Igna o’lchamlari
Tikuv mashinalarining iganalari matoga vertikal sanchilib, bahiya hosil uchun ishlatiladi. Ularni nomeriga qarab bir-biridan ajratish amaliyotda keng joriy qilingan. Yevropa va Amerikadagi firmalar bir vaqtda ikkita belgilanish bilan ishlab chiqariladi. Eng ko’p tarqalgan ignalar 60/8 dan 120/9 oralig’ida bo’ladi. Har bir ignani nomeri tikilayotgan gazlama qalinligidan kelib chiqib tanlanadi.
Tikuvchilik sanostida sermehnat operatsiyalarni bajarish uchun yarim avtomat mashinalar tabora ko’p ishlatilib kelinmoqda. Bunday mashinalarda o’zi avtomatik bajarilib, chala fabrikatni qo’yish va olish qo’lda bajariladi.
Yarim avtomat mashinalari ishlatilishi, ishchilarning malakasidan qat’iy nazar, operatsiyalarni yuqori sifatli bo’lishini ta’minlaydi.
Yarim avtomat mashinalar tikuvchilik buyumlarini yarim uzellari va detallariga ishlov berishda detallarni olish, ularni bir biriga birlashtirib qo’yish, mashinani to’xtatish, tepkini ko’tarish, ipni qirqish, tikib bo’lgan detallarni olib qo’yish singari bir xildagi ish usullari tez tez takrorlanaveradigan tayyorlash operatsiyalarida ishlatiladi.
Puxtalaydigan va furnitura chatadigan yarim avtomat mashinalarda sermahnat texnologik operatsiyalar avtomatik bajariladi. Bu va bundan boshqa ba’zi operatsiyalar bajarilishida materiallarning surilishi, ignaning og’ishi oldindan belgilangan bo’lib, ular bajarayotgan operatsiya materiallarni oxirigacha bosib turadigan va furnitura tutib turadigan maxsus konstruksiyali mexanizm yordamida bajariladi.
Tikuvchi operatsiyani bajarayotganda mashinanig old tomonida o’tiradi, mashina tikmayotgan paytda qisqich yoki tugma tutgich ko’tarilgan bo’ladi. Pedal bosilganda qisqich yoki tugma tutgich pastga tushadi va mashina ishlay boshlaydi. Tikuv yarim avtomat mashinalarining texnologik jarayonlarida qo’llanishi mahnat unumdorligini anchagina oshirish, tikish sifatini yaxshilash, tikuvchilarning charchashini kamaytirish imkonini beradi.
“PFAFF” firmasi ishlab chiqaradigan bu mashina shim o’rta qirqimlarini va qalin materiallarni ikkita parallel ikki ipli zanjirsimon baxyaqator yuritib tikishga mo’ljallangan. Asosiy valning aylanish chastotasi 5000 ayl/min gacha, baxyaning yirikligi 0 dan 6 mm gacha rostlanadi, parallel ignalari oralig’I 2 mm.
“PANNONIYA” (Vengriya) firmasining CS-790 rusumli tikuv mashinasi
Bu mashina ko’ylak, kostyum va paltolarni bir ipli zanjirsimon yashirin baxiyaqator yuritib, ham qavib, ham bukib tikishga mo’ljallangan. Asosiy valning aylanish chastotasi 3500 ayl/min gacha, baxiyaning yirikligi 3 dan 7 mm gacha rostlanadi, materiallarni tepki tagida qisilgan holatdagi qalinligi 3 mm gacha. Ignalar 3669 nomeri 70-100.
“PFAFF” firmasini tugma qadash mashinasi
Ushbu yarim avtomatik tikuv mashinasi kostyum va paltolarga ikki va to’rt tishli yassi tugmalarni ikki ipli moki baxiyasi bilan qadashga mo’ljallangan.
Bosh valning aylanish soni 1800 ayl/min. tugmalar yigirma marta igna sanchilganda qadaladi.
Puxtalama mashinasi
CS1652K-303A yarim avtomati kostyum va paltolarda ikki ipli moki baxya solib puxtalama hosil qilishga mo’ljallangan. Mashina asosiy valning aylanishlar chastotasi- 2500 ayl/min. Kichik puxtalama 28 marta sanchib, katta puxtalama ignaning 42 marta sanchilishida tayyor bo’ladi.
Adabiy manbaalar va korxona hisobotlarini o`rganish asosida shuni keltirishimiz mumkinki, istiqbolli yuqori bo`lgan ishlab chiqarish korxonasida barcha operatsiyalarga mo`ljallangan bir firma tomonidan tayyorlangan jihoz hamda uskunalarni o`rnatish maqsadga muvofiqdir. Bu tartibda ish yuritish korxonada jihozlarga servis xizmatlari ko`rsatish imkonini yaratadi va ta`mirlashda ortiqcha harajatlar bo`lishini oldini olib, ishlab chiqarish uzviyligini ta`minlaydi.
Paltobop matolar qalin bo`lganligi uchun ularni bosh valining aylanish tezligi yuqori bo`lganini emas balki bosim berish mexanizmiga qarab tanlash maqsadga muvofiq.
№
|
Jihozga tasnif
|
Jihozlarni ko’rinishi
|
1
|
Asosiy valning aylanish chastotasi 3500 ayl/min gacha, baxiyaning yirikligi 3 dan 7 mm gacha rostlanadi, materiallarni tepki tagida qisilgan holatdagi qalinligi 3 mm gacha. Ignalar 3669 nomeri 70-100.
|
|
|
Asosiy valning aylanish chastotasi 5000 ayl/min gacha, baxyaning yirikligi 0 dan 6 mm gacha rostlanadi, parallel ignalari oralig’i 2 mm.
|
|
|
Press
|
|
|
Asosiy valning aylanish chastotasi 2500 ayl/min gacha, baxiyaning yirikligi 3 dan 7 mm gacha rostlanadi ignalar oralig’i 2 mm
|
|
|
Yarim avtomati kostyum va paltolarda bir ipli moki baxya solib puxtalama hosil qilishga mo’ljallangan. Mashina asosiy valning aylanishlar chastotasi- 2500 ayl/min. Kichik puxtalama 28 marta sanchib, katta puxtalama ignaning 42 marta sanchilishida tayyor bo’ladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |