Animizm — hayvon ruhlariga ishonish demakdir.
Baqtriya - Surxon vodiysi, Afg’onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan qadimgi davlat birlashmasi. Yozma manbalarda u Baxdi («Avesto»da), Baqtrish (Bexistun yozuvlarida) deb nomlangan. YUnon–rim mualliflarining asarlarida Baqtriana yoki Baqtriya deb atalgan
Buxoro amirligi o`zbek xonliklari orasida o`zining hududiy o`rni, aholiey va tabiiy resurslari jixatidan muhim mavkega ega edi. XIX asrga kelib Buxoro amirligining hududi qariyib 200 ming kv.km.ni tashkil etdi. Uning chegaralari janubda Amudaryoning so`l qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha cho`zilib qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik SHarqda Pomir tog’laridan g’arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo`lgan hududni egallardi. Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlar joylashgan Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisoblanardi. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kofirnixon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, shuningdek, Turkmaniston hududiga kirgan Murg’ob daryosi voxalaridagi erlar ham Buxoro amirligiga qarar edi.
Day — mil. av.gi V — IV asrlarda Sirdaryoning quyi oqimlari atrofida yashagan sak (shak) qabilalaridan ayrim manbalarda ularning daxlar, toharlar deb ham atashgan. Spitamen Iskandarga qarshi kurashish uchun oxirgi marotaba day qabilasidan qo`shin to`plagan. Mil. av.gi IV asr oxiri — III asr boshlarida Sirdaryoning o`rta va quyi oqimida yashagan saklarning Qang’ davlati vujudga keldi. Keyinchalik daylarning Qang’ davlatiga kirgan qavmlar ittifoqi siqib kirishga majbur bo`lishgan. Mil. av.gi 250 yilda daylar mahalliy Baqtriya aholisi bilan birgalikda Baqtriyani salavkiylardan ajratib oldilar va yangi davlatta asos soldilar. Shundan so`ng bu o`lkaning nomi Tohariston deb atala boshlagan.
Ellinlashtirish — Sharqda yunon madaniyatining yoyildash jarayoni, aralash madaniyatining — yunon va mahalliy SHarq madaniyatining tashkil topish jarayoni.
Eftallar — O`rta Osiyo va o`nga yaqin mamlakatlar xalqlarining etnogenezi va tarixida muhim rol o`ynagan yirik qabilalar uyushmasi. Ularning kelib chiqishi to`g’risida turli fikrlar bayon etilgan. A. N. Bernshtamning fikricha, eftallar tarkib topgan erlar o`rta va quyi, Sirdaryo hamda Amudaryoning yuqori havzasidir. S. P. Tolstov esa ularni Orol bo`ylaridan kelib chiqqan, deb hisoblaydi. Garchi eftallarning tarkib topgan joyi qat`iy aniqlanmagan bo`lsada, ular etnik elementlar aralashgan O`rta Osiyolik qabilalar negizida shakllanganligi ma`lum eftallar otashparast bo`lganlar, lekin keyinchalik ular orasida buddizm va xristianlikka e`tiqod qila boshlaganlar ham bo`lgan.
Fetishizm (fr. fetich — tumor so`zidan olingan) — jonsiz predmetlarga e`tiqod qilishni anglatadi. Fetishizm predmeti bo`lib munchoq, tumor kabilar asosiy o`rinni egallagan. Hozirgi dinlarda ham ba`zi bir predmetlar fetishizmga misol bo`la oladi. Masalan, Makkadagi Qoratosh islom dinida, krest (xoch) xristianlik dinida muqaddas sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |