Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar kafedrasi



Download 3 Mb.
bet19/110
Sana14.04.2022
Hajmi3 Mb.
#551692
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110
Bog'liq
SOHA yangi

ADABIYOTLAR


    1. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. (amaliy Qoʻllanma) – Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.-455 b.

    2. Mahmudov N., Rafiyev A., Yoʻldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish (Darslik)-Toshkent: ChOʻlpon, 2013.

    3. Lutfullayeva D. Mustaqillik davri rasmiy-idoraviy ish uslubi taraqqiyoti. (Monografiya.)-Toshkent, 2020.

Qoʻshimcha adabiyotlar:





    1. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: 0’zbekiston, 2017.

    2. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2017.

    3. 0’zbekiston Respublikasi Prezidentining «0’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻg’risida»gi 2017-yil 7- fevraldagi farmoni.

    4. Imamova T., Tuxvatulina L. Ish qogʻozlari qanday yoziladi? - Toshkent, 1992

    5. Tojiyev Y., Hasanova N., Tojimatov, Yoʻldosheva O. Oʻzbek nutqi va uslubiyat asoslari. - Toshkent, 1994.

Axborot manbalari


    1. https://lex.uz//docs

    2. https://sahifa.tj/uzbeksko-russkij.aspx-Uzbekskogo-russkiy perevodchik.

    3. https://library.ziyonet.uz/-ta‘lim portali

5-mavzu: Nutq uslublari va ularning xususiyatlari. Oʻzbek adabiyoti durdonalarining lisoniy tahlili

Reja:

1. Nutq uslublari haqida ma’lumot Soʻzlashuv uslubi va uning xususiyatlari

2. Nutq uslublari. Badiiy uslub va uning xususiyatlari.

3. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.


Soʻzlashuv uslubi hutq uslublari orasida eng qadimiysidir. Bu uslub yozuv paydo bo’lgunga qadar ham mavjud bo’lgan. Soʻzlashuv quyidagi o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi: Nutqning bu shakli vaziyatga ko’ra hozirjavoblik asosida vujudga kelib, pauza, mimika va ohang yordamida shakllanadi. Soʻzlashuv uslubi vazifaviyligi jihatdan adabiy tilga mos, ya‘ni aloqa- aralashuv vazifasini bajaradi. Shu boisdan, soʻzlashuv uslubini tilning norasmiy erkin muomila asosidagi ko’rinishi deyish mumkin. Biroq soʻzlashuv uslubi to’la ma‘noda kundalik turmush hutqi, ya‘ni sodda soʻzlashuv elementlaridangina iborat emas. Shunga ko’ra, soʻzlashuv uslubining ikki turi ajratiladi.





  1. Adabiy soʻzlashuv.

  2. Oddiy soʻzlashuv.

Adabiy soʻzlashuv uslubi adabiy tilning barcha normalariga mos keladi. Adabiy soʻzlashuv tili ixcham, qisqa jumlalardan iborat bo’lib, dialektal soʻzlardan, shuningdek, boshqa nofaol qatlamga xos lug’aviy vositalardan xoli bo’lgan uslubdir. Shuning uchun, adabiy soʻzlashuv xuddi adabiy til singari ko’pchilikka tanish va xalqning muayyan qismi uchun o’zlashtirilishi majburiy bo’lgan uslubdir. Bu uslub turi asosan kundalik aloqa-aralashuvi uchun xizmat qiladi. Shunga ko’ra, uning qo’llanish doirasi ham kengdir. Chunonchi, oliy Oʻquv yurtlari esa maktablardagi o’qish - o’qitish ishlari, kundalik turmushdagi kamida ikki kishi orasidagi o’zaro munosobatlar shu uslubda olib boriladi. Soʻzlashuv uslubga xos bo’lgan vositalardan badiiy adabiyotlarda ko’plab foydalanilganidek bu uslub adabiy tilni boyituvchi manbalardan biri hamdir.
Oddiy soʻzlashuv uslubi adabiy til normasiga bo’ysinmaydigan, tezkorlik hozirjavoblik, o’ylanmaganlik asosida paydo bo’luvchi norasmiy uslubdir. Uning normalari shakllanmagan, uslub tabiiy erkinlik asosida shakllanib emotsionalikka boy bo’ladi. Chunki, bu uslubda kundalik turmush hutqi bo’lgan jonli soʻzlashuvga xos vositalar ko’p bo’lib, ular adabiy til normalariga mos
kelmaydi. Shunga kura, soʻzlashuv uslubining bu ko’rinishlari ko’pgina qirralari bilan, jumladan, fonetik jihatdan ham bir-biri bilan mos kelmaydi. Chunki, soʻzlashuv uslubi talaffuz jihatidan adabiy tilga xos xususiyatlarni ham oddiy soʻzlashuvga, shevaga xos xususiyatlarni ham uchratish mumkin. Masalan, borayapman soʻzi adabiy soʻzlashuvda borayapman oddiy soʻzlashuvda borappan, borvoppan, borutta kabi shakllarda ham talaffuz qilinadi. Birinchi holatdagi talaffuz adabiy talaffuz normalariga mos keladi. Soʻzlashuv uslubining bu turi notiqlar, aktyorlar, suxandonlar, olimlar, o’qituvchilar hutqi uchun xos bo’lgan adabiy soʻzlashuvdir. Bu uslubda til normalariga rioya qilinib, soʻzlar tanlangan, saralangan holda ishlatiladi va toʻgʻri talaffuz qilinadi.
Ikkinchi holatdagi talaffuz turli joylardagi ogzaki hutqqa xos talaffuzdir. U adabiy tildagi shakliga nisbatan ayrim fonetik o’zgarishlarga uchragan holda talaffuz qilingan. Oddiy soʻzlashuvda soʻzlarning quyidagicha fonetik o’zgarishlarda uchragan holda qo’llanishlarini kuzatish mumkin.

    1. Soʻz tarkibidagi tovushlarning o’rni almashtirilgan holda talaffuz qilinadi. Masalan, yog’mir (yomg’ir), supra (surpa) kabilar.

  1. Soʻz tarkibidagi ayrim tovushlar tushirib qoldirilgan holda talaffuz qilinadi. Masalan, usha (ushla), to’r (to’rt), so’rma (so’rama), tashama (tashlama), kabi.

  2. Tovushlar orttirilgan holda talaffuz qilinadi. Masalan, chechmoq (yechmoq).

  3. Soʻzlar qisqartirilgan holda talaffuz qilinadi. Qopti (qolibti), kepti (kelibti), opkel (olib kel), opti (olibti) kabilar.

Oddiy soʻzlashuvlarga xos bu xildagi talaffuzlar dialekt va shevalarning ta‘siri natijasida bo’lib, adabiy normalarga mos kelmaydigan holatlardir. Soʻzlashuv uslubining lug’aviy va grammatik xususiyatlari. Soʻzlashuv uslubida ham boshqa uslublarda bo’lgani kabi umumiste‘mol soʻzlari asosiy lug’aviy qatlamni tashkil etadi. Chunki, umumiste‘-mol soʻzlarining katta qismi kundalik turmushni aks ettiruvchi soʻzlardir. Bunday soʻzlar barcha uslub turlarida keng qo’llaniladigan, uslubiy bo’lmagan neytral soʻzlardir; ota, ona, aka,
uka, singil, non, suv, tuz, osh, tosh, oy, quyosh, yulduz, qish, yoz, bahor, yamoq, ichmoq , uxlamoq, turmoq, oq, qizil, yaxshi, yomon, qora, tez, lekin, erta, kech, kunduz, men, sen, u va boshqalar hutq uslublarini birlashtirib turuvchi umumiste‘mol soʻzlaridir. Shu bilan birgalikda, soʻzlashuv uslubida vaziyat talabi bilan bog’liq ravishda ilmiy atamalar ham, kasb-hunarga oid soʻzlar ham, adabiyot san‘at, madaniyat va musiqaga oid soʻzlar ham, sodda soʻzlashuv bo’yog’i bilan farqlanuvchi erkalash, qarg’ashni ifodolovchi so’zlar ham, obrazli, emotsional buyoqdor soʻzlar ham qo’llaniladi. Soʻzlashuv uslubini lug’aviy jihatdan xarakterlovchi vositalar soʻzlashuv bo’yog’iga ega bo’lgan dag’al, qo’pol soʻzlardir. Bunday soʻzlar asosan jonli soʻzlashuv hutqiga xos bo’lib, turli emotsional bo’yoqlarga ham ega. Masalan, mahmadana (sergap), barzangi (gavdali) ochofat, (yeb to’ymaydigan), ofatijon (go’zal), daroz (uzun) kabilar soʻzlashuv uslubini tayanch uslubiy ijobiy va salbiy emotsional soʻzlarga boyligidadir. By holat soʻzlashuv uslubinng tub mohiyatidan kelib chiqqan. Bu holat soʻzlashuv uslubi turli fikr va mulohazalarni tinglovchilarga ta‘sirli tarzda yetkazish vazifasini o’z oldiga qo’yadi. Bunda tildagi turli emotsional bo’yoqdor soʻzlardan keng foydalaniladi.
Soʻzlashuv uslubi morfologik jihatdan ham muayyan xususiyatlarga ega. Chunonchi, soʻzlashuv uslubi qisqalikka ixchamlikka tayanuvchi uslub bo’lganligi uchun bu uslubda soʻzlarni qisqartirib qo’llash holatlari ko’p uchraydi. Ana shunday qisqartirilgan holda qo’llash morfologik vositalarga ham toʻgʻri keladi. Binobarin, soʻzlashuv uslubi qaratqich va tushum kelishiklarining qo’shimchalari ko’pincha tushirib qoldiriladi; kitob varag’i, olma bargi, uy yig’ishtirmoq kabi soʻzlashuv uslubida qo’shimchalar yoki soʻzlarni qisqartirib qo’llash fe‘l turkumida yaqqol ko’rinadi. Masalan, emas, ekan, to’liqsiz fe‘llari qisqargan shaklda o’zidan oldingi soʻzga qo’shilgan holda ishlatiladi: borganmas, ko’rganmas, bo’ldimikan, aytdimikan kabi.
Fe‘lning sifatdosh shakli -gan qo’shimchasi shakllanadigan soʻzlar soʻzlashuv uslubida -yotuvdi shaklida aytiladi: Masalan, borayotuvdi, o’qiyotuvdi, hopayotuvdi kabi.
Felning adabiy tildagi - (b) edi ravishdosh shakli soʻzlashuv uslubida uvdi - ovdi shaklida talaffuz qilinadi. Boruvdi, keluvdi, o’tiruvdi kabi. Soʻzlashuv uslubida erkalash, hurmatlash ma‘nolarida -jon, -xon, -lok qo’shimchalarini olgan otlar ham qo’llaniladi.
Biroq bunday holatlar soʻzlashuv uslubini morfologik jihatdan alohidaligini belgilamaydi. Qo’shimchalar nutqning barcha uslublarida bir xilda qo’shiladigan yagona vositalardir. Ayrim qo’shimchalarning farqli jihatlar asosan soʻzlashuv uslubining qisqalikka, ixchamlikka asoslanishining natijasida.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish