Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti san’atshunoslik fakulteti qo’lyozma huquqida: udk 37. 04 Jumayeva Farangiz Istam qizi


Oddiy sxemalarda dirijyorlik texnikasini mukammallashtirishning metodologik prinsiplari



Download 15,64 Mb.
bet34/62
Sana23.07.2022
Hajmi15,64 Mb.
#840561
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
Bog'liq
diss-Farang-2022

3.2.Oddiy sxemalarda dirijyorlik texnikasini mukammallashtirishning metodologik prinsiplari
Hayotda qanchaki kasblar bo‘lmasin ularning barchasini mukammal o‘zlashtirish yoki egallash tinimsiz va muntazam mashqlar evaziga amalga oshiriladi. Musiqa yo‘nalishida mashqni etyud deb yuritishadi. Biz bilamizki, inson tanasidagi barcha a’zolari, shu jumladan qo‘llari, oyoqlari bir-biriga vobasta harakatlanadi.Bir vaqtning o‘zida ikki xil harakatni bajarish uchun albatta ko‘p yillik muntazam mashq qilish va ko‘nikma hosil qilish kerak bo‘ladi. Diriyorlikda ikkala qo‘llar bir vaqtning o‘zida ikki xil harakatni bajarish holatlari juda ko‘p uchraydi. Ma’lumki, dirijorlikda choraktalik notadan uzun bo‘lgan notalar, bir-biriga liga bilan bog‘langan notalar mazkur notaning cho‘zimiga mos sanoqda saqlab ko‘rsatiladi. Ya’ni xor asarlarida uchraydigan nuqtali choraktalik, yarimtalik, nuqtali yarimtalik va butun notalar kuylanganda belgilangan qo‘lning harakati shu nota o‘lchoviga teng sanoqda ma’lum hissada, yoki nuqtada saqlab turiladi. Shunday ekan, xor yoki orkestr uchun yozilgan asarlarni dirijorlik qilishda talaba bu kabi murakkabliklarga tez-tez to‘g‘ri keladi. Biz quyida ko‘rsatayotgan mashqlar (etyudlar) dirijorlikda qo‘llarning bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan harakatlarni bajarish uchun, ya’ni bir qo‘lda dirijorlik setkasini olib borib, ikkinchi qo‘lda qaysi ovoz kuylashini yoki cho‘zib kuylanadigan notalarni ko‘rsatib turish va talabalarda bunga ko‘nikma hosil qilish uchun juda ham qo‘l keladi deb umid qilamiz. Shu bilan birga talabalarga kelgusida kattaroq asarlarni dirijorlik qilishda mashqlarda ko‘rsatilgan yoki ishlab chiqilgan ritmik shakllar uchrasa, hech qiyinchiliksiz dirijorlik qilishiga asos bo‘ladi. Shuni aytish lozimki, mashqlar (etyudlar) turli xarakterlarda va turli tezliklarda (ligato, stakato, muloyim, keskin, sustroq, tezroq va tez) bajarilsa yana ham maqsadga muvofiq bo‘ladi, boshqacha qilib aytganda, yana ham ko‘proq samara beradi.
Mashqlar oddiylikdan murakkablikka qarab olib borilgan. Har bir mashqning yuqorigi qatori chap qo‘l uchun, pastki qatori esa o‘ng qo‘l uchun yozilgan. Mashqlardagi ritmik shakllar aniq ko‘rinishi uchun nota yo‘lining o‘rtasida, ya’ni LYA notasida yozilgan. Bu mashqlar aynan LYA notasida ijro etilishi yoki bajarilishi lerak degani emas. Mashqlarni bajarishda bu ritmik shakllar sanab dirijorlik qilinishi ham mumkin, gamma asosida dirijorlik qilinishi ham mumkin. Масалан: Gamma asosida dirijorlik qilinganda mashqning birinchi takti birinchi oktava DO notasida ijro qilinsa, ikkinchi takti RE notasida, uchinchi takti MI notasida va shu tariqa ikkinchi oktava DO notasigacha olib boriladi va shu tariqa yana boshlangan birinchi oktava DO notasiga qaytadi. Mashqlar turli o‘lchovlarda yozilgan. Saqlab ko‘rsatiladigan notalar taktning oxirgi hissalariga to‘g‘ri kelsa, oxirgi hissaning ikkinchi qismi kelgusi takt uchun auftakt vazifasini bajaradi. Har bir mashqga alohida-alohida izoh yozilgan. Ya’ni, mashqning mohiyati, yoki mashqni bajarishdan ko‘zda tutilgan maqsad qisqacha yoritilgan. Endi bajariladigan mashqlarni birma-bir izohlab beramiz.

Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish