O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BOShLANG‘ICh PROFESSIONAL TA’LIMINING
O‘QUV DASTURI
Kasb (mutaxassislik) kodi va nomi:
3.81.03.02 - Oshpaz-qandolatchi kasbi
Kvalifikatsiya nomi:
1. Oshpaz.
O‘quv dasturi nomi:
O’zbek milliy pazandachilik texnologiyasi
O‘quv rejadagi tartib raqami:
3.1.1
Ajratilgan soat:
60
Toshkent 2021 O’quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi “ O’quv metodik birlashmasining 2021 yil 24 - avgustdagi 3-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
Ustababaeva Xafiza Artikovna
Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining bosh mutaxassissi.
O‘zbekiston Respublikasi Oshpazlar uyushmasi mutaxassissi.
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi metodik bo’limi
boshlig’i.
Taqrizchilar:
Umarov Akbar
Xamdamovich.
O‘zbekiston Respublikasi Oshpazlar
uyushmasi raisi
O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
O‘zbek milliy pazandachilik texnologiyasi
Ajratilgan soat
60
Mavzular soni
20
Dasturning maqsadi
« O‘zbek milliy pazandachilik texnologiyasi» fani «Oshpaz» kasbi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan. Bu fanning asosiy maqsadi milliy pazandachilik fani sifatli o‘zbek milliy pazandachilik mahsulotlari tayyorlash texnologik jarayonlarini o‘rgatadi. Davlat standartiga ko‘ra milliy pazandalik mahsulotlarining sifati uning ishlov berishga va ovqat sifatida istemol qilishga yaroqligini, istemolchining salomatligi uchun xavfsiz, mazali taom tayyorlash o‘rgatishdan iborat. Shuningdek dastur o‘zbek milliy pazandachilik mahsulotlarini tayyorlashda texnologik jihozlar va asbob uskunalarni hozirlash. Texnologik jarayoniga ish o‘rnini tayyorlash; o‘zbek milliy pazandachilik xom-ashyo mahsulotlariga dastlabki ishlov berish. o‘zbek milliy sovuq taomlarni tayyorlay olish; o‘zbek milliy suyuq taom turlarini tayyorlash; Sabzavot, baliq,go‘sht,parranda go‘shtlaridan o‘zbek milliy quyuq taomlarni tayyorlash;Turli sovuq taomlarini va un mahsulotlaridan turli taomlarini, turli issiq va sovuq shirin taomlarini ,issiq va sovuq ichimliklarni tayyorlash Taom tayyorlashda texnologik yuriqnomalar va ma’lumotnoma hujjatlardan tug‘ri foydalana olish; O‘zbek milliy
pazandachilik taomlarini tayyorlash ,tarqatish va xizmat ko’rsatish haqidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish