Komil insonning xislatlari – yoqimlilik, ko‘rkamlilik, jozibaaorlik, salobatlilik, hurmatga sazovorlik, shoironalik, ulug‘sifatlik, o‘ziga xoslik, еtuklik, jiddiylik, madaniylik, odoblilik va boshqalar.
Mafkura – jamiyat yoki alohida olingan ijtimoiy guruhlarning manfaatlaridan kelib chiqib, ularning ma’naviyatida aks etadigan falsafiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy, estetik, badliy va diniy qarashlarning omuxtasidan iborat bo‘lgan, bir butun g‘oyalar, nuqtayi nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmuyi.
Ma’naviy еtuklik – bu insoniy sifatlarning uyg‘un bo‘lishi masalasidir, ya’ni nafs humjini, lazzatlarga bo‘lgan moyillik ojizligini еnga olish. Insonning komil inson va mukarram inson martabasiga ko‘tarilishi, uning ma’naviyatining yuksalishi demakdir.
Mezomuhit – inson va u yashayotgan mikromuhitdagi hayoti va faoliyati yuz beradigan ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy va ma’naviy tizimlar mezomuhitni tashkil qiladi. Mikromuhit mana shu tizimlar ta’sirida shakllanadi. Mikromuhit faoliyati ta’sirida mezomuhit ham o‘zgaradi. Falsafa fanida, hozirgi kungacha amal qilayotgan an’anaga ko‘ra, ijtimoiy muhitni mikro va mezomuhitga bo‘lish jamiyatning tarkibiy tizimini o‘rganish uchun еtarli emas deyish mumkin. Chunki mikromuhit yoki mikromuhitlar mezomuhit tarkibiga bevosita emas, balki oraliq tizimlar vositasida birikadi. Masalan, oila mikromuhit sifatida, bevosita jamiyatga emas, avvalo, mahalla, xalq, elat, millat, mamlakat tarkibiga kiradi va so‘ngra ular jamiyatning muhim bo‘lagiga, uning asosiy negiziga aylanadi.
Mikromuhit – inson o‘zi yashab faoliyat ko‘rsatayotgan jamiyat va uni o‘rab turgan dunyoning ijtimoiy jarayonlaridir. Mikrodunyo xalqlar ma’naviyatini, millatlar madaniyatini ularning o‘zaro ijtimoiy aloqalari orqali ifoda etuvchi bir qobiq. Mikromuhitga davlat siyosati darajasida еr sharida mavjud boshqa davlatlarda yuz berayotgan barcha voqea va hodisalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati kiradi. Jumladan, BMT Bosh assambleyasida keyingi yillarda eng dolzarb muammolardan biri deb qayd etilayotgan: narkomaniya va narkobiznes xavfi, terrorizm balosi ularning yo‘nalishini, (shaxslararo) psixologik munosabatlarini ifodalovchi jamiyatning psixoijtimoiy infratuzilmasidir. Agar ijtimoiy-ekologik manbalari jamiyat taraqqiyotida tizim sifatida qaralsa, uning ierarxik ko‘rinishdagi o‘zaro bog‘liq OITS kasalligining oldini olish, global isish xavfini solayotgan ekologik muammolar butunjahon inson taraqqiyotiga katta xavf tug‘diradigan bir ziddiyatni vujudga keltirmoqdaki, shunga ko‘ra еr kurrasining umumiy ijtimoiy muhitini a’lo deb aytib bo‘lmaydi. Bu muammolar inson ekologiyasi va mohiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |