Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi


Ijtimoiy ishlab chiqarish



Download 54,24 Kb.
bet3/10
Sana08.07.2022
Hajmi54,24 Kb.
#758706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ijtimoiy ishlab chiqarish — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mah-sulot ishlab chiqarishda ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan oʻzgardi. Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli boʻlishi, ona mulkiga merosxoʻr sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota xuquqiga asoslangan patriarxal O. vujudga keldi. Shunday qilib, hozirgi individual O.ning oʻtmishdoshi — monogam O. vujudga kelgan (k,. Monogamiya).
Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. O. oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ij-timoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qoʻshish bilan esa O. jamiyat yoʻnalishi, iqtiso-diyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham Sharqsa O. qadim-qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan. Xususan, oʻzbek O.larining serildizlik, serbutoklik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Oʻzbeklarda O.larning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta roʻzgʻor tutishi, farzandlarni odobli, maʼna-viy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. oʻzbek O.lari oʻzlarining mustahkamligi, saran-jom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mexr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi (qarang Oila tarbiyasi)1.
Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat va marosimlari qaytadan tiklana boshlandi, bu udumlar O.ni mustahkamlashda muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston hukumati O. masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga kura, O. jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi, u jamiyat xdmda davlat tomonidan muhofazada boʻlish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari toʻgʻrisida" 1994-yil 22 avgustda farmon chiqarilib, muhtoj oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam berishning koʻlami kengaytirildi. O.ni jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan oʻrni va ishtirokini yanada oshirish, O.larning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta 1998-yilni "O. yili" deb eʼlon qildi. Shunga asosan, O. manfaatlarini taʼminlash borasidaamalga oshiriladigan tadbirlar toʻgʻri-sida davlat dasturi ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida Respublika "Oila" ilmiyamaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilingan.
Psixologik adabiyotlarda sibling maqomi aslida(inglizcha siblingsibs – bir oiladagi aka va opalar ma`nosini bildiradi.
To`ng`ich bola: Oiladagi farzandlarning kattasi, odatda ota-onaning umidi bo`lib ota-onalar undan ko`p narsa kutishadi va u ishonchni oqlaydi
Ikkinchi farzand (yoki o`rtancha):Odatda kattalarga tobe , o`zgalar ko`magiga muhtoj, adolatsizlik, haqsizlik, qattiqqo`llikka chidamsiz, boshqalarning munosabatlarini injiqlik bilan qabul qiladigan bo`lib o`sadi.
Kichik farzand: umrining oxirigacha o`zini kichikman deb o`ylashga moyil bo`ladi, uni hech kim xafa qilishi mumkin emas. Hamisha g`amxo`rlik o`gushida bo`lgan kichkintoy kelajakda ham muhofazada bo`lishni talab qiladi.
Yagona farzand: Sibling maqomi to`ng`ichnikiga yaqin. Ota-onaning orzu-havaslarini bilib, katta bo`lgan bola ko`p sohada, ayniqsa, intellectual sohada katta muvaffaqiyatlarga erishadi.
Siblinglar raqobati: G.T. Xomenauskas tomonidan fanga kiritilgan va o`rganilgan. Bunda bolalarning o`zaro munosabatlari, qachon bir-biriga raqib, qachon birlashishlari o`rganilgan. Masalan, oilaviy inqirozlar paytida, ota-ona qazo qilganda yoki xastalanib qolishganda ular albatta bir-birlariga muruvvat qiladi va jipslashadi. Aksariyathollarda esa ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda ko`pincha bitta ota-onaningfarzandlari o`rtasida o`ziga xos tarang munosabatlar kuzatiladi.
Bu narsa o`sha jamiyatlardagi shaxsiy avtonomiya fenomeni bilan bog`liq bo`lib, har bir inson ilk yoshlikdan faqat o`z manfaati uchun yashaydi va kurashadi. O`ziga xos demokratiya muhiti oilalarda barqaror bo`lgan o`zbekistonliklar millati, irqi kelib chiqishi va iqtisodiy maqomidan qat`iy nazar, albatta, oilada ikki va undan ortiq farzand bo`lishiga intiladilar va bolalar o`rtasidagi munosabatlarni ijobiy tarzda yo`lga qo`yish, oilaviy rollar taqsimoti borasidagi ishlarga alohida ma`suliyat bilan qaraydilar. Bunda er-xotin momolar va bobolar o`gitlaridan, asriy an`analar samarasidan o`rinli foydalanishga intiladilar. Hukumatning bu boradagi demografik siyosati ham oilalar manfaatiga hamohang, yagona farzand mamlakatiqtisodi va uning istiqboli uchun yetarli emas ekanligini bizda hamma tushunadi. Davlatimiz rahbari va hukumatning oilada sog`lom turmush tarzini barqarorlashtirish, milliy genofondni yaxshilash siyosatining tub ma`nosi mamlakatimizda dunyoga kelgan va kelayotgan farzandlar, avvalo, to`rt muchchasi sog` tug`ilsin, sog`-salomat katta bo`lsin va ularni dunyoga keltirgan ona, onalik baxtidan to`la bahramand bo`lib turmush o`rtog`i bilan birgalikda baxtiyor sog`lom turmush tarzini oilada barqaror etsin!2
Ushbu maqolada oilada sibling maqomi munosabatlarining rivojlanish xususiyatlari, shakllanish jarayonlarini o‘rganish va tahlil qilishga e’tibor qaratilgan. Shaxs shakllanishiga sibling maqomi ta’siri atroflicha yoritilgan.
Oila, nikoh, yetuklik davri, sibling maqomi, depravatsiya, egoist, siblinglar raqobati.
Bugungi kunda oila va uning mustahkamligi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Oila va undagi munosabatlarning shaxs taraqqiyotiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar ham talaygina. Zero shaxsning shakllanishi va kelajagini belgilashda uning oilasidagi muhit, undagi shaxslararo munosabatlar, ya’ni bolaning ota-onasi, siblinglar bilan aloqalari muhimdir.
Jumladan, siblinglar - aka-uka, opa - singillari bilan munosabatlarining o‘ziga xosligi, oilada farzandlarning bir-birlarini tushunishlari, ba’zan tortishib, ba’zan do‘stona munosabatda bo‘lishlari ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ham shaxslararo munosabatlarga ta’sir etuvchi omillar qatorida sibling maqomi ta’sirini ilmiy jihatdan o‘rganish dolzarb masalalardan biridir. Bolaning sibling maqomi va uning shaxsiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi masalasiga bag‘ishlangan konkret ijtimoiy-psixologik o‘rganilishi muhim mavzulardan biri hisoblanadi. Oilashunos olimlar sibling (inglizcha sibling, sibs – bir oiladagi akalar-ukalar va opalar-singillar ma’nosini anglatadi) maqomini shartli ravishda to‘rt turga bo‘lib o‘rganganlar, jumladan, to‘ng‘ich, o‘rtancha, kenja va yolg‘iz farzand maqomlaridir.
Qarindoshlar o'rtasidagi munosabatlarning tabiati bolalikdan o'smirlikka qadar o'zgaradi. Yosh o'smirlar ko'pincha bir-biriga iliqlik va qo'llab-quvvatlash bilan ta'minlangan bo'lsa-da, rivojlanishning bu davri, shuningdek, ziddiyatning kuchayishi va hissiy masofa bilan ajralib turadi. Biroq, bu ta'sir aka-uka jinsiga qarab o'zgaradi. Aralash jinsdagi aka-uka opa-singillar o'smirlik davrida ko'pincha yaqinlik keskin pasayadi, bir jinsli aka-uka juftliklarida esa erta o'smirlik davrida yaqinlik biroz ko'tarilib, keyin bir oz pasayadi. Ikkala holatda ham yoshlik davrida yaqinlik yana bir bor kuchayadi. Bu tendentsiya o'smirlik davrida tengdoshlar bilan munosabatlarga e'tiborning kuchayishi natijasi bo'lishi mumkin. Ko'pincha, bir oiladan bo'lgan o'smirlar turli xil turmush tarzini qabul qiladilar, bu esa bir-birlari orasidagi hissiy masofaga yordam beradi.
Opa-singillar, ayniqsa, o'smirlik davrida tengdoshlari kabi bir-biriga ta'sir qilishlari mumkin. Bu munosabatlar hatto do'stlar yo'qligining salbiy psixologik ta'sirini qoplashi mumkin va odamlarda o'zini o'zi qadrlash hissini berishi mumkin. Katta aka-uka opa-singillar uchun yaxshi xulq-atvorni samarali tarzda modellashtirishi mumkin. Aka-uka opa-singillar ko'pincha kattalik va hatto qarilik davrida munosabatlarni saqlab qolishadi.
Qarindoshlar o'rtasidagi aloqani saqlab qolishda yaqinlik katta omil hisoblanadi; bir-biriga yaqinroq yashaydiganlar bir-biriga tez-tez tashrif buyurishadi. Bundan tashqari, jins ham muhim rol o'ynaydi.
Shaxsning sibling maqomi muammosini o‘rgangan A.Adler 1920 yillardayoq o‘z izlanishlaridan kelib chiqib, yolg‘iz farzandlar shaxslararo munosabatlarda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin, degan xulosaga keldi. R.B.Felson siblinglar o‘zaro munosabatlaridagi agressivlikni o‘rganib, oiladagi yolg‘iz jinsli bolaga nisbatan (jinsidan qat’iy nazar) boshqa bolalarning jismoniy va verbal agressiv harakatlar qilishini aniqladi. Felsonning fikricha, shaxsning agressiv xulq-atvoriga uning oilasidagi shaxslararo munosabatlar qatorida, sibling maqomi va siblinglar soni ham muhim rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy psixologik so‘rovnomalarda oila a’zolari munosabatlaridan qoniqmasligini bildirgan, o‘zi ham tengdoshlari tomonidan sotsiometriya natijasiga ko‘ra hech qanday tanlov olmagan. Bu esa o‘smirning oiladagi mavqei, munosabatlar xarakteri tengdoshlari guruhidagi mavqeida o‘z aks etishini topishini yana bir bor namoyon qilmoqda. Ularning jins jihatidan yagonaligi oiladagi shaxslararo munosabatlarda ularga nisbatan e’tiborning kuchliligini hamda boshqa farzandlar orasida nufuzini yuqori darajada idrok etishlarini ko‘rsatadi.

Download 54,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish