  qilish  hamda  oziq-ovqat  va  nooziq-ovqat  mollari  asosiy  turlari 

                                                           

1

Jo‟raev N., Fayzullaev T. Mustaqil O‟zbekiston tarixi. – T., 2009. – 248-b. 



2

O‟sha manba. – 248-b.  

3

O‟sha manba. – 249-b. 




 

 

iste'molini  muayyan  darajada  saqlab  turish  chora-tadbirlari  ko‟rilganligi  ham 



aholini ijtimoiy jihatdan himoyalashning ikkinchi eng muhim yo‟nalishi bo‟ldi. 

1991-1998-yillar  mobaynida  davlat  ixtiyorida  bo‟lgan  1  milliondan  ortiq 

kvartiraning  98  foizini  fuqarolarning  xususiy  mulkiga  aylantirish  jarayonidahar  3 

kavrtiraning  bittasi  urush  faxriylari,  o‟qituvchilar  va  ijodkor  ziyolilarga  bepul 

berilganini ta'kidlash lozim

1



Respublikada  narx-navoni  erkinlashtirish  sohasida  qo‟shni  mamlakatlarga 

nisbatan  birmuncha  mo‟tadil  siyosat  o‟tkazilganligi  iste'mol  bozorini  himoyalash 

zaruratini  keltirib  chiqardi.  Bu  O‟zbekiston  rubl  mintaqasida  turgan  bir  paytda 

nihoyatda  muhim  edi.  Aksariyat  respublika  ehtiyojlari  uchun  valyutaga  xarid 

qilingan un, o‟simlik moyi, qand-shakar va boshqa taqchil mahsulotlar respublika 

tashqarisiga olib chiqib ketilishi hollari yuz berdi

2



Iste'mol bozori barbod bo‟lishiga yo‟l qo‟ymaslik uchun O‟zbekistonda ishlab 



chiqarish yaxlit tizimini vujudga keltirishga hayotiy muhim masala sifatida qaraldi, 

mahsulotlarni  tashqariga  olib  chiqib  ketilishini  bojxonalar  orqali  qat'iy  nazorat 

qilish  va  yuqori  boj  to‟lovlari  joriy  etish  yo‟li  bilan  amalga  oshirildi.  Dastlab, 

murakkab  bir  paytda  iste'mol  mollarini  sotib  olish  uchun  bir  marta,  so‟ngra  esa 

ko‟p  marta  ishlatiladigan  kuponlarni  muomalaga  kiritish,  kundalik  zarur 

tovarlarning cheklangan turlarini me'yorlangan tarzda sotishni tashkil etish ko‟zda 

tutilgan edi. Bu tizim o‟zini to‟la oqladi. U bozorni pishiq-puxta himoya qilibgina 

qolmay,  savdo  tarmog‟iga  barcha  zarur  oziq-ovqat  mahsulotlarini  va  kundalik 

xarid  mollarini  muntazam  ravishda  chiqarib  turishni  ta'minlash,  ularni  iste'mol 

qilish hajmlarini kamaytirmaslik imkonini berdi. O‟tish davri qanchalik murakkab 

bo‟lmasin, bu tizim respublikaning barcha aholisiga hayotiy muhim mahsulotlarni 

iste'mol  qilish  va  xizmatlardan  bahramand  bo‟lish  sohasida  ishonchli  ijtimoiy 

kafolatlarni ta'minlab berdi. 

Ayni  vaqtda  respublikada  iste'molchilarning  manfaatlarini  himoya  qilishning 

mutlaqo  yangi  tizimiga  o‟tishga  tayyorgarlik  ishlari  olibborildi.  Yangi  tizimning 

                                                           

1

Bekmurodov A., G‟afurov U., Mustafaqulov SH., Kattaev N. Bu muqaddas vatanda azizdir inson. – T., 2010. – 28-



b.  

2

Jo‟raev N., Fayzullaev T. Mustaqil O‟zbekiston tarixi. – T., 2009. – 245-b. 




 

 

mohiyati  ichki  narxlarni  jahon  narxlari  darajasiga  tez  tenglashtirib  olish  va 



aholining daromadlarini shunga muvofiq ravishda oshirishni ko‟zda tutadi. Bunday 

islohot  sharoitida  ijtimoiy  himoyaning  yangidan-yangi  shakllarini  qidirib  topishni 

taqozo  etadi.  Jumladan,  milliy  valyutani  muomalaga  kiritish,  uning  ichki 

almashuvini  ta'minlash  sohasida  amalga  oshirilgan  tashkiliy  va  iqtisodiy  chora-

tadbirlarning ko‟rilishi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo‟ldi. 

Mamlakatda  ichki  bozorni,  xalqimiz  manfaatlarini  faqat  baquvvat  milliy 

valyutagina  himoya  qilishi  mumkin, degan  qat'iy  xulosaga  kelindi. Buning  uchun 

milliy  valyutamiz,  asosan,  o‟zimizda  ishlab  chiqarilgan  zarur  miqdordagi  tovar 

bilan, keng  eksport  faoliyati  hisobiga  to‟plangan  salmoqli  valyuta-zaxiralari  bilan 

mustahkamlangan bo‟lishi kerak edi. 

Milliy valyuta joriy  etilgach, islohotlar birinchi bosqichining oxirlariga kelib 

(1995-yil),  oziq-ovqat  mahsulotlarini  me'yorlangan  tarzda  sotishdan  butunlay  voz 

kechish va erkin narxlarga o‟tish imkoniyati tug‟ildi

1



Erkin  narxlarga  esa  "esankirashlarsiz"  o‟tishga  muvaffaq  bo‟lindi.  Buni 

O‟zbekistondagi  iqtisodiy  islohotlar  birinchi  bosqichining  muhim  natijasi,  deb 

baholash mumkin. 

Mustaqillikning  dastlabki  davridan  boshlab  aholining  kam  ta'minlangan 

qismini  qo‟llab-quvvatlash  borasida  ko‟rilgan  chora-tadbirlar,ijtimoiy  siyosatni 

amalga oshirishning muhim yo‟nalishlaridan biri bo‟ldi

2



"Biz, - degan edi I.Karimov, - aholining ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalari  - 



pensionerlar, nogironlar, ko‟p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‟quvchi 

yoshlar,  shuningdek,  qayd  etilgan  miqdorda  daromad  oluvchi  kishilarni  himoya 

qilish davlatning muqaddas burchidir, degan qoidaga asoslanib ish tutdik". 

Ish  haqini  oshirish  bilan  birga  barcha  toifadagi  maktablarning  muallimlari, 

bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy 

va o‟rta maxsus o‟quv yurtlarining professor-muallimlari va ilmiy xodimlari, ijodiy 

va  tibbiy  xodimlarni  ijtimoiy  himoyalash  va  ularning  mehnatini  rag‟batlantirish 

                                                           

1

Jo‟raev N., Fayzullaev T. Mustaqil O‟zbekiston tarixi. – T., 2009. – 246-b. 



2

Jo‟raev N. Konstitutsiya: iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy himoya//Sog‟lom avlod uchun. – T., 2012/4. – 3-b. 




 

 

maqsadida  ularga  qo‟shimcha  moddiy  ne'matlar  -  kvartira  haqi  va  kommunal 



to‟lovlar  sohasida  imtiyozlar  berildi,  yakka  tartibda uy-joy  qurib  olish  uchun  yer 

uchastkalari  birinchi  navbatda  ajratiladigan  bo‟ldi.  Masalan,  o‟qituvchilarning 

davlat  va  tashkilotlar  tomonidan  berilgan  uylari  bepul  xususiylashtirildi.  35  ming 

841 kishiga shaxsiy qurilish uchun yer uchastkasi berildi

1

.  


O‟tgan  20  yil  ichida  aholi  yalpi  daromadlari  8,6  barobar  oshib,  uning 

tarkibida  yangi  daromad  turi  -  mulkdan,  tadbirkorlik  faoliyatidan  keladigan 

daromadlar  ulushi  10,6  foizdan,  47,0  foizga  ko‟paydi.  Aholi  yalpi  daromadlarida 

oylik ish haqining ulushi 30 - 32% darajasida barqaror saqlanib turibdi

2

.   


Davlatning  ijtimoiy  sohasi  uchun  sarflangan  xarajatlari,  aholi  jon  boshiga 

hisoblaganda,  5  martadan  ko‟proq  oshdi,  har  yili  Davlat  byudjetining  qariyb  60 

foizi  sog‟liqni  saqlash,  ta'lim,  kommunal  xo‟jalik  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza 

qilish bilan bog‟liq boshqa sohalarni rivojlantirish uchun yo‟naltirilmoqda

3



Yana shuni aytish o‟rinliki, Mustaqillik yillarida o‟quvchi yoshlarni ijtimoiy 



himoyalashga,  ularga  ishlab  chiqarishdan  ajralgan  holda  o‟qib,  bilim  olish  uchun 

zarur  sharoit  yaratishga  ham  doimo  e'tibor  berildi.  Oliy  o‟quv  yurtlari 

talabalarining,  texnikumlar  va  hunar-texnika  bilim  yurtlari  o‟quvchilarining, 

aspirantlarning stipendiyalari shu yillar mobaynida bir necha marta oshirildi. 

Bundan  tashqari  yoshlarni  ijtimoiy  himoyalashning  boshqa  shakllari  -  ovqat 

narxining  bir  qismini  qoplaydigan  qo‟shimcha  to‟lovlar,  maktab  oshxonalari  va 

tamaddi  xonalari  qo‟shimcha  xarajatlarining  bir  qismini  byudjet  mablag‟lari 

hisobidan  qoplash,  jamoat  transportida  arzon  haq  to‟lash  va  boshqa  yengilliklar 

joriy  etildi.  Milliy  an'analarni  nazarda  tutib,  birinchi  bor  nikohdan  o‟tayotgan 

kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi 

belgilandi. 

                                                           

1

Jo‟raev N., Fayzullaev T. Mustaqil O‟zbekiston tarixi. – T., 2009. – 246-b. 



2

www.press-reliz.uz 

3

Karimov  I.A.  Demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  – 



mamlakatimiz  taraqqiyotining  asosiy  mezonidir.  “O‟zbekiston  respublikasi  iqtisodiy  –  ijtimoiy  taraqqiyotining 

mustaqillik  yillaridagi  (1990  –  2010  yillar)  asosiy  tendensiya  va  ko‟rsatkichlari  hamda  2011  –  2015  yillarga 

mo‟ljallangan prognozlari” statistik to‟plamiga yozilgan so‟zboshi. – T., 2011. – 328-b. 



 

 

1991-yildan  buyon  mamlakatimizda  onalar  va  bolalar  o‟limi  3  baravar 



kamaydi.  So‟ngi  5  yilda  sport  bilan  shug‟ullanadigan  10-14  yoshdagi  o‟g‟il 

bolalarning bo‟yi o‟rtacha 2,3, qiz bolalarning bo‟yi 2 santimetrga o‟sgani, vazni 

esa  tegishli  ravishda  2,6  va  2,9  kilogrammga  oshganini  ham  shu  boradagi  ijobiy 

ko‟rsatkichlar sifatida qayd etish mumkin

1



Mamlakatimizda  ona  va  bola  salomatligi,  yoshlar  va  oilalar  ijtimoiy 



muhofazasi  yo‟lida  nodavlat  notijorat  tashkilotlarning  ham  o‟rni  salmaqli. 

Hususan,  jismonan  sog‟lom,  ma'nan  yetuk,  ruhan  tetik  farzandlar  tarbiyalashni 

ta'minlashni,  onalik  va  bolalikni  muhofaza  qilishni,  oilalarda  sog‟lom  avlod 

tug‟ilishi uchun yuksak ma'suliyat psixologiyasini shakllantirishni o‟z maqsadi va 

sharafli  vazifasi  deb  bilgan  "Sog‟lom  avlod  uchun"  xalqaro  xayriya  jamg‟armasi 

bir qator xayrli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. 

Jumladan,  respublikamizdan  bemor  va  nogiron  bolalarni  sog‟lomlashtirish 

bo‟yicha Jamg‟arma, Sog‟liqni saqlash vazirligi va Germaniyaning "Friyedenzdorf 

Interneyshnl"  xalqaro  tashkiloti  o‟rtasida  tuzilgan  3  tomonlama  shartnomaga 

asosan,  2002-yildan  buyon  bemor  bolalar  Germaniya  klinikalarida  davolanishga 

yuboriladi.  O‟zaro  hamkorlik  doirasida  o‟tgan  davr  mobaynida  206  nafar  bemor 

bolalar  terining  kuyish  asoratlari,  tug‟ma  qo‟l  -  oyoq  bo‟g‟imlari  kasalliklari  va 

boshqa  tashxislar  bilan  Germaniyaning  nufuzli  klinikalarida  sog‟liqlarini  tiklab 

qaytdi.  Shuningdek,  Germaniyaning  mazkur  xalqaro  xayriya  tashkilotining 

moliyaviy  yordami  bilan  2004-yildan  bugungi  kunga  qadar  yuqori  lab  va 

tanglayning  tug‟ma  nuqsonlari  bo‟lgan,  kam  ta'minlangan  oilalardagi  bemor 

bolalar respublikamiz klinikalarida operatsiya qilinib, sog‟lomlashtirilmoqda

2



"Sog‟lom  avlod  uchun"  xalqaro  xayriya  jamg‟armasining  bemor  va  nogiron 

bolalarni sog‟lomlashtirish bo‟yicha 2008-yildan buyon amalga oshirib kelayotgan 

dasturlaridan  biri  bu  Janubiy  Koreyalik  mutaxassislar  bilan  hamkorlikda  yurak 

tug‟ma  nuqsoni  bo‟lgan  bemor  bolalarni  Janubiy  Koreya  klinikalarida 

                                                           

1

Inomova S. Oila farovonligida ijtimoiy muhofazaning ahamiyati // Sog‟lom avlod uchun. -2012/12. 2-b. 



2

O'sha manba. 3-b. 




 

 

sog‟lomlashtirish  dasturidir.  Ushbu  dastur  doirasida  o‟tgan  yillar  mobaynida  40 



dan ziyod bemor bolalar jarrohlik yo‟li bilan sog‟lomlashtirildi

1

.  



Poytaxtimizda  2011-yil  25-26-noyabr  kunlari  "O‟zbekistonda  ona  va  bola 

sog‟ligini  muhofaza  qilishning  milliy  modeli:  "Sog‟lom  ona  –  sog‟lom  bola" 

mavzusida  xalqaro  simpozium,  2012-yil  16-17-fevral  kunlari  "Yuksak  bilimli  va 

intelektual  rivojlangan  avlodni  tarbiyalash  -  mamlakatni  barqaror  taraqqiy  ettirish 

va  modernizatsiya  qilishning  eng  muhim  sharti"  mavzuidagi  xalqaro 

konferensiyalarning  bo‟lib  o‟tishi  va  unda  ishtirok  etgan  yirik  tashkilot 

vakillarining  e'tiroflari

2

    ham  yurtimizda  onalik  va  bolalikni  muhofaza  qilish 



masalasiga alohida e'tibor qaratilganligini ko‟rsatadi. 

Bundan  tashqari  2013-yil  davomida  aholi  salomatligini  muhofaza  qilish, 

sog‟liqni  saqlash  tizimini  takomillashtirish  va  samarasini  oshirish,  profilaktika 

ishlarini kuchaytirish bo‟yicha ham ko‟plab ishlar amalga oshirildi.  

  Tug‟ruq  yoshidagi  7  million  ayol  hamda  7  million  300  ming  nafar  bola 

tibbiy  ko‟rikdan  o‟tkazildi,  195  ming  nafar  yolg‟iz  qariyalar,  nogiron  va 

pensionerlarga malakali tibbiy yordam ko‟rsatildi

3



  Yil  mobaynida  mamlakatimiz  bo‟yicha  311  milliard  so‟mlik  byudjet 

mablag‟i  hisobidan  146  ta  zamonaviy  tibbiyot  muassasasi  foydalanishga 

topshirildi.  Jumladan,  Andijon  viloyat  ko‟p  tarmoqli  tibbiyot  markazida  yangi 

davolash  korpusi  va  diagnostika  bo‟limi,  bolalar  kasalliklari  sanatoriysi  barpo 

etildi.  Qashqadaryo  viloyatining  Chiroqchi  tumanida  tibbiyot  birlashmasi, 

Surhandaryo  viloyatida  ko‟p  tarmoqli  bolalar  va  kattalar  tibbiyot  markazlari, 

Farg‟ona  viloyatining  O‟zbekiston  va  Qo‟shtepa  tumanlari  tibbiyot  birlashmalari 

va boshqa o‟nlab kasalxonalar tubdan rekonstruksiya qilindi

4



2007-yil  19-martda  qabul  qilingan  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 



"AHolini  ijtimoiy  himoya  qilish  tizimini  yanada  takomillashtirish  va 

                                                           

1

Inomova S. Oila farovonligida ijtimoiy muhofazaning ahamiyati // Sog‟lom avlod uchun. -2012/12. 3-b. 



2

O‟sha manba. 2-b. 

3

Karimov I.A. “Mustaqillik  – barcha ezgu reja va marralarimizning mustahkam mezonidir” risolasi  – O‟zbekiston 



Respublikasi  davlat  mustaqilligining  yigirma  ikki  yilligiga  bag‟ishlangan  tantanali  marosimdagi  tabrik  so‟zini 

o‟rganish bo‟yicha o‟quv qo‟llanma. – T., 2013. – 58-b. 

4

O‟sha manba. 59-b. 




 

 

mustahkamlashga  oid  chora-tadbirlar  to‟g‟risida"gi  Farmoniga  muvofiq  "2007 



yilning  1  setyabridan:  davlat  byudjetidan  kam  ta'minlangan  oilalarga  moddiy 

yordam  to‟lash  uchun  ajratiladigan  byudjet  mablag‟lari  hajmini,  ayni  vaqtda  uni 

tayinlash  va  to‟lash  muddatini  6  oygacha  uzaytirgan  holda,  1,5  baravarga 

oshirish"

1

    ko‟zda  tutilgan.  Bu  esa  davlat  byudjetidan  qo‟shimcha  ravishda  10 



milliard  so‟mdan  ortiq  mablag‟  ajratishni  talab  qiladi.  Buning  hisobidan  yil 

davomida  yana  100  ming  kam  ta'minlangan  oila  oylik  moddiy  yordam  olish 

imkoniga ega bo‟ladi. Ayni vaqtda moddiy yordam to‟lash muddati ikki baravar - 3 

oydan 6 oygacha uzaytirildi. 

Pensionerlar,  yolg‟iz  qariyalar  va  nogironlarga  ijtimoiy  yordam  ko‟rsatish 

xizmati  xodimlarini  moddiy  va  ma'naviy  rag‟batlantirishga  katta  e'tibor  berilgan. 

Farmonda  tibbiy-ijtimoiy  muassasalar  xodimlarini  moddiy  rag‟batlantirish  fondi 

miqdorini  15  foizdan  25  foizgacha  oshirish,  "Muruvvat"  bolalar  internat-uylari 

tarbiyachilari,  o‟quv-yordamchi  xodimlar  va  sanitarlar  ish  haqini  o‟rtacha  10 

foizga  ko‟paytirish  belgilab  qo‟yilgan.  Shuningdek,  nogiron  bolalar  bilan  olib 

boriladigan o‟quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish maqsadida "Muruvvat" internat-

uylari tarbiyachilari uchun ish me'yori 3 baravar, ya'ni har bir tarbiyachi uchun 15-

18  nafar  boladan  5-6  nafar  bolaga  kamaytirildi, bu  esa  xalqaro  me'yorlarga  to‟liq 

javob beradi. 

Mamlakatimizda  ishlab  chiqilgan  umummilliy  dasturlarning  izchil  amalga 

oshirilishi  orqali  ijtimoiy  soha  ob'ektlarining  ishga  tushirilishida  ham  muhim 

natijalar qo‟lga kiritiladi. Jumladan, 2009-yil davomida qishloq joylarda 197,2 km 

uzunlikdagi  tabiiy  gaz,  1665  km  uzunlikdagi  ichimlik  suv  tarmoqlari  quvurlarini 

tortish,  366  ta  qishloq  aholi  punktida  ichimlik  suv  ta'minoti  ob'ektlarini 

rekonstruksiya qilish, obodonlashtrish boshqarmalarini 2100 dona maxsus texnika 

bilan  ta'minlash,  134  ta  ko‟p  qavatli  uylarni  mukammal  ta'mirlash  ishlari  amalga 

oshirildi

2



                                                           



1

O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining    «Aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  tizimini  yanada  takomillashtirish  va 

mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‟g‟risida»gi Farmoni.  – T., 2007 // Norma. Информационно – поисковые 

системы. 

2

Bekmurodov A., G‟afurov U., Mustafaqulov SH., Kattaev N. Bu muqaddas vatanda azizdir inson. – T., 2010. – 26-



b. 


 

 

Respublikada  har  yili  davlat  byudjetini  qabul  qilishda  ayni  ijtimoiy  sohani 



rivojlantirishga  alohida  ahamiyat  beriladi.  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

ham  o‟z  nutqida  "Biz  o‟tgan  yillar  davomida  amalga  oshirgan  barcha  ezgu 

ishlarimizni  davom  ettirib,  kelgusida  ham  o‟z  tanlagan  yo‟limizdan  xech  qachon 

ortga  qaytmaymiz  va  Konstitutsiyamizda  belgilab  berilgan  barcha  oliyjanob 

maqsad - muddaolarimizni so‟zsiz amalga oshiramiz"

1

, - deb ta'kidlab o‟tgan. 



  2011-yilning  birinchi  yarmida  hududiy  dasturlarga  muvofiq  520,2  mingta 

yangi ish o‟rni, shundan 67,8 foizi qishloq joylarda tashkil etildi. Ish o‟rinlarining 

katta qismi - 331,2 mingtasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, jumladan, 131,8 

mingtasi xizmat ko‟rsatish va servis sohasida tashkil qilindi. Kasanachilikning turli 

shakllarini  kengaytirishga  doir  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  hisobidan  esa 

125,5 mingta ish o‟rni yaratildi

2



Natijada  joriy  yilning  birinchi  yarmida  nodavlat  sektorda  band  bo‟lganlar 



ulushi ish bilan band aholi umumiy sonining 78,1 foizini tashkil qildi. 2010-yilning 

shu  davrida  bu  ko‟rsatkich  77,1  foiz  edi.O‟rtacha  ish  haqi  va  pensiyalarning 

barqaror o‟sishi saqlab qolindi hamda o‟tgan yilning birinchi yarmidagiga nisbatan 

tegishli ravishda 28,1 va 24,5 foizga oshdi

3

.  


Joriy  yilning  birinchi  yarmida  oliy  va  o‟rta  maxsus,  kasb-hunar  ta'lim 

muassasalarining  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  ta'lim  standartlari 

hamda  dasturlarini  ishlab  chiqish  va  joriy  etish,  shuningdek,  iqtisodiyot 

tarmoqlarining  turli  soha  va  bilim  darajasiga  ega  kadrlarga  bo‟lgan  ehtiyojini 

ta'minlash uchun ularda kadrlarni sifatli tayyorlash ishlari davom ettirildi. Hisobot 

davrida 3 295 nafar o‟quvchiga mo‟ljallangan 16 ta umumta'lim maktabi qurildi va 

rekonstruksiya  qilindi.  40  dan  oshiq  o‟quv-laboratoriya  binolari  va  yotoqxonalar 

kapital ta'mirlandi

4

.  


                                                           

1

Karimov I.A. Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish  – yorug‟ 



kelajagimizning asosiy omilidir. O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag‟ishlangan tantanali 

marosimdagi nutqi. – T., 2013.– 5-b. 

2

O‟sha manba. 6-b. 



3

O‟sha manba. 6-b. 

4

O‟zbekiston  Respublikasini  2011  yilning  birinchi  yarmida  ijtimoiy  –  iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  to‟g‟risida 



(SBX, 33 son, 2011 yil 11 avgust). 


 

 

2013-yilda  ijtimoiy  himoya  sohasiga  ajratilgan  mablag‟lar  davlat  byudjeti 



umumiy harajatlarining 60 foizini tashkil etadi. Bu ko‟rsatkich 2012-yilga nisbatan 

1  trillion  so‟m  ko‟proq  mablag‟  sarflanganligini  ko‟rsatadi.  "2013-yilning  o‟zida 

qishloq  ahliga  uy  –  ro‟zg‟or  buyumlarini  sotib  olish  uchun  qariyb  68  milliard 

so‟mlik iste'mol kreditlari, yosh oilalarga uy - joy qurish va ularning shu boradagi 

intilishlarini moliyaviy qo‟llab - quvvatlash maqsadida 346 milliard so‟mdan ortiq, 

ya'ni  o‟tgan  yilga  nisbatan  10  foiz  ko‟p  ipoteka  kreditlari  ajratilganini  ta'kidlash 

zarur"

1

 dir. 



2013-yilda  aholi  bandligini  ta'minlash  maqsadida  970  mingdan  ortiq  ish 

o‟rinlari yaratildi. Ish o‟rinlarining 60 foizi qishloq hududlarida tashkil etilib, kasb 

-  hunar  kollejlarini  bitirgan  500  mingdan  ziyod  yigit  -  qizlarimiz  ishga 

joylashtrildi

2

.  


"2013-yilda yurtimizda ijtimoiy soha va aholini  ijtimoiy qo‟llab - quvvatlash 

harajatlarining tarkibida 8984,6 milliard so‟m hajmidagi mablag‟lar ta'lim - tarbiya 

sohasiga  sarflanishi  rejalashtirilgan  bo‟lib,  xarajatlarning  asosiy  qismini  tashkil 

etgan.  Qishloq  joylarda  yakka  tartibdagi  uy  -  joylar  qurishni  hamkorlikda 

moliyatirish  uchun  374,7  milliard  so‟m  miqdorida  mablag‟  sarflanishi  ko‟zda 

tutilgan"

3

.    


Joriy  yilda  300  mingga  yaqin  bola,  jumladan,  Orolbo‟yi  hududidan  4  ming 

500  nafar  o‟uvchi  hamda  kam  ta'minlangan  oilalarga  mansub  75  ming  nafar 

bolaning  yozgi  oromgohlarda  imtiyozli  dam  olishi  tashkil  etilib,  ularning 

salomatligi mustahkamlandi. 

"2012-yilda  byudjet  tashkilotlari  xodimlarining  ish  haqi  va  unga 

tenglashtirilgan  to‟lovlar  miqdorini  bosqichma  -  bosqich  ko‟paytirish  davom 

ettirilib, ish haqini inflyatsiya darajasidan yuqori bo‟lgan miqdorda oshirish uchun 

Davlat  byudjetidan  1,3  trillion  so‟m  mablag‟  ajratildi.  2012  yilning  1  yanvaridan 

                                                           

1

Karimov I.A. Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish  – yorug‟ 



kelajagimizning asosiy omilidir. O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag‟ishlangan tantanali 

marosimdagi nutqi. – T., 2013.– 5-b. 

2

Karimov I.A. “Mustaqillik  – barcha ezgu reja va marralarimizning mustahkam mezonidir” risolasi  – O‟zbekiston 



Respublikasi  davlat  mustaqilligining  yigirma  ikki  yilligiga  bag‟ishlangan  tantanali  marosimdagi  tabrik  so‟zini 

o‟rganish bo‟yicha o‟quv qo‟llanma. – T., 2013. – 54-b. 

3

O‟sha manba. 59-b. 




 

 

boshlab  yagona  ta'rif  setkasini  qayta  ko‟rib  chiqish  va  mehnatga  haq  to‟lashning 



bazaviy darajasini birinchi razryad miqdorida belgilash amalga oshirildi"

1



Xulosa  qilib  aytganda  Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar 

natijasida mamlakat aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil 

oshirib  borish,  fuqarolarga  ijtimoiy  madadni  kuchaytirish  maqsadida  har  yili 

byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiya 

hamda  nafaqalar  miqdori  oshirib  borilmoqda.  Bundan  tashqari  so‟g‟liqni  saqlash, 

ta‟lim sohasini rivojlantirish, qishloqlarda yashash sharoitini yanada yaxshilash va 

qulayliklar yaratish borasida ham ko‟plab ishlar amalga oshirilmoqda. 


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish