Oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


  Aholini ijtimoiy himoya qilish bo‟yicha qabul qilingan davlat



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/35
Sana25.06.2021
Hajmi1,05 Mb.
#101375
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
mustaqillik yillarida ozbekistonda ijtimoiy- siyosat va uning mohiyati

2.2.  Aholini ijtimoiy himoya qilish bo‟yicha qabul qilingan davlat   

dasturlari va ularning bajarilishi borasida amalga oshirilgan ishlar 

 

Mamlakatimiz  tarixida  ulkan  tadbirlarni  amalga  oshirish  bilan  bir  qatorda, 



juda  muhim  ijtimoiy  dasturlar  ham  qabul  qilinib,  ularning  muvaffaqiyatli  amalga 

oshirilishi  yurtimizning  gullab-yashnashida,  yoshlarimiz  tarbiyasida  o‟zining 

ijobiy  samarasini  bermoqda.  Mustaqillik  rejalari  ancha  mustahkamlanib,  jahon 

hamjamiyatida  munosib  o‟rin  egallaganimizdan  keyin,  1996-yilga  kelib  dastlabki 

ijtimoiy dasturlar qabul qilindi

2

.  



Mamlakatimizda  ijtimoiy  himoyaning  milliy  dastur  darajasiga  olib  chiqilishi 

bu tizimning muayyan yo‟nalishlariga har yili ustuvorlik berilishida ham ko‟rinadi. 

Ayollar, bolalar, qariyalar ko‟p bolali oilalar sog‟lom va barkamol avlodni voyaga 

yetkazish maqsadlarida tegishli dasturlar amalga oshirilmoqda

3



Yurtimiz Mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq har qaysi yilga alohida 



nom  berish  va  shu  asosda  Davlat  dasturlarini  qabul  qilish  an‟anaga  aylandi. 

Jumladan,  1997-yil  “Inson  manfaatlari  yili”,  1998-yil  “Oila  yili”,  1999-yil 

                                                           

1

Karimov I.A. “Mustaqillik  – barcha ezgu reja va marralarimizning mustahkam mezonidir” risolasi  – O‟zbekiston 



Respublikasi  davlat  mustaqilligining  yigirma  ikki  yilligiga  bag‟ishlangan  tantanali  marosimdagi  tabrik  so‟zini 

o‟rganish bo‟yicha o‟quv qo‟llanma. – T., 2013. – 60-b. 

2

Bekmurodov A., G‟afurov U., Mustafaqulov SH., Kattaev N. Bu muqaddas vatanda azizdir inson. – T., 2010. – 



115-b.

 

3



www.press-reliz.uz 


 

 

“Ayollar  yili”,  2000-yil  “Sog‟lom  avlod  yili”,  2001-yil  “Onalar  va  bolalar  yili”, 



2002-yil  “Qariyalarni  qadrlash  yili”,  2004-yil  “Mehr-muruvvat  yili”,  2005-yil 

“Sihat-salomatlik  yili”,    2013-yil  “Obod  turmush  yili”  va  2014-yil  esa  “Sog‟lom 

bola yili” deb nomlandi.  

Har  bir  yilga  bunday  alohida  nom  berilishida  ham  ma‟lum  bir  maqsad 

mavjud.    Yillarga  alohida  nom  berilishidan  maqsad  –  shu  muazzam  o‟lkada 

yashayotgan  har  bir  insonning  hayoti  yanada  mazmunli,  zavqli,  to‟laqonli 

bo‟lishiga  yetarli  sharoit  va  imkoniyatlarni  yaratishdan  iboratdir.  Har  bir 

yildainson  hayotining  qaysidir  jabhasini  o‟rganishga,  takomillashtirishga  zamin 

yaratuvchi dasturlar ishlab chiqildi va rejalashtirilgan vazifalar amalga oshirildi

1



Dastlab  1997-yil  “Inson  manfaatlari  yili”  deb  e‟lon  qilindi.  Dasturning  bosh 

maqsadi  –  hur  o‟lkamizda  yashayotgan  har  bir  inson  manfatiga  e‟tibor  berish, 

jamiyat manfaatlari bilan har bir shaxs manfaati uyg‟unligini ta‟minlash  va komil 

insonni tarbiyalash uchun qulay tarbiyaviy muhitni vujudga keltirish edi.  

Dastur  doirasida  davlat  byudjetidan  123milliard  so‟m  yoki  barcha  byudjet 

harajatlarining  qariyb  40%  ajratildi.  Shu  yili  6,7  million  kvadrat  metr  uy-joy 

foydalanishga topshirildi, 64 ming o‟quvchiga mo‟ljallangan maktablar, 1,5 ming 

bemorga mo‟ljallangan shifoxonalar, bir smenada 12 ming kishini qabul qiladigan 

poliklinikalar qurildi. Yangi ishga tushirilgan ijtimoiy soha ob‟yektlarining uchdan 

ikki qismi qishloqda barpo etildi

2



“Inson  manfaatlari  yili”  dasturining  mantiqiy  davomi  sifatida  1998-yil 



yurtimizda “Oila yili” deb e‟lon qilindi va “Oila yili”Davlat dasturi ishlab chiqildi. 

Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi orqali oilani ijtimoiy himoya qilish 

ko‟lamlarini  yanada  kengaytirish  va  kuchaytirishga  alohida  e‟tibor  qaratildi. 

Jumladan,  Oila  kodeksi  qabul  qilindi.  Prezident  Islom  Karimovning  tashabbusi 

bilan Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.  

Oila  manfaatlarini  taminlash  borasidagi  davlat  dasturi  kompleks  mazmunga 

ega  bo‟lib,  u  bir  yuz  ellikdan  ortiq  tadbirni  o‟z  ichiga  oladi.  1998-yilda  ushbu 

                                                           

1

Bekmurodov  A.,  G‟afurov  U.,  Mustafaqulov  SH.,  Kattaev  N.  Bu  muqaddas  vatanda  azizdir  inson.  –  T.,  2010.  – 



116-b.  

2

O‟sha manba. 116-b. 




 

 

tadbirlarni  bajarish  uchun  davlat  byudjetidan  144,8  milliard  so‟m  mablag‟ 



ajratildi

1

.  



Mamlakatimizda  2000-yilning  “Sog‟lom  avlod  yili”  deb  e‟lon  qilinganligi 

sababli    O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  2000-yil  15-

fevralda  qabul  qilgan  qaroriga  muvofiq  "Sog‟lom  avlod"  Davlat  dasturi  ishlab 

chiqilgan. 

Dasturda  "Sog‟lom  oilani  shakllantirish  uchun  shart  -  sharoitlarni 

takomillashtirish va oilada yuksak ma'naviy - ahloqiy muhitni rivojlantirish, davlat, 

jamiyat  va  oilaning  sog‟lom  avlod  tug‟ilishiga  e'tibori  va  g‟amxo‟rligini 

kuchaytirish,  bolalarning  salomatligini  mustahkamlash,  ta'lim  olishi  va  har 

tomonlama kamol topishi uchun shart - sharoitlarni yaxshilash, ayollarning oilada 

va  jamiyatdagi  ijtimoiy  -  iqtisodiy  maqomini  va  rolini  oshirish,  yetuk  va 

ma'suliyatli ota  -  onalik, sog‟lom  avlodning  tug‟ilishi va  tarbiyalanishi  masalalari 

bo‟yicha  aholiga  yalpi  bilim  berish  tizimini  yaratish  va  rivojlantirish,  Ijtimoiy 

tafakkurda yetuk, har tomonlama kamol topgan va sog‟lom avlodning tug‟ilishi va 

tarbiyalanishi  uchun  yuksak  ma'suliyat  psixologiyasini  shakllantirish"

2

    kabi 



masalalarga alohida ahamiyat qaratilgan.  

2000-yilda  amalga  oshirilgan  ishlarni  davom  ettirish  maqsadida  va 

uzliksizligini  ta‟minlash  maqsadida  2001-yil  “Ona  va  bola  yili”  deb  nomlandi 

hamda “Ona va bola yili” Davlat dasturi shlab chiqildi. 

Dasturda  "Homilador  ayollar  salomatligini  yaxshilash  va  sog‟lom  bola 

tug‟ilishi  uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratish,  zamonaviy  tibbiyot  asbob-

uskunalari  yordamida  ularni  kuzatib  borish  va  parvarish  qilish,  bola  tug‟ilgan 

paytdan  boshlab    doimiy  tibbiy    nazorat  o‟rnatish,  uning  sog‟lom  o‟sishi  uchun 

xavf  tug‟diradigan    salbiy  ta'sirlardan  uni  himoya  qilish,  turli  xil  kasalliklarga 

qarshi  muntazam  ravishda  emlab  borish  va  boshqa  profilaktika  tadbirlarini 

o‟tkazish,  Bolalarni  go‟daklik  yoshidan  boshlab  jismoniy  va  ma'naviy  jihatdan 

to‟g‟ri  tarbiyalash,  har  bir  oiladazamonaviy  tibbiyot,  pedagogika  va  psixologiya 

                                                           

1

Bekmurodov  A.,  G‟afurov  U.,  Mustafaqulov  SH.,  Kattaev  N.  Bu  muqaddas  vatanda  azizdir  inson.  –  T.,  2010.  – 



117-b. 

2

“Sog‟lom avlod” davlat dasturi. – T., 2000 // Norma. Информационно – поисковые системы 




 

 

tavsiyalarining  bajarilishini  ta'minlash"



1

  kabi  masalalarga  alohida  e'tibor 

qaratilgan. 

Respublika  hukumatining  ijtimoiy  himoya  tizimini  yanada  rivojlantirishga 

alohida ahamiyat qaratayotganligini 2007-yilning "Ijtimoiy himoya yili" deb e‟lon 

qilinishida ham ko‟rish mumkin.  Shu munosabat bilan O‟zbekiston Respublikasi 

Prezidentining  2007-yil  23-yanvardagi  qaroriga  muvofiq  "Ijtimoiy  himoya  yili" 

Davlat dasturi ishlab chiqilgan. 

Ushbu  dasturda  "Amaldagi  ijtimoiy  himoya  tizimining  samaradorligini 

oshirishga yo‟naltirilgan yangi qonun hujjatlari va normativ  - huquqiy xujjatlarini 

tayyorlash  hamda  amaldagilariga  o‟zgartirish  va  qo‟shimchalar  kiritish,  aholini 

nochor  qatlamiga  yordam  ko‟rsatishda  differensiyalangan  yondashuvni  amalga 

oshirish"

2

  masalalariga alohida ahamiyat qaratilgan. 



2007-yil  19-martda  qabul  qilingan  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

"Aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  tizimini  yanada  takomillashtirish  va 

mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‟g‟risida"gi Farmonining amalga oshirilishi 

aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  tizimini  yanada  kuchaytirishni  ta'minladi, 

qo‟shimcha  ijtimoiy  himoya  choralariga  muhtoj  kam  ta'minlangan  oilalar  va 

fuqarolarning  farovonligini  oshirish  uchun  asos  bo‟lib  xizmat  qiladi  hamda 

"Ijtimoiy  himoya  yili"  Davlat  dasturi  chora-tadbirlarini  to‟liq  amalga  oshirishda 

muhim omil bo‟ladi

3



Bu  yilda  aholini  ijtimoiy  himaya  qilish  ko‟lamini  yanada  kengaytirish  va 



kuchaytirishga  erishildi,  aholining  muhtoj  toifalari  va  oilalarga,  nogironlar  va 

yolg‟iz  keksalarga  aniq,  tabaqalashgan  tarzda  yordam  ko‟rsatish  samaradorligi 

oshirildi,  jamiyatda  hamjihatlik,  ezgulik  va  mehr-shafqat  muhitini  qaror  toptirish 

borasida maqsadli ishlar bajarildi

4



Bundan  tashqari,  "Ijtimoiy  himoya  yili"  davlat  dasturi  doirasida  aholini 



ijtimoiy himoya qilish maqsadida barcha manbalar hisobidan jami 483600 million 

                                                           

1

“Ona va bola” davlat dasturi. – T., 2001 // Norma. Информационно – поисковые системы 



2

“Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi. – T., 2007 // Norma. Информационно – поисковые системы. 

3

Jo‟raev N., Fayzullaev T. Mustaqil O‟zbekiston tarixi. – T., 2009. – 243- 258-b. 



4

Bekmurodov  A.,  G‟afurov  U.,  Mustafaqulov  SH.,  Kattaev  N.  Bu  muqaddas  vatanda  azizdir  inson.  –  T.,  2010.  – 

125-b.  



 

 

so‟m,  jumladan,  213200  million  so‟m  byudjet  mablag‟i,  270400  million  so‟m 



miqdorida grantlar, ijrochilar hamda homiylar mablag‟i sarflandi, yosh oilalarning 

muammolarini  yechish,  avvalo,  uy  -  joy  sotib  olish  va  imorat  qurish,  ro‟zg‟orni 

butlashga  ko‟maklashish  maqsadida  tijorat  banklari  tomonidan  57500  million 

so‟mlik ipoteka va iste'mol kreditlari ajratiladi

1



“Qishloq  taraqqiyoti  va  farovonligi  yili”da  qishloqlarimiz  qiyofasini 



o‟zgartirish,  qishloq  aholisining  hayot  darajasi,  ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy 

saviyasini  oshirish  rejalashtirildi  va  shu  maqsadida    O‟zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2009-yil  26-yanvarda  qabul  qilingan  qaroriga  muvofiq  "Qishloq 

taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturi ishlab chiqilgan. 

Dasturda  2009-yilda  qishloq  joylarda  xizmat  ko‟rsatish  va  servis  sohasini 

yanada rivojlantirish, 140 mingta yangi ish o‟rinlarini tashkil etish, chakana savdo 

ob'ektlari, minimarketlar, umumiy ovqatlanish ob'ektlari, maishiy xizmat ko‟rsatish 

ob'ektlari  (sartaroshxonalar,  hammomlar,  kiyim,  poyabzal  tikish  va  ta'mirlash 

korxonalari,  fotosalonlar,  ustaxonalar  va  boshqa)larni  ishga  tushirish,    qishloq 

joylarda  kamida  65  ming  yangi  ish  o‟rinlari,  shu  jumladan:    chorvachilikda, 

parrandachilikda  va  issiqxona  xo‟jaligida,  qishloq  xo‟jaligi  va  go‟sht-sut 

mahsulotlarini qayta ishlashda, tikuvchilik buyumlari, poyabzallar, mebellar ishlab 

chiqarishda, qandolatchilik va  oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishda, qishloq 

joylarda  70  ming  yangi  kasanachilik  ish  o‟rinlari  tashkil  etish,  shu  jumladan: 

tikuvchilik,  ipakchilik,  qayta  ishlash,  mebel  sanoati  korxonalari  bilan 

kooperatsiyalashda,  hunarmandchilik  va  xalq  hunarmandchiligini  rivojlantirish

2

  

kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilgan. 



Sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosidagi kasanachilikni hamda pudrat 

shartnomasi asosidagi uy mehnatini rag‟batlantirish aholi bandligini ta'minlashning 

muhim  yo‟nalishlaridan  biridir.  Ana  shunday  mehnat  faoliyatini  rivojlantirish 

natijasida  130  mingga  yaqin  ish  o‟rni  yaratilganini  alohida  qayd  etish  lozim. 

                                                           

1

Bekmurodov A., G‟afurov U., Mustafaqulov SH., Kattaev N. Bu muqaddas vatanda azizdir inson. – T., 2010. – 29-



b. 

2

Karimov I.A. 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda  O‟zbekistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning eng 



muhim ustuvor yo‟nalishlariga bag‟ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‟ruzasi (2010 yil 9 yanvar) // 

Norma. Информационно – поисковые системы 




 

 

Aholining real daromadlari yil davomida 26,5 foizga ko‟paygani, ish haqi, pensiya 



va  nafaqalarning  o‟sishi  2009-yilda  o‟rta  hisobda  40  foizni  tashkil  etgani  buning 

tasdig‟idir

1



Mamlakatimizda  2010-yilga  “Barkamol  avlod  yili”  deb  nom  berildi  va 



O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi qaroriga muvofiq 

"Barkamol avlod yili" Davlat dasturi ishlab chiqilgan. 

Dasturda  Nikohda  turishganiga  kamida  3  yil  bo‟lgan  yosh  oilalarni  uy-joy 

qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun imtiyozli ipoteka kreditlari bilan 

ta'minlash, homiladorlik va tug‟ruqlar, bola tug‟ilgandagi nafaqalarni, bolalarni (2 

va  18  yoshgacha)  parvarish  qilish  bo‟yicha  nafaqalar  va  kam  ta'minlangan 

oilalarga moddiy yordam ko‟rsatish to‟lovlarini ta'minlash yo‟li bilan  yosh oilalar 

to‟g‟risida  g‟amxo‟rlikni  yanada  kuchaytirish,  yosh  oilalar  uchun  "Yosh  oila 

ensiklopediyasi" qomusini nashr etish, unda mustahkam oila qurish, bola tug‟ilishi 

va  uni  to‟g‟ri  tarbiyalash,  shuningdek  ahil  oila  barpo  etishning  boshqa  jihatlari 

to‟risidagi maqolalarni tushunarli shaklda e'lon qilish masalariga alohida ahamiyat 

qaratilgan

2



Joriy  yilda  oila  institutini  qo‟llab-quvvatlash  bo‟yicha  avvalgi  yillarda 



boshlangan  ishlar  davom  ettirilib,  2,5  ming  yosh  oilaga  uy-joy  qurish  va  uni 

jihozlash kabi masalalarni hal etish uchun tijorat banklari tomonidan 107 milliard 

600 million so‟mlik ipoteka va iste'mol kreditlari berildi. Bundan tashqari, viloyat, 

shahar  va  tuman  hokimliklari  tomonidan  noturar-joy  binolarini  rekonstruksiya 

qilish  va  uy-joy  xarid  qilish  uchun  homiylarning  5  milliard  800  million  so‟mlik 

mablag‟lari  jalb  etildi.  Shuningdek,  7  ming  200  dan  ziyod  yosh  oilaga  bepul 

qoramol  berilib,  shu  maqsadlar  uchun  5  milliard  300  million  so‟m  mablag‟ 

ajratildi

3



                                                           



1

Karimov I.A. 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‟zbekistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning eng 

muhim ustuvor yo‟nalishlariga bag‟ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‟ruzasi (2010 yil 9 yanvar) // 

Norma. Информационно – поисковые системы 

2

“Barkamol avlod yili” Davlat Dasturi. – T., 2010 // Norma. Информационно – поисковые системы 



3

Karimov I.A. O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 18 yilligiga bag‟ishlangan tantanali 

marosimdagi Ma'ruzasi (2010 yil 7 dekabr) // Norma. Информационно – поисковые системы 



 

 

“Barkamol  avlod  yili”  davlat  dasturida  belgilangan  kompleks  chora-



tadbirlarni bajarish uchun 2010-yilda moliyalashning barcha manbalari hisobidan 8 

trillion  so‟m  atrofidagi  mablag‟,  jumladan,  1,8  trillion  so‟m  davlat  mablag‟lari, 

tijorat  banklarining  3,3  trillion  so‟mlik  kreditlari  va  mas‟ul  ijrochilarning  2,7 

trillion so‟mdan ortiq mablag‟larini yo‟naltirishni mo‟ljallangan

1



Aholi daromadi va farovonligini oshirish borasida ham sifat jihatidan chuqur 



o‟zgarishlar  yuz  bermoqda.  Aholining  ish  haqi  va  umuman,  pul  daromadlari 

barqaror oshib bormoqda, uning xarid qobiliyati muttasil o‟smoqda, fuqarolarimiz 

iste'mol qiladigan mahsulotlar tarkibining sifati ortmoqda.  

Birgina  2010-yilda  byudjet  sohasi  muassasalari  xodimlarining  ish  haqi, 

pensiyalar  va  ijtimoiy  nafaqalar,  stipendiyalar  miqdori  32  foizga,  aholining 

umumiy pul daromadlari esa jon boshiga 1,3 barobar oshdi. Aholining daromadlari 

tarkibida  tadbirkorlik  faoliyatidan  olinayotgan  daromad  ulushi  tobora  salmoqli 

o‟rin  egallamoqda  va  barcha  daromadlarning  47  foizdan  ortig‟i  ushbu  soha 

hissasiga to‟g‟ri kelmoqda

2



So‟ngi  yillarda  ijtimoiy  sohaning  barcha  tarmoqlarini  rivojlantirish  va  aholi 

turmush  darajasini  yanada  yaxshilash  borasida  keng  ko‟lamli  ishlar  amalga 

oshirilmoqda.  2013-yilga  “Obod  turmush  yili”deb  nom  berilganligi  ham  buning 

yorqin  isbotidir.  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2013-yil  11-fevraldagi 

qaroriga muvofiq "Obod turmush yili" Davlat dasturi ishlab chiqilgan. 

"Obod turmush yili" davomida qilingan eng katta ishlardan biri bu yangi uy - 

joylar  barpo  etish  bo‟ldi.  "Bu  haqda  gapirganda,  147  ta  tumanda  10  mingta 

namunaviy  uy-joy  barpo  etilgani  va  buning  uchun  aholiga  1  trillion  400  milliard 

so‟mlik uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar ajratilganini ta'kidlash kerak"

3



                                                           

1

Bekmurodov  A.,  G‟afurov  U.,  Mustafaqulov  SH.,  Kattaev  N.  Bu  muqaddas  vatanda  azizdir  inson.  –  T.,  2010.  – 



127-128-b.  

2

Karimov I.A. 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‟ljallangan eng 



muhim  ustuvor  yo‟nalishlarga  bag‟ishlangan  O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi 

ma‟ruzasi (2011 yil 21 yanvar) // Norma. Информационно – поисковые системы 

3

Karimov I.A. Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish  – yorug‟ 



kelajagimizning asosiy omilidir. O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag‟ishlangan tantanali 

marosimdagi nutqi. – T., 2013.– 5-b. 




 

 

Respublikaning  turli  hududlarida  barpo  etilgan  yangi  namunaviy  uy  -  joylar 



jahon  hamjamiyatida  ham  katta  qiziqish  uyg‟otmoqda.  2013-yilning  aprel  oyida 

ayni  shu  masala  bo‟yicha,  shuningdek,  noyabr  oyida  quyosh  energiyasidan 

foydalanishga  bag‟ishlab  Toshkent  shahrida  o‟tkazilgan  xalqaro  anjumanlarda 

ishtirok etgan dunyodagi yetakchi mamlakatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning 

vakillari ana shunday uy - joylar, infratuzilma ob'ektlari bilan tanishib, bu ishlarga 

yuqori baho berishdi. 

2014-yil  yurtimizda  “Sog‟lom  bola  yili”  deb  e‟lon  qilindi.  O‟zbekiston 

Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevralda qabul qilingan qaroriga muvofiq 

"Sog‟lom bola yili" Davlat dasturi ishlab chiqilgan. 

Dasturda "Bolalarni ularning jismoniy va ma'naviy rivojlanishiga salbiy ta'sir 

ko‟rsatuvchi  axborotdan  himoya  qilish  to‟g‟risida"gi,  yangi  tahrirdagi  "Jismoniy 

tarbiya va sport to‟g‟risida"gi va "Aholining sanitariya-epidemiologik xotirjamligi 

to‟g‟risida"gi  O‟zbekiston  Respublikasi  qonuni  loyihalarini  ishlab  chiqish"

1

  kabi 



masalalarga alohida e'tibor qaratilgan. 

Bundan tashqari dastur doirasida: 

 

Bolalarni respublika klinikalarida va tibbiyot markazlarida hamda chet 



elda sog‟lomlashtirish, shu jumladan: 

 

nogiron bolalarni Germaniya klinikalarida tezkor davolash; 



 

kam  ta'minlangan  oilalardagi  200  nafar  yuqori  lab  va  qattiq 

tanglayning  tug‟ma  nuqsonlari  bo‟lgan  (100  bola)  va  oyoqlarning  tug‟ma 

nuqsonlari  (maymoqlik)  va  bo‟yin  qiyshayishi  bilan  bog‟liq  tug‟ma  ortopedik 

kasalliklarga chalingan (100 bola) bolani tezkor davolash; 

 

tug‟ma  yurak  nuqsonlari  bilan  tug‟ilgan  va  surunkali  osteomiyelit 



bilan kasallangan bolalarni sog‟lomlashtirish va tezkor davolash; 

 

kuyishning  asoratlari  bo‟lgan  bolalarni  plastik  operatsiya  qilish  kabi 



bir qator dolzar ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 

Xulosa  qilib  aytganda  yurtimizda  har  bir  yilga  o‟ziga  hos  nom  berilishi  va 

shunga  muvofiq  ravishda  Davlat  dasturlarining  ishlab  chiqilishi  yildan-yilga 

                                                           

1

“Sog‟lom bola yili” Davlat dasturi. – T., 2014 // Norma. Информационно – поисковые системы 




 

 

o‟zining  ijobiy  samarasini  bermoqda.  Chunki  har  bir  yilda  inson  hayotining 



qaysidir  jabhasini  o‟rganishga,  takomillashtirishga  zamin  yaratuvchi  dasturlar 

ishlab  chiqilmoqda.  Dasturda  yil  davomida  amalga  oshirilishi  lozim  bo‟lgan 

muhim masalalar belgilab beriladi va yil yakunida amalga oshirilgan barcha ishlar 

sarhisob qilinadi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

 


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish